Nazorat uchun savollar
1.
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiyani
amalga oshirish uchun qanday jihozlar bo‘lishi kerak?
2.
Maktabgacha ta’lim muassasasi zali qanday jihoz-
lanadi?
3.
Bolalar o‘ynaydigan maydonchada qanday inventarlar
bo‘lishi kerak?
61
V BOB. IKKI YOSHDAN UCH YOSHGACHA
BO‘LGAN BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH
VA RIVOJLANTIRISH
1-§. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni
jismoniy tarbiyalash va rivojlantirish
Hayotining dastlabki ikki yili uchun xarakterli bo‘lgan
jismoniy rivojlanishning jadal sur’ati uchinchi yilda sustlashadi.
Bolaning vazni yiliga o‘rta hisobda 2 kg, bo‘yi 7–8 sm ortadi. Uch
yoshida bolaning bo‘yi 93–94 sm, vazni 14, 2–14, 6 kg atrofida
bo‘ladi. Tananing mutanosibligi o‘zgaradi (asosan, o‘sish
oyoq hisobiga bo‘ladi), bolalarning qomati xushbichim bo‘la
boshlaydi. Suyak qotishda davom etadi, barcha organlarning
funk- siyasi takomillashadi, bu esa bolani jismoniy jihatdan
chidamliroq qiladi.
Markaziy asab tizimining faoliyati takomillashadi, bu esa
ish qobiliyatininng ortishida namoyon bo‘ladi, bolalar faoliyati-
ning bir xil turi bilan 20 minutgacha shug‘ullana oladilar. Bola
endi o‘zini tuta oladi, hatto bir joyi og‘risa ham yig‘lamasligi
mumkin. Bolalar muassasasiga ikki yoshdan keyin kelgan bola-
lar kun tartibiga, hayotning umumiy tarziga ancha tez ko‘nikib
ketadilar.
Kichkintoy hayotining uchinchi yili – mavjud harakat
sifatlari faol takomillashadigan davr bo‘lib, bunda qo‘l va
panja harakatlari muvofiqroq bo‘lib qoladi. Bolalar mustaqil
ovqatlanadigan bo‘ladilar, qalamni to‘g‘ri tutadilar, tugmani
qadashni va yechishni biladilar. Qo‘l va oyoq harakatlari mu-
vofiqligi rivojlanib, yurishlari takomillashadi. Bolalar yurib
ketayotganlarida buyumlarni o‘ynay oladilar, velosiped mi-
nishni o‘rganadilar. Bola o‘z harakatini tashqi sharoitlar bilan
muvofiqlashtiradi, masalan, musiqa ohangiga qarab harakatini
62
o‘zgartiradi. Yugurish, tepalikka chiqish, biror narsani irg‘itish
singari harakatlari takomillashadi.
Bola uzoq vaqt jim o‘tira olmaydi, ko‘p harakat qiladi, le-
kin bir xil harakatlardan tez charchaydi. O‘yin va mashqlarni
tanlashda bolalarning yosh xususiyatlarini, xususan skeletining
mo‘rtligi va egiluvchanligini, mushagi yetarli rivojlanmaganligi-
ni, tez charchashini hisobga olish zarur. Ba’zi harakatlar
bolalarga zararlidir. Bolalarga qo‘lda osilib turishni (ota-onalar
bunga ko‘pincha yo‘l qo‘yadilar), balandlikdan sakrashni taklif
qilish, bir xil harakatlarni uzoq vaqt takrorlashni talab qilish
yaramaydi. Kattalar bolalar e’tiborini o‘z vaqtida bunday
harakatlardan ko‘ra osoyishta o‘yinlarga qaratishlari lozim.
Tarbiyachi bolalar harakatlarini rivojlantirish uchun xilma-
xil vositalardan foydalanadi. Bular orasida – tartib jarayonlari:
yuvinish, kiyinish, ovqatlanish ham bor. Ana shu jarayonlar
vaqtida bola bajaradigan xilma-xil va murakkab harakatlarning
asta- sekin va tez-tez takrorlanishi uni chaqqonroq qiladi.
Harakatlarni rivojlantirishning samarali vositasi – o‘yin fao
liyatidir. O‘yin vaqtida bolalar xilma-xil harakatlarni bajaradi-
lar, biror hayvonni tasvirlab emaklaydilar, bir-birlarini quvib
yetadilar va hokazo. Sayr vaqtida ularga ko‘pincha to‘siqlardan
o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Harakatlarni rivojlantirish uchun bolalarning jismoniy tarbi
ya mashg‘ulotlarida turib, o‘tirib va yotib bajaradigan umumiy
mustahkamlovchi mashqlar g‘oyat muhimdir.
O‘yin xonasida bolalar bemalol yugurishi, koptok o‘ynashi
va boshqa harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun
yetarli joy bo‘lishi lozim. Ular harakatlarni rivojlantirishga
yordam beruvchi o‘yinchoqlardan: turli hajmdagi koptoklar,
uch g‘ildirakli velosipedlar, har xil aravalar, avtomobillardan
foydalanishlari lozim. Uchastkada maxsus narsalar – olti
burchakli taxta, zarur kenglikdagi taxtachalar bo‘lishi lozim.
Maktabgacha yoshda bolalar ta’lim-tarbiyasida qo‘yiladigan
davlat talablaridan kelib chiqqan holda 2–3 yoshdagi bolalar
uchun jismoniy rivojlanish bo‘yicha asosiy harakatlarga quyi-
dagi indikatorlar belgilanadi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |