Jismoniy tarbiya daqiqalari. Jismoniy tarbiya daqiqalari
o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi
tanaffusda, shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonining o‘zida
o‘tkaziladi.
Sport daqiqalarining ahamiyati bola faoliyati va holatini ha-
rakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni
yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib
qolsa, statik holat oqibatida muskullarning asab tizimi ta’sir
qiluvchi, organizmdagi funksional jarayonlarni susayturuvichi
turib qolish hodisasi yuz beradi, bularning hammasi toliqishni
keltirib chiqaradi. Bola betoqat bo‘la boshlaydi, holatini
o‘zgartirishga intiladi, gohida qaddi-qomatini tiklash uchun
noqulay holatda turib qoladi.
Toliqish bir xil ish, shuningdek, mashg‘ulot uchun belgi-
langan me’yorning buzilishi tufayli kuchayadi. Bu bolalarning
e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida rivojlanadigan
tormozlanish va shu bilan bog‘liq reflektorli reaktiyalar tezligi,
bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi
bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki
susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatini o‘zgartirish
zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto 6
220
yoshli bolalar ham faqat 20 minutgina nisbatan harakatsiz va
diqqatni jamlab tura olar ekanlar shu muddatdan so‘ng ular
toliqish tufayli bilimlarini yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni
egallashga qodir bo‘la olmaydilar (M.C. Grombax).
Jismoniy mashqlarni bajarish muskul ishini faollashtiradi,
bu o‘z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak
ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, simpatik asab
tizimi faoliyatini, umuman miyaning qon bilan ta’minlanishini
faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi
emotsional ijobiy holatning tiklanishiga, diqqatning aqliy
faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi.
Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan
shug‘ullana boshlaydi.
Turli xarakter va intensivlikdagi mashqlarning bolalarning
jismoniy holati va aqliy ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish sport
daqiqalarga kiritiladigan mashqlar bolalarda emotsional holat-
ni uyg‘otishi, intensiv bo‘lishi kerakligini ko‘rsatdi. Jismoniy
tarbiya daqiqalari tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta
cho‘qqayib o‘tirish yoki turgan joyda yugurish (30-40 sekund)
kiradi. Sport daqiqalari o‘z ichiga yelka kamari va qo‘llariga
mo‘lj allangan 2-3 xil mashq, tortilish, egilish va gavdani burish
mashqlari hamda oyoq mashqlarini oladi. Jismoniy tarbiya
daqiqalari 2-3 minut davom etadi.
Ikki xil kam harakatli mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffuslar
to‘p, arg‘amchi bilan o‘ynash yoki harakatli o‘yin, estafetalar-
dan iborat bo‘ladi.
Kunduzgi uyqudan keyingi jismoniy mashqlar asab tizimini
faollashtirish va bolalarning faol faoliyatini oshirish maqsadida
o‘tkaziladi. Ular qayta saflanish, qomatni, qo‘lni mayda
muskullarini shakllantirishga yordam beradigan, harakatli
o‘yinlardan iborat bo‘ladi. Bu o‘yinlar 2-3 minutdan 10
minutgacha davom etadi. Shuningdek maktabgacha yoshdagi
bolalarga mo‘ljallangan jismoniy daqiqalarga turli xil mashqlar
tanlanadi.
1-mashq. Tayoqcha bilan bajariladigan mashq:
D.h.: tik turish, tayoqcha gorizontal holatda ko‘krakka
qo‘yilgan holatda.
221
1–4 tayoqcha yuqori ko‘tariladi va tushiriladi. Mashq 6–8
marta takrorlanadi.
2–mashq.
D.h.: tik turish, oyoqlar yelka kengligida, tayoqcha
gorizontal holatda ko‘krakka qo‘yilgan.
1–2 oldinga engashib, tayoqchani polga qo‘yish.
3–4 dastlabki holatga qaytish.
10–15 marta arg‘amchilarda sakrash.
Jismoniy daqiqalarga mashqlar qanday tanlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |