Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


Ijodiy qayta hikoyalash va bayon



Download 0,77 Mb.
bet93/236
Sana30.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#596978
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   236
Bog'liq
7304097571a7335b4101ff088374bba4 ONA TILI O`QITISH METODIKASI

Ijodiy qayta hikoyalash va bayon. Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi ajratiladi. Boshlang`ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Shaxsni o`zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang`ich sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko`proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o`quvchilar hikoyadagi gaplarni qayta to`zadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o`quvchilar III shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari uchun o`qituvchi rahbarligida gapning kesimini o`zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o`zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning nomini va u yoki ular so`zini ishlatadilar. Shaxsini o`zgartirib qayta hikoyalash va bayon yozish o`qish darslarida olib borilgan bunday og`zaki tayyorgarlikning davomi sifatida o`tkaziladi.
2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish.
3. Matnni ijodiy to`ldirib qayta hikoyalash. O`quvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to`ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham ko`pincha og`zaki tarzda o`tkaziladi.
4. So`z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlarni bajartirish asosida o`tkaziladi: «Siz shu vaziyatda o`zingizni qanday sezasiz? Bular rasmda tasvirlangan deb o`ylang. Shu voqealar ko`z oldingizdan o`tyapti, siz ko`ryapsiz, eshityapsiz va o`zingiz tasvirlayapsiz deb o`ylang». Matndagi tabiat tasviri, qahramonlarning tashqi ko`rinishi, portreti so`z bilan tasvirlashga topshirilishi mumkin. Bu asosan og`zaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon shaklida yozdiriladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar.
1. DTS da bayon yozish uchun qanaqa talablar qo`yiladi?
2. 1-2 sinflarda bayon uchun tanlangan matn tarkibidagi so`zlar nechtadan nechtagacha bo`lishi kerak?
3. 2-4 sinflarda-chi?
4. Bayon yozishga qanday talablar qo`yiladi?
5. Bayon tahlili qanday o`tkaziladi?
6. Bayon uchun tanlangan matnlar qanaqa xarakterda bo`lishi kerak?
7. Boshlang`ich sinflarda qanaqa bayon turlari qo`llaniladi?
8. Boshlang`ich sinflarning yillik o`quv rejasida sinflar bo`yicha bajarish uchun necha soatdan ajratilgan?
9. Tanlab bayon yozish deganda nimani tushunasiz?
10. Ijodiy bayon yozish deganda qanaqa bayonni tushunasiz?
11. Bayon yozish uchun qanaqa tayyorgarlik ishlari o`tkaziladi?
12. Bog`lanishli nutq birligi nima?



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish