6-semestr
1-mavzu
|
Orfografiya o`rganish metodikasi
|
(ma’ruza-2 soat)
1.1. Ma’ruzani olib borish texnoiogiyasi
O`quv soati – 2 soat
|
Talabalar soni: 50 ta
|
O`quv mashgulot shakli
|
Axborotli ma’ruza.
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Orfografik malaka.
2. Imlo qoidalari ustida ishlash.
3. Imloviy mashqlar.
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi Talabalarga orfagrafika malaka ustida ishlash orqali tafakkurini o`stirish, to`g`ri yozish malakalarini shakllashtirish.
|
Pedagogik natijalar:
|
O`quv faoliyat natijalari:
|
Orfografik malaka.
|
Orfografik malaka maxsus nutq malakasidir. Turli yozuv - maxsus nutq faoliyati; yozuvning har bir vaqti murakkab harakat bo`lib, uning asosida nutq yotadi. Orfografik malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik tomondan to`g`ri tuzish, so`zni uslubiy aniq qo`llashni ham o`z ichiga oladi.
|
Imlo qoidalari ustida ishlash.
|
O`quvchilarda to`g`ri yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoidasini o`zlashtirishga asoslanadi. Imlo qoidalari bir so`znigina emas, balki
umumiylik mavjud bo`lgan butun so`zlar imlosining yozilishini tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir so`zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib, belgilangan qoidaga muvofiq butun so`zlar guruhini yozish imkonini yaratadi.
|
Imloviy mashqlar.
|
Orfografik malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi.
|
O`qitish vositalari
|
O`UM, ma’ruza matni, doska, bo`r, latta.
|
O`qitish usullari
|
Axborotli ma’ruza, bliss-so`rov, klaster usuli. Aqliy hujum.
|
O`qitish shakllari
|
Frontal, kollektiv usulda.
|
O`qitish sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan,guruhlarda ishlash usulini qo`llash mumkin bo`lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og`zaki savollar, bliss-so`rov
|
“Orfografiya o`rganish metodikasi” haqida tushuncha berish mavzusining texnologik xaritasi.
Ish bosqichlari
|
O`qituvchi faoliyatining mazmuni
|
Tinglovchi faoliyatining
Mazmuni
|
1-bosqich.
Mavzuga kirish.
(10-minut)
|
1.1. O`quv mashg`uloti mavzusi, 4 savollarni va o`quv faoliyati natijalarini aytadi.
1.2. Aqliy hujum usulida mavzu bo`yicha ma’lum bo`lgan tushunchalarni faollashtiradi. 1.3. Mavzuni jonlantirish uchun savollar beradi.(1- ilova)
|
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar.
Savollarga javob beradilar.
|
2 -bosqich.
Asosiy bo`lim.
(60 - minut)
|
2.1. Birinchi savol yuzasidan mini ma’ruza qiladilar.
2.2. Ma’ruza rejasining ikkinchi savoliga tushunchalar aytiladi.
2.3. Rejaning uchinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.
2.4. Rejaning to`rtinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi
2.5. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.
|
Tinglaydilar. Savollarga javob beradilar, klaster usulida bajaradilar.
O`UMga qaraydilar
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar va INSERT jadvalini to`ldiradilar
|
3-bosqich. Yakunlovchi.
(10 - minut)
|
3.1 Mashg`ulot bo` yicha yakunlovch xulosalar qiladi. Mavzu bo`yicha olingan bilimlarni qayerda ishlatish mumkinligini ma’lum qiladi.
3.2. Mavzuni chuqurroq o`zlashtirish uchun adabiyotlar ro`yxatini beradi.
3.3. Fan bo`yicha barcha mavzular o`tib bo`linganligi aytilib, oraliq nazoratga tayyorlanib kelish topshiriladi.
|
Savollarni beradilar.
Yozib oladilar.
O`UMga qaraydilar.
|
Tayanch iboralar imlo, imloviy malaka, imloviy mashqlar, ko`chirib yozuv, diktant, ta’limiy diktant, tekshiruv diktant, gramma Orfografik tahlil, leksik-Orfografik tahlil, kompleks mashqlar.
1. Orfografik malaka.
O`qituvchi orfografik malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik yoshdagi o`quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgilaydi.
Orfografik malaka maxsus nutq malakasidir. To`g`ri yozuv - maxsus nutq faoliyati; yozuvning har bir vaqti murakkab harakat bo`lib, uning asosida nutq yotadi. Orfografik malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik tomondan to`g`ri tuzish, so`zni uslubiy aniq qo`llashni ham o`z ichiga oladi.
1 Orfografik malaka murakkab malaka bo`lib, uzoq davom etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so`zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik taqibini aniqlash ko`nikmasi kabilarga asoslanadi. Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatlashish o`rganilgan Orfografik qoidaning oson-qiyinligiga bog`liq. Orfografik malaka o`z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka asosiga qo`yilgan ko`nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshilanadi (harakat tezlashadi, aniq-to`g`ri bo`la boshlaydi, ishonarli va tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning strukturasi qayta quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo`shilgan birliklar bilan ishlashga o`tadi (masalan, so`zni harflab ko`chirish, bo`g`inlab ko`chirish bilan, keyin so`zni yaxlit ko`chirish bilan, so`ngra u gapni ko`chirish bilan almashadi.) Bir imlo malakasi avtomatlashadi, imloga oid boshqa hodisa o`rganiladi va asta-sekin so`zni to`g`ri yozish malakasi hosil bo`ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat sifatida ongli jarayonligicha qoladi.
Turli yozuv malakasining shakllanishi uchun o`quvchidan fikrlash faoliyati talab etiladi. Biror to`g`ri yozuv hodisasini o`zlashtirish uchun o`quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tadbiq etiladi. Bunda grammatik va Orfografik hodisalarning o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan foydalanish hamda so`z va so`z shakllarini ma’lum grammatik yoki grafik guruhlarga ajratish, muayyan sistemaga solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydalanish muhim rol o`ynaydi.
Shunday qilib, orfografiyani o`rgatishda, grammatikani o`rgatish kabi, o`quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |