Kichik va o‘rta bog‘cha yoshi davridagi o‘yin faoliyatin- ing xususiyatlari.
O‘yin faoliyati davomida bolalarda qanday psixik jara- yonlar rivojlanadi?
Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqi- yotida turli o‘yin faoliyatlari, mazmunli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning ahamiyatini aytib bering.
Bolaning psixik rivojlanishida o‘yinchoqlar qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Turli yosh guruh bolalariga qanday o‘yinchoqlar berish kerak? Nima uchun?
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg‘ulotlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari natijalarga erishish emas, balki bilim, mahorat va ko‘nikmalar hosil qilish o‘quv faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning asosiy xususiyatini belgilaydi.
Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga ha- rakat qilsa, bunday jarayon o‘yin yoki samarali harakat hisobla- nadi. Lekin qachonki bola rasm mashg‘uloti vaqtida o‘z oldi-
310
ga ma’lum maqsad qo‘ysa, bu harakatlar ta’lim ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Masalan, avvalgilardan yaxshiroq rasm chizish, tasvirni to‘g‘ri bo‘yash yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday harakat turlariga kiradi.
Ta’lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod tomonidan qoldirilgan tajribani yetkazib berishda bolaning psixik rivojlanishi amalga oshsada, bilim va ko‘nikmalarni aksariyat qis- mini u kattalar bilan muloqotda, ularning talablarini, masla- hatlarini va ko‘rsatmalarini bajarish davomida o‘zlashtiradi. Shuningdek o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va turli xil faoliyatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham bolaning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirib boradi. Kattalarning bola bilan bo‘lgan har xil uslubdagi muloqot negizida ta’lim yotadi.
Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik xarak- terga ega bo‘ladi. Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida muayyan dasturlar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ta’lim oladilar. O‘yin usullari va samara- li topshiriqlardan foydalanish bunday hollarda muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga tanish bo‘lgan talablar qo‘yiladi: to‘liq va sifat- li bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tarbiyachini tinglash va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish. Mashg‘ulotlar orqali bilim berish o‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidalarini egal- lashda muhim ahamiyatga ega. O‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidasi bilim olishga bo‘lgan qiziqishni shakllanishini va o‘rganish qobiliyatini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Atrof-muhit haqida yetkazilagan xilma-xil ma’lumotlar bolada qiziquvchanlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kattalar to- monidan gapirib berilgan va ko‘rsatilgan narsalar yoki bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlari ham unda yangiliklarga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishi mumkin. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar- da qiziquvchanlikning o‘sishi, aksariyat hollarda ular tomondan berilayotgan savollar soni va ular turini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Uch-to‘rt yoshli bolalar savollari yangi bilim olishga, tushunarsiz narsalarni aniqlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, mak- tab yoshiga yaqinlashgan bolalar savollarini aksariyat qismi-
311
ni shunday savollar tashkil qiladigan bo‘ladi. Turli xil hodi- sa sabablariga, ular orasidagi bog‘liqlikka qiziqadilar. «Nimaga yomg‘ir yog‘yapti?»; «Nima uchun o‘simliklarni sug‘orish kerak?»; «Nimaga doktor kasalni urib, eshitib ko‘radi?»; «Yulduz- lar qayerdan paydo bo‘ladi?»; «Traktorga kichik uyni joylashtirsa olib keta oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa, keyin ular qayerga g‘oyib bo‘ladi?». Bu olti yoshli bolaning doim be- rishi mumkin bo‘lgan savollarining kichik ro‘yxatidir.
Shunday bo‘lsada qiziquvchanlik bolani o‘qishga, sistema- tik tarzda bilim olishga hali tayyorligini ta’minlay olmaydi. U yoki bu hodisaga qiziqish bolada tez sodir bo‘ladi va shu- ningdek tez yo‘qoladi ham, yoki boshqa bir qiziqishga aylana- di. Yuqorida keltirilgan savollar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki, bolani turli xil voqelik sohalariga oid bo‘lgan hodisalar qiziqti- radi. Rivoj topgan uslubga ko‘ra esa, hodisalarni aniq turlariga va jihatlariga bo‘lgan barqaror qiziqish ta’lim tomonidan talab qilinadi. Bunday hodisalar matematika, ona tili, biologiya ka- bi o‘quv fanlarining mazmunini tashkil etadi.
Ayrim hollarda maktabgacha yoshdagi bolalarda aniq va barqaror qiziqish erta namoyon bo‘ladi va ular bolalarni bilim olishda hayratlanarli natijalarga erishishlariga sabab bo‘ladi. Izlanishlarga ko‘ra mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga alohida, tar- qoq ma’lumotlar emas, balki aniq tartibdagi bilimlar berilsa, barcha bolalarda matematikaga, tilga, jonli va jonsiz tabiat hodi- salariga bo‘lgan qiziqish kelakli me’yorda shakllanadi. Bu bilimlar bolalarga voqelikni barcha sohasiga xos bo‘lgan hodisa- larni asosiy bog‘liqligini tushuntirib berishi kerak. Matematika sohasida bu o‘lchovni o‘lchanuvchiga, qismni butunga, birlikni ko‘plikga bo‘lgan bog‘liqligidir. Til sohasida esa so‘z tuzilishini uning ma’nosiga bog‘liqligi, jonli tabiat sohasida hayvonlar va o‘simliklarning tuzilish xususiyatlari hamda yashash sharoitiga bo‘lgan bog‘liqligidir va h.k..
Bunday obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisalar bilan tanishuvdan so‘ng bolalar ularni ayrim hollarda namo- yon bo‘lishini katta qiziqish bilan kuzatib boradilar. Bolalar ko‘z o‘ngida atrof-muhitning notanish qirralari ochiladi va ular ta’limni ajoyib kashfiyotlarga yo‘l ekanligini tushunadilar.
312
Do'stlaringiz bilan baham: |