1200
1300
|
2500
3000
|
4000
5000
|
Bog‘cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni o‘rganib yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l, sifat, olmosh, suffiks, kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatika- ning juda ko‘p qo‘llaniladigan eng sodda qoidalarini kattalarning nutqlari orqali mazmunli o‘yinlarda taqlidiy yo‘llar bilan amaliy ravishda o‘zlashtira boradilar. Ma’lumki, nutqning o‘sishi jarayonida bolalar so‘z turkumlaridan otlarni tez o‘zlashtiradilar. Bun- ga asosiy sabab shundaki, bolalar narsalarning nomlarini, otlarini o‘z nutqlarida ko‘proq ishlatadilar. O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalari otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladilar. Katta gu- ruh bolalari so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladilar. Shuning uchun ular o‘zlaridan kichik yoshdagi bolalar so‘zlaganlarida, «bunaqa deb bo‘lmaydi» deb ularning nutqlarini to‘g‘rilaydigan bo‘ladilar.
349
Otlardan so‘ng bolalar so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlar- ni o‘zlashtira boshlaydilar. Fe’llarning shaxs qo‘shimchalarini osonlik bilan egallasalar ham, lekin fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini o‘zlashtira olmaydilar. Kichik guruh bolalarida tur- mush tajribasi juda oz bo‘lganligi tufayli ularda o‘tgan va kelasi zamon tushunchalar hali shakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ular o‘z nutqlarida fe’llarning zamon qo‘shimchalarini almashti- rib yuboradilar. O‘rta va katta guruh bolalari fe’lning zamonga qarab o‘zgarib borishini to‘g‘ri ishlatadigan bo‘ladilar.
Nutq faqat boshqa odamlar bilan amalga oshiriladigan alo- qa vositagina bo‘lib qolmay, balki u bolalar uchun xulq-atvorni boshqarish vositasi hamdir. Turli yoshdagi bog‘cha bolalari o‘z xulq-atvorlarini, ya’ni ma’lum ijtimoiy sharoitda o‘zlarini qanday tutishlarini tafakkur orqali o‘ylab idora qiladilar. Bunda nutq birinchi darajali ahamiyatga egadir. Odatda kichik yosh- dagi bog‘cha bolalarining nutqlari ikkinchi bir odamga emas, balki o‘zlariga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: «Anvar uxlaydi», «Anvarning qorni ochdi» deb gapiradilar. Bolalarning ana shunday o‘zlariga qaratilgan nutqi egostentrik nutq deb yuri- tiladi. Katta yoshli bog‘cha bolalarida egostentrik, ya’ni o‘z- o‘ziga qaratilgan nutq tugallanib normal holga keladi.
Shunday qilib, asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutq bola psixikasining taraqqiyotida benihoya katta rol o‘ynaydi. Bog‘chada va oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiya va xususan, bog‘chada ona tilidan o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nut- qini normal o‘stirish mumkin. Bola bog‘cha yoshining oxirgi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma turlaridan erkin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining bundan keyingi ta- raqqiyoti maktabda, o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.
Tarbiyachining nutqi nutq talablariga rioya qilingan hol- da bo‘lishi kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi, ta’sirchanligi, boyligi, ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmundor- ligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turishi kelak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bunday tar- biyachilar nutqi his-tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana shundagina bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». O‘tkazmoqchi
350
bo‘lgan mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqishi va uning o‘zida ham samimiy his-tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga shunday deydi: «Bolalarga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha voqealarda o‘zingiz ham qatnash- gandek bo‘ling...». Lekin hamma tarbiyachilar ham obrazga ki- rib hikoya yoki ertakni aytib bera olmaydilar. Ba’zi tarbiyachilar- da esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, kam ifodali, qat’iy izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va mantiqiy bo‘ladi. Bunday nutq biroz zerikarli bo‘lib bolalarni mashg‘ulotga diqqatini jamlab olishi qiyinroq kechadi. Bunday nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma nutqdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |