Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Qanday qilib «yakkalanib» qolgan bolalar guruhi yuzaga keladi?



Download 2,28 Mb.
bet201/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Qanday qilib «yakkalanib» qolgan bolalar guruhi yuzaga keladi?

Bolalar hayotida o‘yin alohida o‘rin tutadi, ularning maqsadi esa o‘z kuchini sinab ko‘rish, o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usini shakllantirish, ya’ni, «Men uzoqqa sakray olaman!», «Men zo‘r merganman!», «Men hammadan ham uzoq tupura olaman!», «Men eng qo‘rqmasman!». Shunday qilib bolalar davrasida bu kurashda o‘z muhitida tan olinishi shakllanadi. Bolalarning xo- tirjamligi nafaqat bunga, balki qanday qilib ularga kattalar va shu bilan birga tengdoshlarining baho berishiga bog‘liq bo‘ladi.

«Ajralgan»lar bir qancha sabablarga ko‘ra shakllanishadi. Bir bola ketma-ket kasal bo‘ladi, kamdan kam hollarda bola- lar bog‘chasiga boradi va bolalar unga odatlanishga ulgurish- maydi, shu bilan birga u ham hech kimni bilmaydi, u har doim yangi bola bo‘ladi. Boshqa bolaning jismonan kamchili- gi, kirligi, burni oqishi; semizligi, tez chopa olmasligi sababli bolalar davrasiga qo‘shila olmaydi, uni qabul qilishmaydi.

Uchinchilari umuman bog‘chaga bormagan — boshqa bola­lar bilan muloqotda bo‘lmagan, muloqot qilish malakasi hamda o‘yin usullariga ko‘nikmasi yo‘q — ular ham bolalar guruhiga qabul qilinmaydi. Demak, bola «ajralgan» bo‘lishining sababi: birinchidan — ijtimoiy rivojlanish to‘liq amalga oshmaganligi. Bolaning guruhda tan olinmaganligi, o‘z tengdoshlari tomo­nidan yordam ololmasligi va ular ko‘pincha o‘taketgan xudbin, odamovi, uzoqlashgan bo‘lishadi. Bunday bola arazlaydi va no- liydi, maqtanchoq va o‘z ustunligini ko‘rsatishga harakat qiladi, mug‘ombirlik qiladi va yolg‘on ishlatadi. Bunday bolalar o‘zini yomon his qiladi va u bilan birga bo‘lgan boshqa bolalar ham o‘zlarini yomon his qiladilar. Bu ijtimoiy kasallik surunkali ho-


404





latga, shaxsning ijtimoiy tarkibiy qismiga aylanmasligi kerak. Bolaga o‘zining tengdoshlari orasida tan olinishiga yordam be­rish kerak. Shunday ijtimoiy terapiya o‘tkazish lozimki, bolan­ing noto‘g‘ri rivojlanayotganligini oldini olish, bolaning faolli- gini shakllashtirishni osonlashtirish imkoni mavjud bo‘lsin.

Ijtimoiy terapiya hozirgi holatda ikki asosiy vaziyatdan ke­lib chiqishi kerak. Birinchidan, bolalar jamoasida shunday ma’lum bir ijtimoiy mikroiqlimni yaratish kerak-ki, har xil mashqlarni tanlash, har bir bola o‘zining talabini tan olinishi- ni o‘zlashtirishi kerak. Ikkinchidan, ajralib qolgan bolalarning ijtimoiy muloqotga kirishish ko‘nikmasini alohida rivojlantirish kerak. Albatta, bolaning qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyati katta­lar tomonidan rag‘batlantirilishi doimiy bo‘lmaydi. O‘z teng- doshlari bilan har kungi muloqot sharoitida bolaning haqqoniy yutug‘i bilan mustahkamlanishi lozim.

Bolalarning o‘zaro munosabatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, gu­ruhda sog‘lom ijtimoiy munosabat muhitini yaratish, guruh- dagi turli bolalarni tenglashtirish uchun tarbiyachidan katta ko‘lamdagi ish talab qilinadi.

Axloqiy harakatga bo‘lgan intilishning rivojlanishi.
Bola uchun odob namunasi sifatida uning bolalar guruhida mash- hurlikka ega bo‘lgan tengdoshlari ham xizmat qilishi mum- kin. Axloqiy etalonlarning o‘zlashtirilishi ular bilan guruhdagi muloqot jarayonida kechadi va unda bola doimiy tarzda amal- da egallagan axloqiy me’yorlarni boshqa insonlarga qo‘llash, turli-tuman konkret vaziyatlarda ushbu me’yor va qoidalarni muvofiqlashtirish zaruriyatiga duch keladi. Ijtimoiy rivojlanish ham aynan insonning konkret vaziyatlardan bog‘liq holda o‘z xatti-harakatlarini tanlashidan iboratdir.

Kattalar hamda tengdoshlar tomonidan bolaga ta’sir etish asosan o‘yin faoliyati davomida amalga oshiriladi. Insoniy mu­nosabatlar me’yorlari o‘yin orqali bolaning axloqini tuzatish- ning manbasiga aylanadi. Ijobiy axloqiy etalon (namuna)ga in­tilish boshqalar tomonidan tan olinishga bo‘lgan intilish orqali tus huntiriladi. Agarda, ijtimoiy nazorat pasaytirilsa, bola ko‘p hollarda vaziyatdan kelib chiqib o‘z xohishiga ko‘ra harakat qi­lishga tayyor bo‘ladi. «Ko‘rinmas odamga aylanib qolsang nima


405





qilarding?» — degan savol bola uchun ijtimoiy nazorat go‘yoki pasayganday bo‘ladi. Etalonga muvofiq axloqiy harakatni amal­ga oshirib, bola kattalarning ijobiy bahosini kutadi, chun- ki ma’qullanish uning tan olinishga intilishini mustahkamlay- di. Atrofdagilar tomonidan ma’qullanishni kutishda bola ataylab o‘zining fazilatlarini ko‘rsatishga moyil bo‘lib qolishi mumkin. Ba’zan bola maqtov olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qil- sa, unda axloqni namoyish etish shakllari paydo bo‘lishi mum- kin. U ataylab o‘zining yaxshi fazilatlarini ko‘rsatadi. Aynan eng yuqori axloqiy harakatda bola oxir-oqibat o‘zi uchun qanoat- lanish hissini boshidan kechiradi. Ko‘pgina bolalar muloqot shakllarini yaxshi biladilar, muloyimlikning natijasini tushuna oladilar. Biroq muloyimlik turli vaziyatlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Mazmunli-rolli o‘yin davomida bolalar orasidagi mu- nosabatlarda muloyimlikning ko‘rinishi, real munosabatlarda- gi muloyim so‘zlarni bolalar ko‘pincha manfaatdor bo‘lgan vazi- yatlarda qo‘llashlaridir. Psixik zo‘riqish holatida muloyimlik osonlik bilan buziladi. Ijtimoiy tajribalar go‘yoki o‘yindagi she- rigidan kelib chiqqan yutuqqa tahdid holatida bola tomonidan muloyimlikning «yo‘qotilish» dinamikasini namoyon qiladi.

Katta bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘yindagi sherigining mu- vaffaqiyatsizligi holatidagi muloyimligi va hamdardligi, umu- man olganda ko‘p hollarda o‘z o‘rnini jahl va qo‘pollik bilan al- mashtiradi. Bolaning boshqalarga nisbatan muloyim, g‘amxo‘r munosabatga bo‘lgan ehtiyojini tarbiyalash, agar bolaga nafaqat muloyimlikning mohiyatini tushuntirganda, balki ular bilan do- imiy tarzda muloyimlik me’yorlariga muvofiq muloqot qilgan- da muvaffaqiyatli bo‘ladi. Faqat bu holatda muloyimlik namo­yon qilinadigan harakatdan mustahkam ko‘nikmaga aylanadi.

Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni.
Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri benihoya kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kat­talar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulatori va psixik rivojlanishning stimulatori bo‘lib xizmat qiladi. Psixologrlarning ta’kidlashicha,


406






Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish