9-§. Ochiq havoda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar
va jismoniy mashqlar
Harakatli o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning
asosiy harakat faoliyati, shuningdek, jismoniy mashqlar sifatida
tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi
tartibiga muvofiq: ertalab, tushda va kechki sayr paytida
rejalashtiriladi. Tarbiyachi o‘yinlarni kalendar-reja bo‘yicha
taqsimlashda harakat ko‘nikmalarining takomillashuviga
xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligini, zarur
takroriylik, murakkablashuv va variativlilikni ko‘zda tutadi.
Tashqi muhit sharoitini hisobga olish o‘yinda qatnashuvchi
bolalar soni, ularga zarur mo‘ljal olish va aniq vaziyatda o‘zini
tutishni tarbiyalash uchun muhimdir.
Harakatli o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazish uchun hamisha
ham barcha bolalarni, butun guruhni birlashtiraverish shart
emas. Tarbiyachi o‘yinlarni kichik-kichik guruhlar bilan ham
o‘tkazishi mumkin. Bunday hollarda tarbiyachi bir o‘yinning
o‘zini bir kunda hamma bolalar ishtirok etishi uchun birnecha
martadan tashkil qiladi.
Bolalar o‘yin faoliyatining barcha imkoniyatlaridan kun
davomida foydalanish uchun belgilangan tartibga qat’iy
amal qilish zarur, chunki harakatli o‘yinlar o‘tkazish vaqti
va ular davomiyligi bolalarning oldingi va bo‘lg‘usi faoliyati
bilan uzviy aloqadordir. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar
faoliyati xarakterini kuzatib borib ularga turli mazmundagi va
harakat darajasidagi o‘yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularni
harakat faolligini boshqaradi: birining harakatini kuchaytiradi,
ikkinchisinikini biroz cheklaydi va kerakligicha dam olishini
ta’minlaydi.
Harakatli o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazishning kalendar-
re- jasini tuzishda yil fasli va ob-havo holati ham hisobga
olinadi. Faol harakatli o‘yinlar sovuq havoda o‘rtacha harakat
xarakteri- dagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat
faoliyati xarakteri va sur’atini almashtirib turish bolalar uchun
dam olish imkonini yaratadi va sovqotishning ham, issiqlab
231
ketishning ham oldini oladi, psixika
s
ining ijobiy emotsional
holatini saqlab turadi. Bolalarning qish faslidagi ochiq havodagi
mazmunli faoliyati chiniqishlariga yordam beradi, organizm-
ning sog‘lomlashuviga yaxshi ta’sir qiladi.
Yozda, bolalar vaqtlarini asosan ochiq havoda o‘tkazganlari
uchun ularning kiyim-boshlari ham yengillashtiriladi (trusiklar,
panamkalar va yengil tuflilar), xilma-xil harakatlar bolalar sog‘-
lig‘ini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq uyg‘otadi. Toza sof havo-
da va quyoshdagi harakatlar bola organizmini mustahkamlay-
di, funksional jarayonlar dinamikasini kuchaytiradi. Yilning bu
faslida ham xilma-xil harakatli o‘yinlardan foydalaniladi, biroq
tarbiyachi bolalar issiqlab, qizib ketmasliklarini diqqat bilan
kuzatib boradi.
Sport mashqlarining dasturiga kiradigan barcha turlari
(konki uchish, velosiped haydash va hokazolar) ni tashkil
etish va o‘tkazish tarbiyachidan alohida diqqat-e’tibor talab
qiladi. Mazkur harakatlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni
mashg‘ulot soatlarida egallash ko‘zda tutilmagan, bunday tad-
birlar asosan sayr vaqtida amalga oshiriladi. Tarbiyachining
eng muhim vazifasi shundan iboratki, u sport o‘yinlari bo‘yicha
dasturda ko‘zda tutilgan barcha materiallarning o‘tilishini
ta’minlashi kerak. U mazkur o‘yinlarni shunday me’yorda
o‘tkazishi kerakki, toki bolalar o‘zlariga tavsiya etilgan mashq
turlarini egallab olsinlar.
Barcha yosh guruhlarining uchastkalari sport jihozlari
bilan jihozlangan bo‘lishi va ulardan bolalarning tirmashib
chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, sakrash, uloqtirish
harakatlari, muvozanat mashqlari, kim o‘zarga yugurish,
muayyan masofaga tabiiy to‘siqlar osha tez yugurish va
hokazolarni takomillashtirishi uchun muntazam foydalanishga
mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Maydonchaga har kuni
o‘yinchoqlar (zambilg‘altak, aravachalar, aylanmachoq, varrak
va hokazolar) va kichikroq sport invenrarlari (tayoqchalar,
chambaraklar, bayroqchalar, to‘plar, to‘p tashlaydigan halqalar,
qisqa va uzun arg‘amchilar va hokazolar) olib chiqiladi. Ikki,
232
uch g‘ildirakli velosipedlar, samakatlar, avtomobillar, toychalar
va hokazolar bolalar ixtiyoriga beriladi.
Katta va ayniqsa, tayyorlov guruhlarida voleybol, basketbol,
badminton, stol tennisi kabi sport o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu
o‘yinlarning barchasi bolalarni aniq harakat faoliyatiga jalb
etadi, ko‘nikmalarni takomillashtiradi va jismoniy sifatlarini
tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |