Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi innovatsion texnalogiyalarning tasnifi



Download 230,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi230,18 Kb.
#921021
  1   2
Bog'liq
maktabgacha-yoshdagi-bolalar-nutqini-rivojlantirishdagi-innovatsion-texnalogiyalarning-tasnifi



Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi 
innovatsion texnalogiyalarning tasnifi 
Dilorom Raupovna Jo’rayeva 
olimovlaziz82@gmail.com 
 
Buxoro shahar, 67-maktabgacha ta’lim tashkiloti
 
Аnnotatsiya: 
Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning maktab 
taʼlimiga tayyorlanishida asosiy va yetakchi oʼrin tutuvchi jihat bu kommunikativ 
koʼnikmalarni shakllantirishdir. Bunda nutq oʼstirish jarayoniga innovatsion taʼlim 
texnologiyalarini tatbiq etish muhimdir. Maqolada bolalar nutqini oʼstirishda 
qoʼllaniladigan samarali usullarning afzalliklari oʼrganilgan.
Kalit soʼzlar: 
innovatsion texnologiyalar, nutqni rivojlantirish, maktabgacha 
yosh, kommunikativ kompetentsiya.
Classification of innovative technologies in the development of 
speech in preschool children 
Dilorom Raupovna Jurayeva 
olimovlaziz82@gmail.com 
 
Bukhara city, Preschool Education Organization №67 
 
Abstract: 
the main and leading aspect of preparing students for school education 
in the organization of preschool education is the formation of these communication 
skills. At the same time, it is important to apply innovative educational technologies in 
the process of speech development. The article examines the advantages of effective 
methods for the development of children's speech. 
Keywords: 
communicative competence, innovative technologies, speech 
development, preschool age, communicative competence

 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish “Ilk qadam” Davlat oʼquv 
dasturida belgilangan bolalarga taʼlim berishda kompetentsiyaviy yondashuvning 
muhim qismi sanaladi. 6-7 yoshli bolaning umumiy muhim kompetentsiyalari sifatida 
birinchi navbatda, kommunikativ kompetentsiya, yaʼni muloqot vositalaridan turli 
vaziyatlarda foydalana bilish koʼnikmasini shakllantirish belgilangan. Demak, 
tarbiyalanuvchilarning oʼyin, bilish va ijtimoiy kompetentsiyasi qatorida muloqot 
kompetentsiyasi asosiy oʼrinni egallaydi. Shunday ekan, MTTda har bir taʼlimiy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
883


faoliyat mazmunida bolaning nutqini oʼstirish va muloqotchanlik koʼnikmalarini 
shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Bola yangi bilimlarni oʼyinlar va didaktik vositalar asosida oʼzlashtirganida 
samaradorlik yuqori boʼladi. Yaʼni badiiy adabiyotni oddiy oʼqib berishdan koʼra 
innovatsion taʼlim texnologiyalarini qoʼllagan holda faoliyatga tatbiq etish har bir 
bolaning nutqini rivojlantirish jarayonini taʼminlaydi, tezlashtiradi va shu bilan taʼlim 
sifatini oshirishga yordam beradi. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini 
rivojlantirishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va jarayonda faol qoʼllash 
talab etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirish muhim va qiyin vazifadir. 
Ushbu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish ham bolalarni yaqinlashib kelayotgan 
maktabga tayyorlash uchun, ham boshqalar bilan qulay muloqot qilish uchun zarurdir. 
Bolalar nutqini rivojlantirish boʼyicha yurtimiz va MDH davlatlari pedagoglari qator 
izlanishlar olib borishganki, xususan, R.Inogʼomova, L.Moʼminova, V.Gerbova, 
M.Konin, G.Lyamina, O.Ushakovalarning pedagogik xazinasidan foydalanib MTTda 
nutq oʼstirish ishlarini mazmunli tashkil etish mumkin.
Innovatsion texnologiyalar - bu pedagogik faoliyat natijasiga samarali erishishni 
taʼminlaydigan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar oʼrtasidagi oʼzaro taʼlimiy 
munosabatlarning yangi usullari va uslublaridir. Bunday taʼlimiy muhit zamonaviy 
sharoitlarda bolaning shaxsiy rivojlanishidagi dinamik oʼzgarishlar tufayli ijobiy 
natijaga erishishga qaratilgan taʼlimiy usullar, metodlar, vositalarni oʼz ichiga oladi. 
Аynan MTTda nutq oʼstirish jarayonida badiiy adabiyotning oʼrni beqiyosligini eʼtirof 
etgan holda, badiiy asarlarni yangi texnologiyalar vositasida bolalarga oʼrgatishning 
samaradorligi yuqori ekanligini kuzatdik.
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalar nutqini rivojlantirish koʼp jihatdan 
quyidagilarning toʼgʼri hal etish bilan bogʼliq:
- nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar tarkibiga ota-onalar, 
tarbiyachining maʼlum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga oʼqib yoki aytib 
beriladigan ertak, sheʼr, qoʼshiqlar, hikoyalar muntazam kiritilishi;
- taʼlimning didaktik materiallarni foydalanadigan tarzda zamonaviy tashkil 
etilishi; 
- taʼlimiy oʼyinlarda bolalarning faol nutqiy muloqotda boʼlishini taʼminlash.
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi bolalarning nutq 
qobiliyatini shakllantirishda quyidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqda: 
- har bir bolaning individual qobiliyatlarini aniqlash va mos ravishda 
rivojlantirish; 
- hamkorlikka asoslangan taʼlim munosabatlarida bolani faollashtirish; 
- nutqiy qobiliyati yashirin bolalar bilan olib boriladigan alohida oʼyinli vaziyatlar 
yaratish.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
884


Shunday qilib, anʼanaviy ravishda badiiy asarlarni oʼqib berishdan koʼra 
innovatsion shaklda badiiy asar bilan tanishtirishning amaliy afzalliklarini 
tasniflaymiz. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun anʼanaviy taʼlimiy faoliyat tarbiyachining 
hikoya qilib berishi, oʼqib berishi va takrorlatgan holda yod oldirishini tan oladi. 
Аmmo tajriba shuni koʼrsatadiki, bolalar tarbiyachining hikoyasini kichik oʼzgarishlar 
bilan takrorlaydilar, hikoyalar kambagʼal soʼzlar vositasida talqin qilinadi xolos. 
Shuning uchun, hikoyani oʼqib berish jarayni nihoyasiga yetgach, bolalardan qayta 
hikoya qilib berish emas, shu hikoya asosidagi aralash kartinkalarni magnitli doskaga 
oʼz oʼrniga koʼra terib chiqishini talab etadigan “Rasmlarning oʼrnini top” oʼyini 
bolalarni faol nutqiy vaziyatga undaydi. Ular voqealar ketma-ketligiga koʼra rasmlarni 
izlab topish jarayonida nafaqat nutqi balki, diqqati, kuzatuvchanligi, mantiqiy fikrlashi 
rivojlanadi. Oʼzlari hosil qilayotgan hikoya kompozitsiyasini kuzatish 
tarbiyalanuvchilarni faollashtiradi va yangi soʼzlar bilan tasvirlashga urinadi. Ushbu 
faoliyat bolalarni zerikishdan himoya qiladi, butun guruhni qayta hikoya qildirishga 
imkon boʼlmagan taqdirda, bu usul vositasida barcha bolalar ish jarayoniga jalb etiladi. 
Аyniqsa tarbiyachi asosiy ijrochi rolidan kuzatuvchi darajasiga statusini oʼzgartirishi 
bolalarga 
erkinlik 
beradi. 
Pedagogning 
ijrochi-bolalar 
xatti-harakatlarini 
ragʼbatlantirishi esa nutqiy faollikka yoʼl ochadi.
Shu kabi innovatsion texnologiyalarni tanlashda quyidagi talablarga eʼtibor 
qaratish kerak: 
- texnologiyani oʼqib berish emas, balki bolalarning muloqot qobiliyatini 
rivojlantirishga, nutq madaniyatini tarbiyalashga yoʼnaltirish; 
- har bir bola uchun uning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda 
har xil faoliyat turlarida faol nutq amaliyotini tashkil etish. 
Shundan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning izchil nutqini 
shakllantirish va faollashtirish uchun anʼanaviy usul va metodlar bilan bir qatorda 
quyidagi innovatsion texnologiyalar qoʼllaniladi: 
1. Vizual modellashtirish texnologiyasi. 
2. АKT texnologiyalari. 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni oʼqitishda vizual modellashtirish samaralidir. 
Ushbu usul yordamida tarbiyachi va bola soddalashtirilgan sxematik tasvirlar - 
belgilar, belgilar yordamida obʼektlar, hodisalar, harakatlar, tushunchalar, epizodlarni 
tasvirlaydilar. Vizual modellashtirish bolalarga turli xil bilimlarni yetkazish usuli 
sifatida ajralib turadi. Shuningdek ularning aqliy va nutq qobiliyatlarini rivojlantirish 
vositasi sifatida muvaffaqiyatli ishlatiladi. Yuqorida keltirganimiz “Rasmlarning 
oʼrnini top” oʼyini vizual modellashtirishga misol boʼla oladi.
2. Psixologlarning taʼkidlashicha, bolalarga kompyuterda, katta ekranda 
namoyish etiladigan har qanday yangi maʼlumot jozibali hisoblanadi. Zamonaviy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
885


bolalar baʼzida maʼlumotlarni oddiy eshitganidan koʼra kompyuter texnologiyalari 
vositasida tezroq oʼrganadilar. Birgina misol, eshitgan hikoyasi personajlarini yodidan 
koʼtarilishi mumkin, lekin multfilm qahramonlarini uzoq muddat eslab qoladi. Shuning 
uchun bugungi kunda maktabgacha taʼlimda АKTdan foydalanish zarurati aniq. 
Nutqni rivojlantirish uchun taʼlimiy jarayonda АKTdan foydalanish juda keng 
imkoniyatlarni taqdim qiladi. Xususan, elektron resurslar yordamida badiiy asar 
matnini eshitish bolalarga monotonli hikoyadan koʼra taʼsirliroqdir. Chunki elektron 
resursda musiqa qoʼshish va qushlar, suv, shamol ovozi kabi vositalardan foydalanish 
matn samaradorligini taʼminlaydi. АKT asosida tinglangan matnlarga ham bolalar 
hozirjavoblik va qiziqish bilan javob beradi.
Nutqni rivojlantirishning asosiy vazifalari - soʼz boyligini boyitish va 
faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, izchil nutqqa oʼrgatish 
maktabgacha yosh davrida hal qilinishini inobatga oladigan boʼlsak, ijodiy taʼlim 
texnologiyalariga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xususan, nutq oʼstirish faollik 
markazini badiiy qoʼllanmalarga va didaktik materiallarga boy tarzda jihozlashga 
eʼtibor berish kerak. Bolalar nutqining barcha qirralarini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan 
mavzuga mos syujetli rasmlar toʼplamlari, sahnalashtirishga moʼljallangan 
oʼyinchoqlar toʼplamlaridan, bosma didaktik oʼyinlardan tashkil topgan metodik 
bankni yaratish tarbiyachi zimmasidadir. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish nutqni 
rivojlantirishda muhim rol oʼynashini eʼtirof etgan holda, guruhlarda kitoblar 
burchaklari va "Аqlli kitoblar tokchasi" tashkil etilishi muhim. Chunki 
tarbiyalanuvchilar bunday materiallar bilan bevosita yangi taassurotlar, bilim, 
koʼnikmalar bilan tanishadi. Dialogik, hissiy jihatdan boy nutqi shakllanishi uchun 
qulay muhitda boʼladi. Badiiy asarlar vositasida bolalarning nutqi va tafakkuri 
rivojlanar ekan, bir paytning oʼzida bogʼlanishli dialogga kirishadi, fikrlarini bayon 
etishga kirishadi. Bu bolaga zavq va quvonch bagʼishlaydi, bu tuygʼular nutqni faol 
idrok etishni ragʼbatlantiradigan va mustaqil nutq faoliyatini yaratadigan eng kuchli 
vositadir. Buni amaliyotda kuzatganimizda oʼyinlar va samarali taʼlim texnologiyalari 
asosida nutq oʼstirish mashgʼulotlari oʼtkazilganida bolalarning faolligi, fikrlarini dadil 
asosda bayon qilgani, jarayonda zerikish bilmaganligi, lugʼatida yangi soʼzlarni 
qoʼllaganligi, qiziqishlari tufayli yangi maʼlumotlarni oʼzlashtirishga ishtiyoq 
uygʼonganligi maʼlum boʼldi. Bu esa MTTda bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda 
umumiy muhim kompetentsiyalarni shakllantirishning asosiy va zarur talabidir.
Mana shularni inobatga olgan olgan xulosa qilish mumkinki, maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarida olib boriladigan nutq oʼstirish taʼlimiy faoliyat jarayoni va nutq oʼstirish 
faollik markazidagi jarayonlar zamonaviy texnologiyalarni qoʼllagan holda olib 
borilishi zarur. Chunki maktabgacha taʼlim tashkiloti ishiga innovatsiyalarni kiritish 
maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish va isloh qilishning eng muhim shartidir. 
 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
886



Download 230,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish