Qanday qilib «yakkalanib» qolgan bolalar guruhi yuzaga keladi?
Bolalar hayotida o‘yin alohida o‘rin tutadi, ularning maqsadi esa o‘z kuchini sinab ko‘rish, o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usini shakllantirish, ya’ni, «Men uzoqqa sakray olaman!», «Men zo‘r merganman!», «Men hammadan ham uzoq tupura olaman!», «Men eng qo‘rqmasman!». Shunday qilib bolalar davrasida bu kurashda o‘z muhitida tan olinishi shakllanadi. Bolalarning xo- tirjamligi nafaqat bunga, balki qanday qilib ularga kattalar va shu bilan birga tengdoshlarining baho berishiga bog‘liq bo‘ladi.
«Ajralgan»lar bir qancha sabablarga ko‘ra shakllanishadi. Bir bola ketma-ket kasal bo‘ladi, kamdan kam hollarda bola- lar bog‘chasiga boradi va bolalar unga odatlanishga ulgurish- maydi, shu bilan birga u ham hech kimni bilmaydi, u har doim yangi bola bo‘ladi. Boshqa bolaning jismonan kamchili- gi, kirligi, burni oqishi; semizligi, tez chopa olmasligi sababli bolalar davrasiga qo‘shila olmaydi, uni qabul qilishmaydi.
Uchinchilari umuman bog‘chaga bormagan — boshqa bolalar bilan muloqotda bo‘lmagan, muloqot qilish malakasi hamda o‘yin usullariga ko‘nikmasi yo‘q — ular ham bolalar guruhiga qabul qilinmaydi. Demak, bola «ajralgan» bo‘lishining sababi: birinchidan — ijtimoiy rivojlanish to‘liq amalga oshmaganligi. Bolaning guruhda tan olinmaganligi, o‘z tengdoshlari tomonidan yordam ololmasligi va ular ko‘pincha o‘taketgan xudbin, odamovi, uzoqlashgan bo‘lishadi. Bunday bola arazlaydi va no- liydi, maqtanchoq va o‘z ustunligini ko‘rsatishga harakat qiladi, mug‘ombirlik qiladi va yolg‘on ishlatadi. Bunday bolalar o‘zini yomon his qiladi va u bilan birga bo‘lgan boshqa bolalar ham o‘zlarini yomon his qiladilar. Bu ijtimoiy kasallik surunkali ho-
404
latga, shaxsning ijtimoiy tarkibiy qismiga aylanmasligi kerak. Bolaga o‘zining tengdoshlari orasida tan olinishiga yordam berish kerak. Shunday ijtimoiy terapiya o‘tkazish lozimki, bolaning noto‘g‘ri rivojlanayotganligini oldini olish, bolaning faolli- gini shakllashtirishni osonlashtirish imkoni mavjud bo‘lsin.
Ijtimoiy terapiya hozirgi holatda ikki asosiy vaziyatdan kelib chiqishi kerak. Birinchidan, bolalar jamoasida shunday ma’lum bir ijtimoiy mikroiqlimni yaratish kerak-ki, har xil mashqlarni tanlash, har bir bola o‘zining talabini tan olinishi- ni o‘zlashtirishi kerak. Ikkinchidan, ajralib qolgan bolalarning ijtimoiy muloqotga kirishish ko‘nikmasini alohida rivojlantirish kerak. Albatta, bolaning qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyati kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi doimiy bo‘lmaydi. O‘z teng- doshlari bilan har kungi muloqot sharoitida bolaning haqqoniy yutug‘i bilan mustahkamlanishi lozim.
Bolalarning o‘zaro munosabatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, guruhda sog‘lom ijtimoiy munosabat muhitini yaratish, guruh- dagi turli bolalarni tenglashtirish uchun tarbiyachidan katta ko‘lamdagi ish talab qilinadi.
Axloqiy harakatga bo‘lgan intilishning rivojlanishi. Bola uchun odob namunasi sifatida uning bolalar guruhida mash- hurlikka ega bo‘lgan tengdoshlari ham xizmat qilishi mum- kin. Axloqiy etalonlarning o‘zlashtirilishi ular bilan guruhdagi muloqot jarayonida kechadi va unda bola doimiy tarzda amal- da egallagan axloqiy me’yorlarni boshqa insonlarga qo‘llash, turli-tuman konkret vaziyatlarda ushbu me’yor va qoidalarni muvofiqlashtirish zaruriyatiga duch keladi. Ijtimoiy rivojlanish ham aynan insonning konkret vaziyatlardan bog‘liq holda o‘z xatti-harakatlarini tanlashidan iboratdir.
Kattalar hamda tengdoshlar tomonidan bolaga ta’sir etish asosan o‘yin faoliyati davomida amalga oshiriladi. Insoniy munosabatlar me’yorlari o‘yin orqali bolaning axloqini tuzatish- ning manbasiga aylanadi. Ijobiy axloqiy etalon (namuna)ga intilish boshqalar tomonidan tan olinishga bo‘lgan intilish orqali tus huntiriladi. Agarda, ijtimoiy nazorat pasaytirilsa, bola ko‘p hollarda vaziyatdan kelib chiqib o‘z xohishiga ko‘ra harakat qilishga tayyor bo‘ladi. «Ko‘rinmas odamga aylanib qolsang nima
405
qilarding?» — degan savol bola uchun ijtimoiy nazorat go‘yoki pasayganday bo‘ladi. Etalonga muvofiq axloqiy harakatni amalga oshirib, bola kattalarning ijobiy bahosini kutadi, chun- ki ma’qullanish uning tan olinishga intilishini mustahkamlay- di. Atrofdagilar tomonidan ma’qullanishni kutishda bola ataylab o‘zining fazilatlarini ko‘rsatishga moyil bo‘lib qolishi mumkin. Ba’zan bola maqtov olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qil- sa, unda axloqni namoyish etish shakllari paydo bo‘lishi mum- kin. U ataylab o‘zining yaxshi fazilatlarini ko‘rsatadi. Aynan eng yuqori axloqiy harakatda bola oxir-oqibat o‘zi uchun qanoat- lanish hissini boshidan kechiradi. Ko‘pgina bolalar muloqot shakllarini yaxshi biladilar, muloyimlikning natijasini tushuna oladilar. Biroq muloyimlik turli vaziyatlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Mazmunli-rolli o‘yin davomida bolalar orasidagi mu- nosabatlarda muloyimlikning ko‘rinishi, real munosabatlarda- gi muloyim so‘zlarni bolalar ko‘pincha manfaatdor bo‘lgan vazi- yatlarda qo‘llashlaridir. Psixik zo‘riqish holatida muloyimlik osonlik bilan buziladi. Ijtimoiy tajribalar go‘yoki o‘yindagi she- rigidan kelib chiqqan yutuqqa tahdid holatida bola tomonidan muloyimlikning «yo‘qotilish» dinamikasini namoyon qiladi.
Katta bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘yindagi sherigining mu- vaffaqiyatsizligi holatidagi muloyimligi va hamdardligi, umu- man olganda ko‘p hollarda o‘z o‘rnini jahl va qo‘pollik bilan al- mashtiradi. Bolaning boshqalarga nisbatan muloyim, g‘amxo‘r munosabatga bo‘lgan ehtiyojini tarbiyalash, agar bolaga nafaqat muloyimlikning mohiyatini tushuntirganda, balki ular bilan do- imiy tarzda muloyimlik me’yorlariga muvofiq muloqot qilgan- da muvaffaqiyatli bo‘ladi. Faqat bu holatda muloyimlik namoyon qilinadigan harakatdan mustahkam ko‘nikmaga aylanadi.
Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni. Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri benihoya kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulatori va psixik rivojlanishning stimulatori bo‘lib xizmat qiladi. Psixologrlarning ta’kidlashicha,
406
Do'stlaringiz bilan baham: |