Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va Psixologiya fakulteti IV kurs talabasi Inog’omova Elnora Imom qizining “Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolada kognitiv jarayonlar rivojlanishida artterapiya va ertak terapiyasining o’rni” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali kechishi davlatimizni rivojlangan davlatlar hamjamiyati integratsiyalashuvida yosh avlodning ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida bo’lajak o’quvchi bilish faoliyatini yo’lga qo’yish muhimdir. Respublika prezidentining 2017-yilning 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi”
Shu nuqtai nazardan, Inog'omova Elnora Imom qizining "Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishida artterapiya va ertak terapiyaning o'rni” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi muhum muammoga qaratilganligi bilan dolzarbdir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi ravishda kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bobida maktabgacha yosh davridagi bolada kognitiv jarayonlar rivojlanishida artterapiya va ertak terapiyasining psixologik ahamiyati, maktabgacha yosh davridagi bolalarda kognitiv jarayonlar muammosining psixologlar tomonidan o'rganilganligi, kognitiv jarayonlar rivojlanishida artterapiyaning o'rni yoritib berilgan.
Ikkinchi bobida bolada kognitiv jarayonlar rivojlanishida artterapiya va ertakterapiyasining ta'sirini emperik o'rganilganligi tahlil qilib berilgan.Birinchi paragrafda maktabgacha yosh davridagi bolada kognitiv jarayonlarning tashxis qilishning metodik tavsifi bayon qilingan. Ikkinchi paragrafida maktabgacha yosh davridagi bolada kognitiv jarayonlarning nomoyon bo'lishini psixologik xususiyatlari metodikalar orqali tadqiqotlar o’tkazilib natijalar taxliliy bayon qilingan.
Uchinchi bobda maktabgacha yosh davridagi bolada kognitiv jarayonlar rivojlanishida artterapiya va ertak terapiyasining o'rnini psixokorreksion imkoniyatlari bayon qilingan.
Umuman olganda bitiruv malakaviy ishi qo’yilgan talablarga javob beradi, undagi imloviy xatolar, uslubiy kamchiliklar tuzatilishi mumkin bo’lgan xatolar sanaladi. Mazkur xatolar ishning ilmiy salohiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Inog'omova Elnora Imom qizining "Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolada kognitiv jarayonlar rivojlanishida artterapiya va ertak terapiyasining o'rni” mavzusidagi bitiruv malakaviy ish tugallangan, bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablarga javob beradi, uni himoyaga tavsiya etish mumkin va ijobiy bahoga loyiq.
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
“Innovatsion ta’lim” kafedrasi dotsenti v.b.,
Psixologiya fanlari dotsenti: N.X.Lutfullayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |