Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvining o`ziga xos xususiyatlari.
Bola hayotning uchinchi yilida maktabgacha ta`lim muassasasiga qabul qilinishi undan shu paytgacha shakllanib bo`lgan yurish-turish stereotipini o`zgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sog`ligi, ham har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo bo`lishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar ta`lim muassasalari ishini takomillashtirish borasida yordam ko`rsatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari:
organizm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nihoyatda tez sur`atidir;
jismoniy va ruhiy rivojlanishning o`zaro bog`liqligi;
go`dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o`rni.
Bola tug`ma yurish-turish shakllariga ega emas va ijtimoiy muhitda rivojlana turib, u uch asosiy komponentni: hudud (narsa-predmetlar,ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va muomala shakllarini o`zlashtiradi. Demak, bola tug`ilishdanoq, uning faolligi “bola-kattalar” munosabatlari ichida tartibga solinadi.
Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning emotsional holati uning rivojlanishi va tarbiyalanganligi darajasiga bog`liq. Atrof-muhit va odatiy hayot tarzining buzilishi, birinchi navbatda, emotsional holatning buzilishiga olib keladi.
O`yin bola faolligining asosiy va o`ziga xos shaklidir. Bu o`sib ulg`ayayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit ob`ektlari haqida ma`lumot yig`ishiga, kattalarga taqlid qilishiga, faol harakat qilishiga ehtiyoj, uning muhit bilan o`zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. O`yinlarda bola bajara olmaydigan talablar qo`yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o`yin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida uning yangi muhitga ko`nikish shartidir.
Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta`lim muassasasida bolalarning muvaffaqiyatli adaptasiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilardan iborat desak bo`ladi:
Adaptasion bosqichining kechishini og`irlashtiruvchi va bolalarning kasallanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash.
Kompleks usullardan foydalangan holda adaptasion bosqichni tahlil qilish.
Adaptasion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va salomatlik holatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni ishlash va ishlab chiqish.
Ijtimoiy adaptasiya bolaning ruhiyatida jo`shqinlikni paydo qilmasdan iloji yo`q. Buning ilk namoyon bo`lish shakllari emotsional holatning buzilishidir.
Ijtimoiy pedagog bolalarning ko`nikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim:
Yengil adaptasiya – bolaning yurish-turishi 10-15 kun ichida me`yoriy holatga qaytadi. Bola maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnay boshlaganidan so`ng bir oy o`tgach, o`zini meyorda tuta boshlaydi.
O`rta adaptasiya – bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi o`zgarishlar 15-30 kun ichida meyoriy holatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo`lsa, keyinchalik u o`z vaznini tiklab oladi. Maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnay boshlagach, bir oy mobaynida u bir marotaba yengil kasallikka chalinadi va 7-10 kun maktabgacha ta`lim muassasasiga kelmasligi mumkin.
Og`ir adaptasiya shunda namoyon bo`ladiki, bolalarda tez-tez qaytadan kasal bo`lish kuzatiladi. Kasalliklar ba`zi hollarda jiddiy tus olishi mumkin(bronxit,pnevmaniya). Bu holatda adaptasiya bir oydan ziyod vaqtga cho`ziladi, rivojlanish va salomatlik ko`rsatkichlarida noxush holatlar ham namoyon bo`lishi mumkin.
Adaptasiyaning noxush holatlarini maksimal darajada bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog bolaning 9 oyligidan 1,5 yoshga to`lgunicha mikro ijtimoiy muhitdagi o`zgarishlarni og`ir o`tkazishini inobatga olishi lozim. Shuningdek, boladagi adaptasiya jarayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari ham og`irlashtirishi mumkin:
noto`g`ri ovqatlanish;
bolani noto`g`ri belash;
salbiy odatlar;
yoshiga mos kelmaydigan ko`nikmalar.
Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo`lishi kerak: tashxis, tayyorlov, amaliyot.
Ijtimoiy-gigienik jihatlarga bag`ishlangan tadqiqotlarga emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptasiya davrida bir qator muhim parametrlar kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o`zgarishlarni e`tiborga olish kerakligi ta`kidlanadi.
Birinchi bosqich patronaji xaritasi:
1. Ota-onasi haqida ma`lumotlar:
- otasi (F.I.Sh.,tug`ilgan yili,mansabi,ish joyi);
- onasi (F.I.Sh.,tug`ilgan yili,mansabi,ish joyi);
- onasida homilaning kechishi va bola tug`ilishi.
2. Maishiy sharoitlari:
- istiqomat qiluvchilar soni;
- yashash joyiga baho berish(qulayliklari);
- yuvinish moslamalari;
- yashash joyi havosining tozaligi;
- bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi muassasalarga qatnashadi?
3. Bola haqida ma`lumotlar:
- yoshi;
- sog`ligi;
- bolaga kim g`amxo`rlik qiladi?
- bolaning kun tartibi qanaqa?
- u alohida xona,krovatga egami?
4. Bedorlik vaqti:
- bola bedorlik vaqtini qanday o`tkazadi?
- uyg`oqlik davrining uzunligi;
- sevimli o`yinchoqlari;
- kiyinish-yechinish,yuvinish jarayonlariga munosabati;
- kattalarning bolaga munosabatlari;
- bolaning kattalarga munosabati;
- bola bilan tez-tez sayr qilishadimi?
5. Ovqatlanish:
- ovqatlanish tartibiga amal qilinadimi?
- bola nima yeydi?
- nima yordamida ovqatlantirishadi(butilkami,qoshiqdami)
- bolaning ishtahasi,faolligi.
6. Uyqu:
- bolani uxlatishda o`zini tutishi;
- uyqudagi kiyimi;
- bola qanday uxlab qoladi(tez,tinch)?
- kuniga necha marta,qancha uxlaydi?
- uyqu xarakteri va uzunligi;
- qanday uyg`onadi(tinch,yig`i bilan)?
- bola kunduzi qayerda uxlaydi(krovat,xona,ko`cha)?
- tunda qanday uxlaydi?
- bolani uxlatish uchun unga so`rg`ich berishadimi?
Adaptasiya varaqasida bolaning hissiy holati, ishtahasi,uyqusi inobatga olinadi. Shuningdek, varaqada bolaning kattalar va boshqa bolalar bilan munosabati, uning individual xususiyatlari ham qayd etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptasiya bosqichining tugashi deb, shartli ravishda, bola yurish-turishining normallashuvi olinadi.
1-jadval
Bolaning adaptasiya varaqasi
MTM__________guruh__________tug`ilgan sanasi____________________
MTMga kirish sanasi______________
Kirishdagi yoshi: yosh,oy.
Sana
|
Ishtahasi
|
Uyqu uzunligi.
Xarakter
|
Hissiy holati
|
Kattalarga munosabat
|
O`yinchoqlariga munosabat
|
O`zini tutishi
|
Tavsiyalar
|
Tayyorlov bosqichi o`z ichiga ijtimoiy pedagog tomonidan muayyan vaziyat asosida qabul qilinadigan bir qancha chora-tadbirlarni qamrab oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |