Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  jismoniy  tarbiyani 
amalga oshirish uchun qanday jihozlar bo‘lishi kerak?
2. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi zali qanday jihoz-
lanadi?
3. 
Bolalar o‘ynaydigan maydonchada qanday inventarlar 
bo‘lishi kerak?


61
V BOB. IKKI YOSHDAN UCH YOSHGACHA 
BO‘LGAN BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH 
VA RIVOJLANTIRISH
1-§. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni 
jismoniy tarbiyalash va rivojlantirish
Hayotining dastlabki ikki yili uchun xarakterli bo‘lgan 
jismoniy rivojlanishning jadal sur’ati uchinchi yilda sustlashadi. 
Bolaning vazni yiliga o‘rta hisobda 2 kg, bo‘yi 7–8 sm ortadi. Uch 
yoshida bolaning bo‘yi 93–94 sm, vazni 14, 2–14, 6 kg atrofida 
bo‘ladi. Tananing mutanosibligi o‘zgaradi (asosan, o‘sish 
oyoq  hisobiga  bo‘ladi),  bolalarning  qomati  xushbichim  bo‘la 
boshlaydi. Suyak qotishda davom etadi, barcha organlarning 
funk- siyasi takomillashadi, bu esa bolani jismoniy jihatdan 
chidamliroq qiladi.
Markaziy asab tizimining faoliyati takomillashadi, bu esa 
ish qobiliyatininng ortishida namoyon bo‘ladi, bolalar faoliyati- 
ning bir xil turi bilan 20 minutgacha shug‘ullana oladilar. Bola 
endi o‘zini tuta oladi, hatto bir joyi og‘risa ham yig‘lamasligi 
mumkin. Bolalar muassasasiga ikki yoshdan keyin kelgan bola- 
lar kun tartibiga, hayotning umumiy tarziga ancha tez ko‘nikib 
ketadilar.
Kichkintoy hayotining uchinchi yili – mavjud harakat 
sifatlari faol takomillashadigan davr bo‘lib, bunda qo‘l va 
panja  harakatlari  muvofiqroq  bo‘lib  qoladi.  Bolalar  mustaqil 
ovqatlanadigan bo‘ladilar, qalamni to‘g‘ri tutadilar, tugmani 
qadashni va yechishni biladilar. Qo‘l va oyoq harakatlari mu- 
vofiqligi  rivojlanib,  yurishlari  takomillashadi.  Bolalar  yurib 
ketayotganlarida buyumlarni o‘ynay oladilar, velosiped mi- 
nishni o‘rganadilar. Bola o‘z harakatini tashqi sharoitlar bilan 
muvofiqlashtiradi, masalan, musiqa ohangiga qarab harakatini 


62
o‘zgartiradi. Yugurish, tepalikka chiqish, biror narsani irg‘itish 
singari harakatlari takomillashadi.
Bola uzoq vaqt jim o‘tira olmaydi, ko‘p harakat qiladi, le- 
kin bir xil harakatlardan tez charchaydi. O‘yin va mashqlarni 
tanlashda bolalarning yosh xususiyatlarini, xususan skeletining 
mo‘rtligi va egiluvchanligini, mushagi yetarli rivojlanmaganligi- 
ni, tez charchashini hisobga olish zarur. Ba’zi harakatlar 
bolalarga zararlidir. Bolalarga qo‘lda osilib turishni (ota-onalar 
bunga ko‘pincha yo‘l qo‘yadilar), balandlikdan sakrashni taklif 
qilish, bir xil harakatlarni uzoq vaqt takrorlashni talab qilish 
yaramaydi. Kattalar bolalar e’tiborini o‘z vaqtida bunday 
harakatlardan ko‘ra osoyishta o‘yinlarga qaratishlari lozim.
Tarbiyachi bolalar harakatlarini rivojlantirish uchun xilma-
xil vositalardan foydalanadi. Bular orasida – tartib jarayonlari: 
yuvinish, kiyinish, ovqatlanish ham bor. Ana shu jarayonlar 
vaqtida bola bajaradigan xilma-xil va murakkab harakatlarning 
asta- sekin va tez-tez takrorlanishi uni chaqqonroq qiladi.
Harakatlarni rivojlantirishning samarali vositasi – o‘yin fao 
liyatidir. O‘yin vaqtida bolalar xilma-xil harakatlarni bajaradi- 
lar, biror hayvonni tasvirlab emaklaydilar, bir-birlarini quvib 
yetadilar va hokazo. Sayr vaqtida ularga ko‘pincha to‘siqlardan 
o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Harakatlarni rivojlantirish uchun bolalarning jismoniy tarbi 
ya mashg‘ulotlarida turib, o‘tirib va yotib bajaradigan umumiy 
mustahkamlovchi mashqlar g‘oyat muhimdir.
O‘yin xonasida bolalar bemalol yugurishi, koptok o‘ynashi 
va boshqa harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun 
yetarli joy bo‘lishi lozim. Ular harakatlarni rivojlantirishga 
yordam beruvchi o‘yinchoqlardan: turli hajmdagi koptoklar, 
uch g‘ildirakli velosipedlar, har xil aravalar, avtomobillardan 
foydalanishlari lozim. Uchastkada maxsus narsalar – olti 
burchakli taxta, zarur kenglikdagi taxtachalar bo‘lishi lozim.
Maktabgacha yoshda bolalar ta’lim-tarbiyasida qo‘yiladigan 
davlat talablaridan kelib chiqqan holda 2–3 yoshdagi bolalar 
uchun jismoniy rivojlanish bo‘yicha asosiy harakatlarga quyi- 
dagi indikatorlar belgilanadi.


63

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish