Nazorat savollar
Mehnat tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?
Qanday mehnat turlarini bilasiz?
mehnat tarbiyasida yosh xususiyatlarini ahamiyati qay darajada muhim?
Mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi haqidagi qanday fikrlarini bilasiz?
110
SEMINAR MASHG’ILOTI
MAVZU: KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA
BOSHQOTIRMALARDAN FOYDALANISH
Ta’lim oluvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish va yo’naltirish
Kasb-hunarga yo’naltirishda innovatsiyon boshqotirmalardan foydalansh
Pedagogik-psixologiyaning barcha sohalarida bo’lagani kabi taxlil etilayotgan mavzuning ham asoschisi va rivojlantiruvchilari M.G.Davletshin, E.G’oziyev, N.Shodiyev, Z.Karimova, A.Jabborov, J.Sotiboldiyev, M.Ochilov, T.G’affarova,, Z.K.Ismoilova, I.Karimov, E.Choriyevlardir. Pedagogik-psixalogik tuzim tavsiyalarini ishlab chiqishda ularning ilmiy-ommaviy ishlariga suyandik. Unga muvofiq ta’lim oluvchilarnining o’quvchilarining kasbga qiziqishlari samarali bo’lish uchun quyidagilar talab etiladi:
O’quvchilarda kasbga qiziqishni bosqichma-bosqich o’stirib borish.
Ularni bosqichma-bosqich kasb haqidagi bilimlarga ega qilish.
Aniq tasavvur etuvchi kasbiy faoliyati haqida o’simirlarda dastlabki kasb ko’nikmasi hosil qilish, bu ko’nikmaning o’smir psixalogik rivojlanishiga mos bo’lishini ta’minlash.
“Men kim bo’lishni istayman?”,”Men mexanizatorlik kasbiga qanday munosabatdaman?”, “Mexanizator bo’lish osonmi?”,”Mening kelajakdagi kasbim” mavusidagi insho,bayon kabi yozma ishlarini sinchiklab o’rganib chiqdik. Yozma ishlar yozdirishdan oldin o’quvchilarga ularning mexanizatorlik kasbidan qay darajada xabardorligi, bu kasbning o’ziga xos qiyinchiliklari mexanizatorlikning texnik-psixalogik talablari haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savollar berildi. Tajribamiz davomida tuzgan mexanizatorning psixo-fiziologik sifatlarini ifodalovchi professiogramma kasb tanlash bu kasbga yo’naltirish ishlarini bajarishda yordam beradi. Nihoyat, yuqori sinf o’quvchilarini mexanizatorlik kasbga yo’naltiruvchi maxsus tajribalar o’tkazildi.
O’rganilayotgan fan asoslari, mehnat ta’limi va sinfdan tashqari ishlari vositasida o’quvchilarni kasbga qaratilagan tadbirlar. Maktab o’quvchilarining o’quv tarbiya maydonlarida, maktablar aro o’quv ishlab chiqarish brigadalarida, shaxsan o’z mehnatlari bilan ishtirok etishlariga yo’naltirilgan tadbirlar. O’quvchilarning mexanizatorlik kasbiga ijobiy kasbini munosabatani shakillantiruvchi tadbirlar. Kasbga yo’naltirish asosini ishchi kuchlaridan omilkorona foydalanish, sog’liqni saqlas,insonning mehnat va ijodiy qobilyatini
111
o’stirish, kasbiy mehnat jarayonida shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, hamda kishining o’z kasbini ongli ravishta, o’z manaviy ehtiyoji talabi bilan tanlashiga erishishi kabi muhim omillar tashkil etadi . Tarbiya jarayonida o’quvchining qobilyatlari, bu qobiliyyatlarning rifojlanish bosqichlari, u yoki bu kasb haqida muayyan malumotga ega bo’lish, bolalar psixologiyasini xisobga olish talab etiladi. Kasbga yo’naltirish ishlarining tarixan shakillanganbosqichlari asosida biz tomonimizdan bu tizimining uch unsulda aniqlandi:
Tashkiliy-texnik.
Tibbiy-psixologik.
Pedagogik-psixologik.
Do'stlaringiz bilan baham: |