Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 0,77 Mb.
bet79/236
Sana30.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#596978
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   236
Bog'liq
7304097571a7335b4101ff088374bba4 ONA TILI O`QITISH METODIKASI

Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars
Darsning metodi: suhbat, izlanish metodi
DARSNING BORISHI:
1.Uy vazifasi tekshiriladi.
2. “Gap” mavzusi esga tushiriladi.
O`quvchilar diqqatiga quyidagi gaplar havola qilinadi:
1.O`qituvchi bolalarni o`qitadi.
2. Kuzda har xil mevalar pishadi.
3. Tikuvchi kiyimlarni tikadi.
4. O`quvchilar kitoblarni sevib o`qiydilar.
– Gap nimalardan tashkil topadi?
– Og`zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz?
– Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi?
O`qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so`ng, o`quvchilar javobini umumlashtiradi:
Demak, gap tugallangan mazmun bildiradi. Gap oxiriga uning mazmuniga qarab nuqta, so`roq va undov belgisi qo`yiladi. Gap so`zlardan tuzilib, uning birinchi so`zi bosh harf bilan yoziladi.
3. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini jadvalga qaratadi. Har bir gap quyidagicha tahlil qilinadi:
– Birinchi gapda kim haqidaaytilgan?
– “O`qituvchi” so`ziga savol bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq chizamiz (O`qituvchi jadvalga chizadi).
– O`qituvchi haqida nima deyilgan?
– “O`qitadi” so`ziga savol bering (Nima qiladi?). Uning tagiga ikki chiziq chizamiz (O`qituvchi jadvalga chizadi).
– Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so`z bildiryapti? (Mevalar) Bu so`zga savol bering (Nimalar?).Tagiga chizamiz.
– Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi.
S hu tariqa keyingi gaplar ham tahlil qilinadi. Shundan so`ng o`qituvchi tagiga chizilgan so`zlar gapning asosiy mazmunini bildirishini, yana shunday so`zlar ishtirokisiz gap hosil bo`lmasligini, agar gapning asosini bildiruvchi so`zlardan loaqal bittasi hamgapda ishtirok etmasa, gap mazmun jihatdan yakunlanmay qolishi yoki noaniq bo`lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar misollar bilan ko`rsatiladi. Masalan, O`quvchilar maktabga boradilar”gapida gapning asoslaridan biri – “o`quvchilar” so`zi tushib qolsa, gapimiz noaniq bo`lib qoladi, o`quvchilar haqida nima deyilgan so`z (boradilar) tushib qolsa, gap mazmun ifodalamaydi.
Darslikdagi qoida o`qitiladi.
4. Darslik bilan ishlash. 261-mashq yozma bajariladi. O`quvchilar matnda nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini o`qituvchi yordamida topadilar va ularning tagiga chizadilar. 262-mashq yuqoridagi mashq asosida o`quvchilar tomonidan mustaqil bajariladi (Bunda o`quvchilar ushbu mashqni maxsus mustaqil ish daftarlariga yozib o`qituvchiga topshiradilar).
5. Jadval asosida og`zaki mashq.

Kim? bemorlarni davolaydi.

Nima? sichqonlarni tutadi.

Nima? yuk tashiydi.

O`qituvchi gapdagi so`roqlar o`rniga qo`yish uchun kerakli bo`lgan so`zlarning rasmlarini ko`rsatadi (shifokor, mushuk, tuya). O`quvchilar tayanch so`zlar yordamida gaplarni o`qiydilar va gaplar og`zaki tahlil qilinadi.
6. Taxminiy tayyorgarlik ko`rib, bog`lanishli gap tuzish va uni yozish.
Texnik vosita orqali “Bog`bonlarga yordam” lavhalari ko`rsatiladi va hikoya yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so`zni takroriy ishlatishning oldini olish uchun ma’nosi yaqin so`zlardan foydalanish tushuntiriladi (masalan: bolalar, qizlar, o`quvchilar, o`rtoqlar). Bu so`zlar xattaxtaga yozib qo`yiladi.
7. Uyga vazifa qilib 263-mashq beriladi. O`qituvchi uyga vazifani qanday bajarishni tushuntiradi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish