Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


-§. Kichik va o‘rta guruhlarda jismoniy tarbiya



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

3-§. Kichik va o‘rta guruhlarda jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlarini o’tkazish
O‘zbekistonning issiq iqlimli sharoitida jismoniy tarbiya 
bo‘yicha barcha ishlarni ochiq havoda olib borish maqsadga 
muvofiq. Ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, 
harakatli o‘yinlar, uyqudan so‘ng o‘tkaziladigan sport 
mashg‘ulotlari, o‘yin-kulgulari birinchi va ikkinchi kichik 
guruhlarda jismoniy tarbiya bo‘yicha ikkita mashg‘ulot 
o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni tashkil etish vaqtida zarur gigiyenik 
shart-sharoitlar: xonaning shamollagani va latta bilan artib 
chiqilganligi singari talablarning bajarilganligi hisobga olinadi.
Birinchi kichik guruhda bolalarni ikkita kichik guruhga 
bo‘lib o‘tkaziladi. Ikkinchi kichik guruhda guruhlarga 
bo‘linmay mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar bahor va 
yoz oyida ochiq havoda, maydonda o‘tkaziladi.
Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazish uchun oldindan 
tayyorgarlik ko‘radi: reja-konspekt tuzadi, kerakli inventarlarni 
va o‘yinchoqlarni tanlaydi.
Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida 
o‘rgatish vositalari o‘z xususiyatiga ega. Bu yoshdagi bolalar 
o‘rganadigan harakatlarni maxsus o‘rgatish yo‘li bilan emas, 
balki ko‘p martadan, qayta-qayta takrorlash orqaligina 


197
o‘zlashtirib olishadi. Individual ishlar, ayniqsa, yaxshi natija 
beradi, biroq tarbiyachi barcha bolalarning yetarli darajada 
harakat faolligini ta’minlashi kerak. Shuning uchun u bolalar 
faollgini yoppasiga tashkil etishni mo‘ljallaydi. Bunda har bir 
bola o‘zicha mustaqil harakat qiladi. Odatda asosiy harakatlarni 
mashq qilish uchun harakatning  bir ikki turi tanlanadi. Shulardan 
bittasi eng murakkabi yoki ko‘proq kuch talab qilinadigan 
mashq, ikkinchisi undan yengilroq bo‘lib butun guruh bilan, 
yoki yarim guruh bilan bir yo‘la o‘tkazish mumkin.
Masalan, narvondan o‘rmalab chiqish mashqini polda 
o‘tirgan holda koptokni bir-biriga yumalatish mashqi bilan, 
koptokni uzoqqa dumalatish, koptok tashlash mashqlari bilan 
qo‘shib olib borish qulayroqdir.
Hatto eng qiyin mashqlarni o‘rganish uchun ham kamida 
3–4 bolani baravar uyushtirib ularning o‘rtasidagi vazifalarni 
belgilab berish yaxshi natija beradi. Masalan, ikkita bola qum 
to‘ldirilgan xaltachalarni savatga tashlaydi, uchinchisi uni yig‘ib 
keladi yoki bittasi narvondan ko‘tariladi, tarbiyachi uni kuzatib, 
ayni vaqtda u mashq bajarish uchun navbati kelgan bola bilan 
gaplashib turadi. Bajarilishi uncha qiyin bo‘lmasa, mashqlarni 
5–6 kishi baravaridan yoki 10–12 kishidan iborat butun bir 
kichik guruh birdan bajarishi ham mumkin. (buyumlarni 
uzoqqa irg‘itish, arg‘amchi ostidan emaklab o‘tish, barcha 
umumrivojlantiruvchi mashqlar va boshqalar).
Tarbiyachi mashqni bajarayotgan bolalarnigina emas, balki 
butun shug‘ullanuvchi guruhni nazorat qilib boradi, ayni vaqtda 
shug‘ullanmayotgan bolalar mashg‘ulot paytida enaganing na- 
zorati ostida bo‘ladilar.
Tarbiyachi dastlab butun guruhga topshiriqni juda qisqa 
tushuntirib va ko‘rsatib beradi. Bunda u bolalarning diqqat-
e’tiborini hozir ular bajaradigan ish faoliyatini tashkil etish, 
uyushtirishga qaratadi. Shundan keyin mashq davomida har bir 
bolaning harakatini izohlab uni rag‘batlantirib turgan vaqtida 
mashg‘ulotning mazmunini yana qayta-qayta tushuntiraveradi. 
Mashg‘ulotning asosiy qismi harakatli o‘yin bilan yakunlanadi.


198
Mashg‘ulotning yakunlovchi qismida nafas olish mashqlari 
elementi bilan vazmin yurish mashqlarini bajarish, yoki kam 
harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Qiynalmasdan bajaradigan 
erkin va sokin harakatlar mashg‘ulotni yakunlash uchun juda 
qulaydir.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhda haftasiga ikki marta 
mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlarning ikkalasi ham 
bir xil material asosida tashkil etiladi. Shunday qilib bir hafta 
uchun bitta mashg‘ulot rejasi tuziladi.
Bolalarning bajarishi qiyin bo‘lgan murakkabroq mashg‘u- 
lotlari oradan bir ikki oy o‘tgandan keyin yana takrorlanadi. 
Bunday hollarda asosiy harakatlarni o‘rganish uchun 
mo‘lj  allangan  mashqlarni  asoslash  maqsadga  muvofiqdir. 
Mashg‘ulotning kirish va xulosa qismiga ayrim o‘zgarishlar 
kiritish mumkin. Mashg‘ulotning kirish qismi xilma-xil va 
his-hayajon uyg‘otuvchi harakatlarga boy bo‘lishi muhim 
ahamiyatga egadir. Quyida kichik va o‘rta guruh bolalariga 
asosiy va umumrivojlantiruvchi mashqlardan tuzilgan 
mashgulot namunasi beriladi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish