Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Turli yoshdagi bolalar guruhlarida jismoniy



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Turli yoshdagi bolalar guruhlarida jismoniy 
tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish. Yosh jihatdan aralash 
guruhlardagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jismoniy 
mashqlarni juda sinchiklab tanlashni talab etadi. Bu mashqlar 
bir guruhga birlashgan barcha bolalarning yosh xususiyatlari va 
imkoniyatlariga mos kelishi lozim.
Bola rivojlanishidagi har bir alohida yosh bosqichi o‘zining 
ruhiy va jismoniy xususiyatlariga ega. Shuning uchun jismoniy 
mashqlar va ta’lim metodikasining mazmuni ham har xil 
bo‘lishi kerak. Kichik yoshdagilar uchun og‘irlik qiladigan, 
bevaqt berilgan va ayni paytda katta yoshdagi bolalar uchun 
yengil,  birmuncha  ruhiy  (psixik)  va  jismoniy  zo‘r  berishni 
talab etmaydigan material ikkala holda ham maqsadga muvofiq 
emas. Kichik yoshli bolalar o‘zlari uchun murakkab bo‘lgan 
zarur oraliq zvenodagi qiyinchiliklarni muvaffaqiyatsiz tarzda 
bartaraf etadilar.
Ayni paytda katta yoshli bolalar o‘z imkoniyatlaridan past 
mashqlarni bajarayotganlarida ularning o‘zlariga beriladigan 
aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etmaydigan materialga 
nisbatan qiziqishi yo‘qoladi. Shuning uchun aralash guruhlarga 
mo‘ljallangan mashg‘ulotlar dasturining mazmuni har bir yosh 
guruhi bolalari imkoniyatlariga mos bo‘lishi lozim.
Bunday guruhlarda mashg‘ulotni rejalashtirishning qiyinligi 
shundaki, bir tomondan har bir guruh bolalari uchun ularning 
yosh guruhlariga muvofiq jismoniy mashqlarni tanlash, ikkinchi 
tomondan barcha bolalarni ular uchun qiziqarli bo‘lgan faoli- 
yatga birlashtirish imkonini topish zarur.
Mashg‘ulotlarni namunaviy o‘tkazish imkoniyatlarini 
ko‘rib o‘tamiz.
Mashg‘ulot boshlanishi oldidan katta yoshli bolalar sport 
kostyumlarini kiyadilar, so‘ng ularning ayrimlari birmuncha 
kichik yoshlilarning kiyinishiga yordam beradilar, boshqalari 
esa zarur jismoniy jihozi (inventari)ni mashg‘ulotlarga mustaqil 
tayyorlaydilar. Ish shunday tashkil etilganda kichkintoylar 
mashg‘ulotni o‘tkazishni orqaga surmaydilar, katta yoshlilar 
esa o‘zlarining yoshiga yarasha mehnat faoliyati turi bilan 
shug‘ullanadilar va kichiklarga yordam ko‘rsatadilar.


210
Mashg‘ulot turlicha boshlanishi mumkin: masalan, xonaga 
dastlab kichik bolalar kiradilar va o‘tiradilar, ulardan so‘ng 
katta yoshli bolalar kiradilar. Ularning qaddi-qomatini tutishi 
va harakatlari kichiklar taqlid qilishlari uchun ko‘rgazmali 
namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Shundan so‘ng kichik yoshli bolalar o‘z dasturlari bo‘yicha 
qator mashqlarni bajaradilar. Bunda ba’zan katta yoshli bolalar 
mashqlarni bajarish metodini ko‘rsatgan holda qatnashishlari 
mumkin (masalan, doira bo‘ylab saflanishda katta yoshli bolalar 
kichik yoshlilar o‘rtasida turadilar, kichkintoylar ularning 
harakatlarini  kuzatib  turadilar),  boshqa  bir  holda  esa  kichik 
yoshlilarni guruhchalarga bo‘lish va ularning har birini katta 
yoshlilarga topshirish mumkin, katta yoshlilar ularni tarbiyachi 
rahbarligida o‘rgatib boradilar. “Qaranglar, – deydi tarbiyachi, 
katta bolalar bayroqchalarni yuqoriga qanday ko‘tarishyapti 
va ohista pastga tushurishyapti”. Namoyishdan so‘ng u: “Endi 
sizlar ham kattalar bilan birgalikda shu mashqni bajaring”, – 
deydi. Ishni bunday tashkil etish katta tarbiyaviy mazmunga 
ega bo‘lib, u katta yoshli bolalarda mas’uliyat, ahillik, qoniqish 
hissini, kichiklarda esa barcha narsalarni yaxshi ado etadigan, 
o‘zidan kattalarga hurmat hissini uyg‘otadi.
Shunday bo‘lishi ham mumkinki, tarbiyachi kichik 
bolalar bilan band bo‘lganda, katta yoshlilar xonaning ikkin- 
chi burchagida boshqa biror harakat turi bilan mustaqil 
shug‘ullanishadi, bunday holda ular tarbiyachi e’tiborida 
bo‘ladilar.
Bolalarni mashg‘ulotda uyushtirishning u yoki bu shakli- 
ni tanlash, mashg‘ulot vazifalari va mazmuniga, bolalar soniga 
hamda ularning umumiy intizomiga bog‘liqdir.
Kichik yoshli bolalar bilan harakatli o‘yin o‘tkazishda 
(ba’zan barcha bolalar uchun umumiy o‘yin o‘tkazilishi 
mumkin) tarbiyachi katta yoshlilar guruhidagi ayrim bolalarga 
o‘yinni tushun- tirishni (agar bolalarda bunday tajriba bo‘lsa), 
o‘yin vaziyati hosil qilishni (stullarni qo‘yib chiqish, zarur 
bo‘lganda  o‘yinchoqlarni  joylashtirish  va  boshqalar)  yoki 
ona qush, kurka, tovuq, mushuk, avtomobil rolini bajarishni 


211
topshiradi: boshqa bolalar o‘yinda kichik yoshlilar bilan birga 
qatnashishlari mumkin.
O‘yindan so‘ng kichik yoshlilar enaga kuzatuvi va 
yordamida sayrga tayyorlanadilar, katta yoshlilar esa, tarbiyachi 
bilan o‘z dasturlari bo‘yicha shug‘ullanishni davom ettiradilar.
Keltirilgan mashg‘ulot rejasi taxminiy hisoblanadi va u 
doimiy bo‘lishi mumkin emas. Yosh jihatdan aralash guruhlarda 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini har xil tashkil qilishga 
intilish zarur. Masalan, bolalar navbati bilan shug‘ullanishlari 
mumkin: dastlab katta yoshli bolalar shug‘ullanadilar, kichik 
yoshlilar esa bu vaqtda enaga kuzatuvida o‘ynaydilar yoki 
aksincha  – kichik yoshlilar tarbiyachi hamkorligida jismoniy 
mashqlar bilan shug‘ullanadilar, katta yoshli bolalar esa 
tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra biror narsa bilan mustaqil 
mashg‘ul bo‘ladilar.
Amalda aralash guruhlarni jamlashning turli metodlari mav- 
jud. Aralash guruh mashg‘ulotlarini qay darajada rejalashtirilishi 
bu ishga tarbiyachining ijodiy tarzda yondashuviga bog‘liq 
bo‘ladi. Bolalarning yosh jihatdan aralash guruhlarda ularga 
ta’lim berish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning 
rejalashtirishi va metodikasiga qo‘yiladigan talab – bu dastur 
talablariga muvofiq keladigan hamda har bir yosh guruhidagi 
bolalarning imkoniyatini hisobga olgan holda mashqlarning 
differensial tarzda tanlashga rioya qilishdir.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish