Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Jonlanish kompleksi nima?



Download 2,28 Mb.
bet115/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Jonlanish kompleksi nima?

  • Olti-yetti oylik bolalarda qanday taqlid qilish harakat- lari paydo bo‘ladi?

    6.4. Ilk yosh davrida psixik taraqqiyot.

    Ilk yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi

    Bola yoshidan oshgach, uning go‘daklik davri tugaydi. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr odatda ilk yosh davri (ilk yosh davri) deb yuritiladi. Bu davrda ham bola jismoniy va psixik jihatdan tez rivojlanishda davom etaveradi. Lekin, uning rivojlanishi chaqaloqlik davridagiga nisbatan ancha sekin- lashadi. Bola yoshidan oshgach, uning tashqi qiyofasi ancha o‘zgaradi. Bu o‘zgarish turli a’zolarning nisbati boshqacha bo‘lib qolganida ko‘rinadi. Bir yoshdan oshgan bolaning bosh suyak- lari ilgarigidek tez o‘smaydi. Boshining o‘sishi biroz sekinlashib, uning o‘rniga qo‘l va oyoqlari tez o‘sa boshlaydi. Bolaning bo‘yi 25 sm o‘ssa, bir yoshdan ikki yoshga to‘lguncha bo‘lgan davr­da 10 sm ga o‘sadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa bolaning bo‘yi faqat 6—7 sm ga o‘sadi. Ilk yosh davrida bolaning vaz­ni ham ana shu tariqa rivojlanadi. Agar tug‘ilgandan bir yosh­ga to‘lguncha bo‘lgan bolaning vazni uch barobarga ortsa, bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolaning vazni 3,5 kg ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa faqat 1,5 kg ga ortadi. Shu- ni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolaning bo‘yi va vaznining o‘sishiga nisbatan bo‘lgan bu ma’lumotlar hamma bolalar uchun umumiy hamda o‘zgarmas emas. Bu ma’lumotlar o‘rtacha hisobga to‘g‘ri keladi. Kun tartibi, bola yeydigan ovqat- ning turlari, ayniqsa ovqatning miqdori, sifati va irsiy xususiyat- lar bola bo‘yi hamda vaznining o‘zgarishiga katta ta’sir qiladi. Ilk yosh davridagi bolalar suyaklarining rivojlanishida ham jid- diy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu yoshdagi bolalarda tog‘aysimon suyaklarning o‘sishi va qotishi tezroq davom etadi. Umurtqa suyaklari borgan sari mustahkamlanib, suyaklanish (qotish) ja- rayoni tezlashadi. Umurtqa suyaklarining bunday o‘zgarishi bo- la yurganda, yugurganda va murakkab sakrash harakatlarini


    270





    bajarganda gavda og‘irligini ko‘tarish imkonini beradi. Biroq ilk yoshdagi bolalar umurtqa suyaklari hali juda ojiz va elastik bo‘ladi. To‘g‘ri o‘tirmaslik, tekis qilib solinmagan o‘rinda yotish natijasida bolaning umurtqa suyaklari qiyshayib o‘sishi mumkin. Bosh suyagining tutashmagan joyi, ya’ni kalla liqildoqlari bitib ketib, ensa va tepa qismlari o‘sadi. Bolaning dastlabki sut tish- lari chiqib, jag‘i avvalgiga nisbatan aktiv ishlay boshlaydi.

    Bir yoshga to‘lgan bolaning harakatchanligi ortib borgan sa­ri uning ichki organlari faoliyatida ham muhim o‘zgarishlar yu- zaga keladi. Ma’lumki, har qanday harakat qon aylanishi bi­lan nafas olishning aktiv ishlashini taqozo qiladi. Bola bir yoshga to‘lgach, bemalol yurib, har xil harakatlarni qiladigan bo‘lgach uning yurak vazni hamda o‘pkasining hajmi anchagi- na kattalashadi, yurak muskullari ham birmuncha mustahkam- lanib qon bosimi bir qadar oshadi. Bu esa qon tomirlari urishi- ning sekinlashilhiga olib keladi. Masalan, chaqaloq bolaning qon tomiri daqiqaga 120-130 marta ursa, bog‘chagacha tarbiya yoshida bolaning yuragi 110-120 marta uradigan bo‘lib qoladi. Ilk yosh davridagi bola organizmi juda ko‘p ozuqa moddalar- ni talab qiladi. Yoshidan oshgan bola turli xil ozuqa moddalarni asosan ovqatdan oladi. Bola yoshidan oshgach, ko‘krakdan ajra- tiladi. Ana shu davrdan boshlab uni kattalar iste’mol qiladigan ovqatlarga sekin-asta o‘rgatila boshlanadi. Bolaning faqat ona sutini iste’mol qilishdan boshqa ovqatlarni ham iste’mol qilish­ga o‘tishi uning ovqat hazm qilish organlarida o‘zgarish yasaydi.

    Bolalarning jismoniy jihatdan normal va sog‘lom o‘sishlari uchun oilada ham MTMda ham ularning qat’iy rejim bilan sifatli ovqatlantirishga jiddiy e’tibor bilan qarash kerak. Ilk yoshdagi bola ovqatlanishida yuzaga keladigan bu o‘zgarishlar bolaning qon tarkibini ham o‘zgartiradi. Ovqatning turi ort- gan sari qondagi eng muhim elementlar bo‘lmish gemoglobin va eritrotsitlar miqdori ortadi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu yoshdagi bolada organizmni yuqumli kasalliklardan muho- faza qilib turadigan oq qon tanachalari (leykotsitlar) yetar- li miqdorda bo‘lmaydi va ular turli yuqumli kasalliklarga tez chalinadigan bo‘ladi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bola jis­moniy jihatdan tez o‘sishda davom etsa ham, u hali tash-


    271





    qi muhit o‘zgarishlariga yaxshi moslasha olmagan bo‘ladi. Shuning uchun muhitning salgina o‘zgarishi bolaga darhol ta’sir qiladi. Bola yangi muhit sharoitida tez toliqadi.

    Bolaning psixik jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun uning orga- nizmini mustahkamlaydigan tadbirlarga, ya’ni qat’iy kun tarti- bi, gigiyena qoidalari va organizmni sistemali tarzda jismoniy jihatdan chiniqtirishga rioya qilish kerak.


    Download 2,28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   253




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish