Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil harakat 
faolligini oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida 
qanday shart-sharoit yaratish mumkin?
2. 
Bolalar harakat faolligini oshirish uchun tarbiyachi qan- 
day vositalardan foydalanadi?
11-§. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada 
jismoniy tarbiya bayramlarini o‘tkazish metodlari
Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy 
tarbiyasi tizimida bolalar faol dam olishining eng maqbul va sa- 
marali shakli sifatida namoyon bo‘lgan sport bayramlari mus- 
tahkam o‘rin egallaydi.
Sport bayramlari bolalarning har tomonlama rivojlanishi va 
tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Bayram vaqtida bolalar 
turli xil harakat faoliyatida – mashqlar, harakatli o‘yinlar va 
sport o‘yinlari, estafeta, raqslar attraksionda qiziqib ishtirok 
etadilar. Katta emotsional ko‘tarinki ruh bilan harakat qilib 
musobaqa sharoitida eng yaxshi natijalarga erishishga intilib, 
bolalar jismonan takomillashadilar. Tengdoshlari jamoasida 


235
mustaqillik va tashabbuskorlikni namoyon bo‘lishi bolalar bilan 
ilgari o‘zlashtirilgan harakat ko‘nikma va malakalarning faol 
qo‘llanishiga, epchillik, tezlik, chidamlilik va boshqa foydali 
sifatlar hamda qobilyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Bayramlarga qatnashish va ularga tayyorlanish davomida 
bolalar katta emotsional va estetik qoniqish hosil qiladilar, umu- 
miy quvonchli kechinmalar bolalar va kattalarni birlashtiradi, 
ularning xotirasida saqlanib qoladi.
O‘rtoqlar bilan birgalikdagi faoliyat o‘yinlar, bayram va 
boshqa musobaqa turlari o‘tadigan joylarning chiroyli jihoz- 
lanishi, ajoyib kiyimlar, rang-barang emblemalar, musiqani 
yangrashi, bayramni tantanali ochilishi va yopilishi bolalarda 
go‘zallik hissi, yaxshi did, tasavvurini rivojlanishiga ta’sir 
qiladi. Bularning barchasi bolalar ijodini rag‘batlantiradi. 
Sport bayramlari bola shaxsiyatining shakllanishiga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar o‘rtoqlari yutug‘i va mag‘lubiyatlarini 
birgalikda boshdan kechirishga, ular yutuqlariga xursand 
bo‘la olishlariga, o‘zaro yaxshi, do‘stona munosabatlarini 
qo‘llab-quvvatlashga, o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘r bo‘lishiga 
o‘rganadi. Ularda nafaqat individual, balki jamoa yutuqlariga 
erishishga intilish tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalaridagi sport bayramlari dasturidagi ko‘rsatmalarga 
muvofiq  ravishda  tashkil  qilinadi.  Ularning  yil  mobaynidagi 
soni (o‘rta guruhda bir yilda ikki marta, katta va tayyorlov 
guruhlarda-uch  marta),  o‘tkazish  davrlari  davomiyligi  (60 
minut, 1 soat, 30 minut), bolalarning yoshi, bayram o‘tkazish 
sharti, vazifalari va mazmuniga muvofiq farqlanadi.
Yil boshida sport bayramlari o‘tkazilishini aniq belgilash 
maqsadga muvofiqdir. Bu esa sport bayramlarini, “Navro‘z”, 
“Mustaqillik” va boshqa umumxalq tantanalari kunlari bilan 
qo‘shib olib borish imkonini beradi. Bayram dasturini tuzish- 
da turli yil fasllari o‘rtasidagi bog‘lanishni e’tiborga olish zarur. 
Sport bayramlarini yozgi sog‘lomlashtirish davrida tashkil 
qilish qulay. Bunday bayramda barcha bolalarning faol harakati 
bayramni nishonlashning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatining 
muhim omilidir. Ochiq havoda tashkil qilingan sport bayramlari 


236
bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish uchun juda katta 
foyda keltiradi. Bayram vaqtida bolalarning kiygan kiyimlari 
yuqori harakatlanish faoliyatiga mos bo‘lishi kerak.
Sport bayramlarini xonada o‘tkazish uchun qoidalarga 
rioya qilish, bolalarning ochiq havoda bo‘lish vaqtini bayramlar 
hisobiga qisqartirishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Umumxalq 
bayramlarini va boshqa bayramlarni o‘tkazishda yaqinda 
joylashgan sport inshootlari, maydon, manej, sport zallari, 
basseyn va boshqalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Bu 
esa bolalar qalbida bir umr muhrlanib qoladi.
Bayramlarni tashkil qilishga bo‘lgan muhim talablardan 
yana biri ularni turli yil fasllarida o‘tkazishdir. Shunga ko‘ra, 
ular turli xil tabiiy shart-sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin. 
Bayramning o‘tkazilish joyi ko‘p holda uning mavzusi, tuzilishi, 
tayyorlov ishlari va jihozlanishning o‘ziga xosligiga bog‘liqdir. 
Bayram dasturini tuzishda, mavzusini aniqlashda, mazmuni 
va jihozlanishni tanlashda iqlim-geografik, iqtisodiy, ijtimoiy 
sharoitlarning o‘ziga xosligi, O‘zbekiston Respublikasi, 
viloyat, tuman, milliy an’analari xususiyatlarini hisobga olish 
maqsadga muvofiq.
Sport bayramini muvaffaqiyatli o‘tkazishni ta’minlash 
uchun unga o‘z vaqtida tayyorgarlik olib borilishi kerak. 
Bayramlar soni, ularni o‘tkazish muddatlari maktabgacha 
ta’lim muassasasi ish rejasida belgilanadi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish