Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalaridan amaliy psixologlar, maktab
o‘qituvchilar, psixologik-konsultativ markazlar mutaxassislari faoliyatida foydalanish mumkin.
Shuningdek, maktabda psixokorreksion muhitni yaratish, maktabda tarbiya jarayonining
psixokorreksion modelini keyinchalik yanada takomillashtirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Olingan natijalar maktabda psixologik xizmatni rivojlantirishning zamonaviy shart-sharoitlarini
kengaytiradi va maktab psixologlari faoliyati va tarbiyaviy ishlarining dasturini takomillashtirish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar, universitetlar, pedagogika institutlari, pedagogika va psixologiya
bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalari yaratishda, ma’ruzalar matni
tayyorlashda, innovatsion dasturlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |