XAYOL QILISHDAGI INDIVIDUAL FARQLAR.
Xayol faoliyati kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jihatlaridan farq qiladi. Xayolning bu hususiyatlari ayrim kishilarda turlicha namoyon bo’ladi va har bir shaxsning o’ziga xos xarakterini belgilaydi. Ikkinchi tomondan, odamning vujudga kelgan individual hususiyatlari ham uning xayol qilish faoliyatida namoyon bo’laveradi. SHu sababli, xayol qilish jarayonlariga va xayol obrazlarning hosil bo’lishiga odamning dunyoqarashi, ijti-moiy-siyosiy qarashlari va ahloqiy tamoyillari ham ta’sir qilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |