Haykaltoroshlik haqida qisqacha mahlumot. Haykaltoroshlik - tahsviriy sahnat turlaridan biridir. Sahnatning bu turining xususiyati tasvirni hajmi -
30
formasidir. Plastik tasvirlar orasida aylana haykaltoroshlik yolg’iz tur emas. Undan tashqari, barelg’ef va gorelg’ef ham mavjud relg’ef aylana haykaltoroshlikdan farq qilib, yassi sathda aks etadi. Bu haykaltoroshlik formalaridan idish - tovoq sathini, binolarning old tomoni, interg’eri va shu kabilarni bezashda foydalaniladi.
Loy va plastilin bilan ishlashda kerak bo’ladigan usullar.
Yumoloqlik - bu parcha loydan shar yasash, unga olcha, olma kabilar shaklini berishdir. Bir bo’lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi. SHar yasash, so’ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
Yassilash - sharikdan yassi non yasaladi, qulning holati doimo o’zgarib turadi.
CHuzish - sharikning bir qismi chuziladi.
Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o’zaro biriktirish.
Loy va plastillin bilan ishlash mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda ish joyini bekamu-ko’st jihozlanganligi muhim ahamiyatga egadir.
SHuni kayd etish lozimki, Uzbekiston issik iklim sharoitida narsalar yasash buyicha amaliy mashgulotlarni loydan bajargan mahkul, chunki plastilindan yasalgan narsaar issikda uz shaklini tez yukotadi.
Ishni oddiy predmetlar: sabzavot-mevalarni yasashdan boshlash kerak. Bunda tayyor namuna yoki rasm buyicha ishlashni taklif etish mumkin. Ukuvchilar narsalarni yasash usullarini egallab olganlaridan sung uyinchoklar, badiiy bezakli dekorativ idishlarni yasashga utishlari mumkin.
Hunarmandchilik, hunarmandlik — milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saklangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.
Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiytarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda kulolchilik, jun va teri koʻp yerda toʻqimachilik va koʻnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda yogʻochsozlikgmaʼdanlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boʻylarida kemasozlik va boshqa rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bos-qichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda Hunarmandchilikning 3 turi shakllangan:
31
uy hunarmandchiligi;
buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik
bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik.
Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar boʻlgan davrlarda hunarmandchilikning eng koʻp tarqalgan turi boʻldi. Hunarmandchilikning bu turi natural xoʻjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal oʻsishi bilan uzviy bogʻliq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi. Davr taqozosi bilan hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan ( 20-asrning boshlarida Toshkentda koʻnchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, oʻqchilar, kosiblar mahallalari boʻlgan). Ayrim mahalla, kvartal, shahar, oʻlkalar hunarmandchilikning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |