Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat Mundarija Kirish


V. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og`ir o`smirlar bilan ish olib borishi



Download 248,5 Kb.
bet12/12
Sana23.07.2022
Hajmi248,5 Kb.
#841861
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ped

V. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og`ir o`smirlar bilan ish olib borishi
Maktabdan tashqari o’smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirning tashkil qilishda quyidagi holatlar inobatga olish lozim:
Birinchidan to’garak, seksiya, klubda o’smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik lozim balki mehnat, turli o’yinlar, ijodiy faoliyat orqali pedagogik o’smirlarni atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim
Ikkinchidan, norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko’rsata turib ularni rasmiy guruhga o’tishlariga erishsa bo’ladi. Bu jarayonni shartli ravishda “rasmiylashtirish” deyishadi. Bu jarayon o’smirlar uchun sezilmaydigan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir.
Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o’smirlarni o’z tanlashgan, uning bajarilishidan qoniqish sezishadigan faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlanish, keyinchalik uni o’smirlarda bajarayotgan ishlari uchun ma’suliyat xissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to’ldirib boradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar yoki o’smirlar bilan ish olib boorish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini ko’zda tutadi.
Qayta tarbiyalash bola yoki o’smir yurish-turishidagi turli cheklanishlarni yengib o’tish yoki bartaraf etishdir. Qayta tarbiya ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og’ir jarayondir. Tarbiyalanuvchining yangi yo’lning istiqboli bilan qiziqishi kerak. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o’tmishi bugungi kunini tahlil qilib uning kelajagini tasavvur etishi lozim.
O’smirni qayta tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni bir nech bosqichdan iborat:

  1. Tarbiyalanuvchini o’rganib chiqish;


  2. O’smirning yurish-turishini o’zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash kerak;


  3. Ijobiy axloqiy xislatlarni to’plash;


  4. Inqirozdan chiqish, o’z-o’zini tarbiyalashga o’tish.


Shuni inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o’smir mansub bo’lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo’shiladi. Bunda tarbiyachi kordinator vazifasini bajarib, jamoani o’z o’rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo’naltiriladi. O’smirlar bilan reabilitasion markazda ishliyotgan ijtimoiy pedagog metodlardan biridan foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga o’xshash naqsadini qo’yadi. Bu axloqiy komil inson o’smirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga yordam beradi.


Tarbiya jarayoniga kompleks yondashuv o’smirlar guruhlari paydo bo’ladigan mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko’ra, voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo’lib sodir edishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha ko’pgina tavfsiyalar individual profilaktika tavfsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, ajratib olingan o’smirning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilmagan natijalarga olib kelavermaydi. Bu holat huquqbuzar o’smirning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo’lganligi va a’zolariga bog’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Demak biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e’tirof etgan holda o’spirinlarni o’rab turgan mikro muhit bilan o’zaro aloqalarini o’rganish zarurligini ham ta’kidlab o’tamiz.
Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og’ir bolalarni sinf jamoasi, o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarning normallashuvi natijasida o’smir guruhlarning rejali qayta to’g’irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi o’smir shaxsining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib boorish ommaviy so’rovnoma va anketa to’ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o’smirlar guruhlarning qayerda paydo bo’lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, muomala qilish joylari va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo’nalishi. Muomalaning bu parametrlarini bilish tarbiyachiga tuman, shaharda o’smir guruhlari bilan ishlashning eng to’g’ri va samarali shakl-vositalarini qo’llashga yordam beradi.
Ijtimoiy pedagog o’smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy tarkibi turli bo’lgan o’smirlar guruhlarida o’zaro axborot almashuv va muomala qilish qiziqarli bo’ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg’on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin.


XULOSA
Insoniyat mavjudligining muhim shartlaridan biri - bola tarbiyasi hisoblanganligi bois, u dunyoga kelmasdanoq tarbiyaviy tadbirlar boshlab yuboriladi. Shunday bo’lsa-da, jamiyatda xulq-atvorida salbiy illatlarga moyil, ijtimoiy me’yorlarni qabul qilolmaslik xohishi, xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan bolalarni uchratamiz. Ularni tabiatan shunday xulq-atvorga ega deb, e’tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik jamiyat uchun kattadan-katta yo’qotishlarga olib keladi.
Tarbiyada ta’sir ko’rsatish usullariga ya’ni taqdirlash va jazolash yo’llariga alohida e’tibor beriladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash jarayonida ham pedagog-tarbiyachilar ulardan samarali foydalanishlariga to’g’ri keladi. Taqdirlash bola xatti-harakatlarida ijobiy sifatlarni tarkib topishi va mustahkamlanishi uchun, jazolash esa ixtiyor etilmaydigan salbiy xususiyatlarni oldini olish va ulardan ogoh etish maqsadida foydalaniladi. Jazolash adolatli va bolaning shaxsini kamsitmagan holda samarali tashkil etilishi zarur. Tarbiyaviy vositalar orasida tarbiya amallari borki, ularni samarali qo’llash ijobiy natijalarga olib keladi. Tarbiya amallari tarbiya uslublarining tarkibiy elementlari bo’lib, ular bolaga ta’sir samaradorligini ta’minlashga yordam beradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash jarayonida mutaxassislar bir qator tarbiya amallaridan foydalanishlari o’rinlidir.
Ijtimoiy pedagog – tarbiyaviy ishlar metodlarini keng tizimidan foydalanishga o’z e’tiborlarini qaratishlari lozim. Ijtimoiy pedagog ishlarini o’ziga xosligi bir qator yangi faoliyat usullarini yuzaga chiqaradi. Har bir ijtimoiy pedagog ishining muhim o’ziga xosligi, bolalar xulqining axloqiy asosini buzilishiga olib keladigan aniq faktlarni aniqlash, bartaraf etishga yo’naltirilishi kerak.
Ijtimoiy pedagog har bir kichik muhitda, o’smirda o’z tengdoshlari, o’quvchilar va o’qituvchilar, bolalar va ota-onalar o’rtasida insonparvarlik etikasiga rioya qilishni, bu esa o’z navbatida ular ma’naviy dunyosini shakllanishiga yordam bermog’i lozim.
Eng muhimi kelajak jamiyati a’zosida zarur bo’lgan; o’z xatti-harakati uchun javob beradigan; g’amxo’rlik beminnat ish qilishlik, murakkab sharoitlarda irodaviy kuch topa oladigan, qiyinchiliklar yenga oladigan, mehnatsevar, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, kamtarlik, minaddorchilik va boshqa sifatlarni shakllantirishlarida alohida ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-hosil tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo falokat, yo saodat- yo halokat masalasidur” degan gaplari qariyb bir asrki o’zining zalvorini yo’qotgani yo’q, fikrimizcha yo’qotmaydi ham. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq. Chunki o’smirlik yoshiga kelib shaxs shakllanayotgan bir davrda xulqdagi og’ishlarning asosiy sabablaridan biri bu tarbiyadagi xatolar va noto’g’ri tarbiya bo’lib qolmoqda. Albatta, xulqi og’ishiga yana bir qator sabablar ham pedagogik tarbiyada jiddiy e’tibor berish kerak.
Download 248,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish