Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


-§. Katta, maktabgacha tayyorlov va turli yoshdagi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

4-§. Katta, maktabgacha tayyorlov va turli yoshdagi 
bolalar guruhlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini 
o‘tkazish metodi
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari katta guruhlarda haftasiga 
2 marta, tayyorlov guruhlarida 3 marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. 
Ular katta guruhlarda 20-25 minut, tayyorlov guruhlarida esa 


206
30-35 minut davom etadi. Tayyorlov guruhlarida uchinchi 
mashg‘ulot kunning ikkinchi yarmida, uyqudan so‘ng 
o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlarning mazmuni katta va tayyorlov guruhlar- 
da bir tomondan ko‘pgina yangi, ancha murakkab mashqlar 
hisobiga, ikkinchi tomondan egallab olingan ayrim malaka- 
lar beixtiyor amalga oshiriladigan harakatlar hisobiga 
murakkablashib boradi. Asosiy har akatlar qoidasini va umum- 
rivojlantiruvchi mashqlar qoidasini o‘rganishni chuqurlashti- 
rish, davom etadi.
Katta guruhlarda harakatlarni o‘rganishning boshlanishida- 
noq odatdagi xatolarni o‘z vaqtida aytib o‘tish mumkin. U 
guruh bolalar bilan har doim o‘tkaziladigan, amaliyotda ko‘p 
qo‘llanadigan aralash tipdagi mashg‘ulotlardan tashqari mu 
jassam mashg‘ulotl ar keng o‘rin egallay boshlaydi. Bunday 
mashg‘ulotlarda tarbiyachi va ‘ faqat bir maqsadni ko‘zlamasdan 
bir mashg‘ulotda ikki va uchta maqsadni ko‘zlashi mumkin. 
Masalan: bolalarni shakllar bilan tanishtirish, yurish, yugurishga 
o‘rgatish,  saflanish  va  qayta  saflanishga  o‘rgatishni  davom 
ettirish. Bu maqsadga erishish uchun tarbiyachi jismoniy 
mashg‘ulotlarning kirish qismida bolalarni buben jo‘rligida 
turli yurishlarga o‘rgatib boradi va ularni turli shaklda (doira, 
to‘rtburchak, uchburchak) saflanishlarni taklif etadi.
Bu yoshdagi bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida 
og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlardan keng foydalaniladi 
va bolalarni mashg‘ulotlarda uyushtirish metodlari frontal, gu- 
ruhiy, individual, musobaqa metodlaridan foydalanadi.
Harakatlarni va harakat sifatlarini har tomonlama rivojlan- 
tirishga mashq va o‘yinlar o‘tkazishning musobaqa metodi yax- 
shi yordam beradi. Endilikda bolalar harakatli musobaqalarda 
komanda tarkibida jamoa bo‘lib ishtirok etishni uddalaydigan 
bo‘lib qoladilar. Musobaqalar bolalarning harakat qobiliyatlari 
maksimal sur’atda namoyon bo‘lishiga yordam beradi, harakat 
malakasi va sifatlarining jadal sur’atda takomillashuviga olib 
keladi. Ko‘pincha tayyorlov guruhida turli o‘yin-estafetalar 
o‘tkazilgan vaqtda mana shunday komanda bo‘lib musobaqala- 
shishga to‘g‘ri keladi.


207
Bolalarning yuqori darajadagi harakat faolligini ta’minlash 
uchun  mashqlarini bajarish vaqtida bolalarni uyushtirish 
metodlari xilma-xil bo‘lishi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bog‘cha bolalari uchun 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bilish faolligining o‘sishi 
o‘ziga xos xususiyatdir. Ular tarbiyachining ko‘rsatmalarini 
qiziqish bilan bajaradilar, mashqning bajarilishi va tuzilishiga 
oid savollar beradilar, topshiriqni qayta ko‘rsatib berishni 
so‘raydilar, o‘zlari mashqni qay darajada bajarganliklarini 
aniqlab oladilar. Tarbiyachi bolalarning aqliy faolligini 
uyg‘otish maqsadida ularning bunday qiziqishlarini qo‘llab 
quvvatlaydilar. Bolalar endi o‘z malakalar ini takomillashtirish 
uchun mashqlar qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini 
tushunadilar. Bu narsa shunga olib keladiki, bolalar ko‘pincha 
o‘zlari yaxshi bajara olmayotgan harakatlarni mustaqil ravishda 
mashq qila boshlaydilar. O‘z harakatlarini va o‘rtoqlarining 
harakatlarini baholashda tobora adolatli bo‘la boradilar. 
Tarbiyachi bolalarning bir-birlariga yordam berish to‘g‘risidagi 
istaklarini rag‘batlantiradi, ularga ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan topshiriqlar beradi (kerakli jihozlarni tayyorlash, 
xonani yig‘ishtirib qo‘yish va shunga o‘xshash).
Bolalar erkin harakat qilishni, harakatlarni ishonch bilan tez 
bajarishni yaxshi ko‘radilar. Bu bolalarning muayyan ravishda 
mashq ko‘rganliklaridan hamda ulardagi harakat sifatlari: 
kuch-g‘ayrat, chaqqonlik va epchillikni hamda boshqa sifatlar 
ma’lum darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Bu mahalda mazkur sifatlarni maxsus vositalar va metod- 
lar bilan tarbiyalash zarur. Masalan, tezkorlikni rivojlantirish 
uchun kichik-kichik oraliqlar bilan qisqa masofalarga tez 
yugurish bo‘yicha musobaqa mashqlarini, kuch-quvvatni 
rivojlantirish uchun qarshilikni yengish bilan bog‘liq bo‘lgan 
xilma- xil mashqlarni (to‘ldirma to‘p bilan bajariladigan 
mashqlarni juft-jut bo‘lib bajariladigan mashqlar va boshqalar), 
chaqqonlik va epchillikni oshiruvchi mashqlarni va boshqa shu 
singari mashqlarni takrorlash ko‘zda tutilgan.


208
Harakatlar mashg‘ulot davomida xohlagan paytda qilinishi 
va baholanishi mumkin. Muhimi: ko‘p vaqtni olmasligi va 
mashg‘ulotlarning izchlligini pasaytirmasligi kerak.
Izchllikni oshirish maqsadida bolalar mashqlarini tashkil 
etishning xilma-xil metodlari, (uzluksiz, yoppasiga, smenali), 
bir xildagi jihozlarni ko‘proq qo‘llab, mashqlarni bajarish 
ma’quldir. Bolalar yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsalar, yil 
oxiriga kelib, ularni 2–3 guruhchalarga bo‘lib mashg‘ulot 
o‘tkazish imkoni vujudga keladi, bunda har bir guruh o‘z 
topshirig‘ini bajaradi. Guruhlarga bo‘lib topshiriq berish metodi 
tez-tez qo‘llanilishi kerak emas, chunki katta guruh bolalari 
mustaqil ishlashga hali yetarli tayyor bo‘lmaydilar. Tarbiyachi 
murakkab yoki yangi topshiriqni bajarayotgan guruh bilan birga 
bo‘ladi. Boshqa guruh o‘zlariga tanish topshiriqni tarbiyachi 
tayinlagan bola rahbarligida takrorlaydi. Guruhda harakatlanish 
topshiriqlarining qulaylik bilan birgalikda bajarilishini nazarda 
tutish muhimdir. Bolalarning hammalari yoki bir vaqtda yoki 
navbatma-navbat harakat qilishlari kerak.
Ma’lum harakatlarni mustahkamlash uchun ko‘pincha har 
xil xususiyatlarga ega birnecha harakatli topshiriqlar ketma-ket 
bajariladi. Bir jihozdan ikkinchi jihozga o‘tishda bolalar navbat 
bilan ko‘rsatilgan harakatlarni bajaradilar: Xaltachani boshga 
qo‘yib gimnastika skameykasidan yurib o‘tadilar, so‘ngra xal-
tachani arqondan oshirib tashlaydilar, uning tagidan emaklab 
o‘tadilar, xaltachani oladilar, uni kaftlar ustiga qo‘yib ikki 
oyoqda sakraydilar, gimnastika skameykasi oldiga kelib, 
dastlabki holatda turadilar.
Harakatlarning bolalar tomonidan baholanishi borgan 
sari mukammal va asosli xususiyat kasb etib boradi. Bola 
harakatlarning natijasigagina emas, balki uning go‘zalligi va 
ifodaliligi ham harakatning sifatli bajarilishiga bog‘liqligini 
tushuna boshlaydi. Mashqni qanday bajargani bola uchun 
muhim bo‘lib qoladi. Bolalarning mashqlarni bajarish vaqtidagi 
o‘z-o‘zini nazorat qilishlari ham ortib boradi.
Ko‘pchilik bo‘lib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar sharoitida 
bolalarni inoq bo‘lib, bir-birlarining harakatlarini to‘g‘ri baho- 
lashga o‘rgatib borish kerak.


209

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish