Mavzu: Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Reja:
Boshlang’ich sinflarni O’zbekiston tabiiy va turli resurslari bilan tanishtirish darslarini tashkil qilish metodikasi.
Turli materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Tabiiy materiallari bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Turli va tabiiy materiallarga nimalar kiradi.
Tayanch so’z va iboralar
Turli materiallar, tabiiy materiallar, pressda quritish, issiq dazmol, yog’och, metal, ramka, gerbariy ramkalri.
O’zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qotishmalar, plastmassalar, yog’ochlar va o’simliklarga boy o’lkadir. Respublikamizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda foydalanadigan xom ashyo bo’lishi bilan bir qatorda mehnat darslarida bajariladigan ishlar uchun kerakli material bo’lib ham xizmat qiladi.
O’quvchilarni ilk yoshligidan boshlab bolalarda ona tabiatga kizikish va muxabbatni, undagi guzalliklarni kura bilishni tarbiyalash krak. Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur kiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy kobiliyatlarni, konstruktorlik goyasini, tushunchalarning anikligini uygotadi.
Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli asboblardan foydalanishni talab kiladi va ularni ishlatish bilim, ko’nikma, malakalarini beradi.
Turli tabiiy materiallarni to’plash o’qituvchi qo’ygan maqsadga bog’liq bo’ladi. O’quvchilar ko’rib chikilgan va batafsil muxokama kilingan yoki o’zlari o’ylab topgan tasvir uchun material to’playdilar va aksincha, avval qandaydir materialni to’plab, keyin qanday ish bajarishni aniqlashlari kerak.
Tabiiy materiallarni o’quvchilar dastlab o’qituvchi raxbarligida sayr vaktida to’playdilar. Tabiiy materillarni to’lash jarayonida o’quvchilar atrofdagi o’simliklar dunyosi, xashoratlar bilan tanishadilar, daraxtlar, gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallni qachon va qanday to’plash va kanday saqlash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni qo’riklash va unga extiyotkorona munosabatda bulish, uni asrash masalalariga aloxida ehtibor berish xar bir o’quvchining burchidir.
20
Mexnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan bargalar, gullar, poliz ekinlari- qovun, tarvuz, kovok uruglari, mevalar - olcha, o’rik, shaftoli danaklari va shu kabilar: balik tangalari va kanotlari, juxori va makkajuxori sutalari, paxta chanogi, yong’oq pusti va shu kabilardan keng foydalaniladi.
Tabiiy materillarni to’playotgan xar bir o’quvchi tabiiy materiallarni tartibli yigish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg tuplash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini qo’pollik bilan sindirish, gul va shu kabilarni uylamasdan tuplash tabiatga nisbatan vaxshiylik ekanligini yodda tutishi lozim. Gullarni kul bilan sindirib bo’lmaydi, aks xolda poyasi zararlanishi mumkin.
O’simliklarni to’plashda gazeta, gerbariy papkasi, kaychi, paxta bulishi kerak.
Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi.
Quritib olishga muljallangan o’simliklar xar kanday namlikdan xoli bulishi kerak, aks xolda usimlik kuritilganda unda doglarning izi koladi. Kuritilayotgan o’simlikning tabiiy rangini asrab kolishning eng muxim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, kuyosh nurida tez kuritib olishdir. Usimliklarni kuritish 3 sutkadan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |