Aytilgan y o ‘nalishda harakat qilish ko ‘nikmasini rivojlantirish.
Katta
guruhda aytilgan yo‘nalishda harakat qilish va yurish, yugurish vaqtida
harakatlar ynalishini o‘zgartirish ko‘nikmasini mustahkamlash ham
takomillashtirishga katta ahamiyat beriladi.
Defektolog harakatlar yo‘nalishini aniq belgilash uchun musiqa va
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan foydalaniladi. Balandga, pastga,
oldinga, orqaga, chapga (chapdan), o‘ngga (o‘ngdan), yonida, orqasida,
oldida va h.k. Bolalaming mo‘ljal olish ko‘nikmasiga tayanib, defektolog
ular bilan harakatni aytilgan yo‘nalishda bajarishga o‘rgatadi.
Qoidali o‘yinlardan, didaktik hamda harakatli o‘yinlardan foydalanish
katta ahamiyatga ega. 0 ‘yinlar matematika, jismoniy tarbiya, musiqa
mashulotlanda hamda mashg“ulotlardan tashqari vaqtda, asosan sayr
vaqtida o‘tkaziladi. Bolalaiga «Qayerga borasan va nimalar qilasan?»
degan o‘yinni taklif etish mumkin.
Katta guruhda bu o‘yin ancha murakkabroq shaklda o‘tkaziladi.
Bolalar 4 yo‘nalishdan birini tanlaydilar, topshiriqni bir yo‘la bir necha
bola bajaradi. Bu yerda o‘yin harakati — yashirilgan o‘yinchoqni
(buyumni) qidirib topishdan iborat, lekin endi bolaga faol harakat (siljish)
qilish jarayonida yo‘nalishni o‘zgartirish taklif etiladi, stol oldiga borish,
o‘ngga burilib, deraza oldiga borish, chapga burilib uy burchagiga borish
va u yerdan yashiringan o‘yinchoqni topish.
Defektolog bu o‘yinni tkazish vaqtida harakat davomida ko‘rsatma
beradi: «Stol oldiga bor... 0 ‘ngga buril... Deraza oldigacha bor...Chapga
buril...» va h.k. U har bir ko‘rsatmani oldingisi bajarilgandan so‘ng
beradi, bunda predmetning nomi bola harakatining yo‘nalishi
o ‘zgarganidan keyin aytilishi lozim. Aks holda bolalar aytilgan
yo‘nalishga emas, balki faqat narsa nomiga oriyentatsiya qiladilar.
Bunday o‘yinlami uncha katta bo‘lmagan maydonda o‘tkazish kerak,
bolalar tajribasining ortib borishi uchun esa maydonni butun guruh
xonasi yoki maydonchaning o‘lchamlariga teng qilib kengaytirish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mo‘ljal olishga oid topshiriqlar soni asta-sekin oshirib borilib, takliflar
tartibi ham o‘zgartirib boriladi. Awalo bolalar faqat juft: oldinga-orqaga,
o‘ngga-chapga kabi yo‘nalishlarni aniqlasalar, keyinchalik ular
yo‘nalishlarni xohlagan: oldinga-o‘ngga, chapga-orqaga va h.k. tartibda
bajaradilar.
Bolalaming piyoda yuruvchilaming o‘ng va chap yo‘nalishlarini
oriyentatsiya qila olish ko‘nikmasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘chada yurish
qoidasini egallab olishlari uchun quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi:
«Ko‘chadan to‘g‘ri o‘tsang, yangi uyga kirasan, noto‘g‘ri o‘tsang o‘z
joyingda qolasan», «To‘g‘ri o‘tsang bayroqcha olasan», «Paketni o‘zatib
yubon>. Bu o‘yinlardagi topshiriq har bir bolaning yo‘l qoidasini bilib
olishga, bunda u yo‘lning o‘ng tomonidan yurishi yoki ko‘chani kesib
o‘tayotganda, awalo chap tomonga qarashi, ko‘cha o‘rtasiga yetgach
esa o‘ng tomonga qarashi kerak.
Ko‘zni yumib, harakatlar yo‘nalishini o‘zgartirish mashqlarini bajarish
foydalidir. Masalan, «Toychoqni ovqatlantir», «Barabanni chal»
o‘yinlarini o‘ynash. Devor bo‘ylab geometrik shakllar modeli qo‘yib
chiqiladi. Boshqaruvchi awal tarbiyachi aytgan shaklning oldiga ko‘zi
ochiq holda keladi (bu sinab ko‘rish yo‘li hisoblanadi), so‘ngra esa
ko‘zlarini berkitib modellar qo‘yilgan devor tomonga qaytib kelib kerakli
modelni qo‘l bilan ushlab topadi.
Fazoni mo‘ljalga olishda bolalarda ovoz signaliga binoan tez va
aniq oriyentatsiya rivojlanib boradi («Sen qayerdasan?», «Qo‘g‘irchoqlar
bilan ko‘z boylash» o‘yini, «Ovoz qayerdan kelayapti?» o‘yinlari).
Bolalami aytilganlar bo‘yicha harakat qilib aniqlashga o‘rgatish
muhimdir. Shu maqsadda quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: «Barabanni
chal», «Toychoqni ovqatlantir» (o‘zgartirilgan variantda). Bolalar
tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan ko‘zni yumib, predmet tomon
boradilar: «Oldinga 2 qadam tashla, chapga buril, 3 qadam tashla» va
h.k. Awal topishiriqlar sonini 2—3 ta bilan cheklash, keyin esa ulaming
sonini 4—5 tagacha yetkazish mumkin.
Bolalarda asosiy fazoviy yo‘nalishlami aniq farq qilishni talab etuvchi
murakkabroq topshiriqlami bajarishga boigan qiziqish, o‘yinchoqlami
almashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Maktabga borish vaqtiga kelib bolalar harakat yo‘nalishlarini o‘zaro
va narsalar bilan, shuningdek, narsalar o ‘rtasidagi fazoviy
munosabatlarida mo‘ljal qila bilishlari, ulami o‘rab tuigan mikrorayonda
erkin mo‘ljal qila bilishga o‘igatishlari lozim: uydan bog‘chagacha bo‘lgan
yo‘lni, yaqin atrofdagi oziq-ovqat do‘konini, maktabni, dorixonalami
bilishlari, ko‘chada yurish, ko‘chani kesib o‘tish qoidasini o‘iganib olgan
bo‘lishlari kerak.
Birinchi sinfga kelganda o‘quvchilar qog‘oz varag‘ining o‘ng va chap
tomonini, yuqori va pastki qismini bilishlari, aytilgan yo‘nalishda chiziq
tkaza olishlari kerak. Bu masalalar agar bolalar maktabgacha tarbiya
muassasasida ana shulaiga tayyorlangan bo‘lsalargina muvafaqqiyatli
hal qilinadi. Shuning uchun bu guruhda qog‘oz varaqni mo‘ljal olish
malakalari rivojlantiriladi.
Barcha ishlar jufl va qarama-qarshi tushunchalami farq qilish asosida
tashkil etiladi, chapga-o‘ngga, oldinga-orqaga va h.k.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga qog‘oz varag‘ida mo‘ljal
olish malakalarini shakllantirish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi.
Varaqning yuqori chekkasiga 4 ta uchburchak, pastki chekkasiga ham
shuncha kvadrat qo‘y. Shundan so‘ng bolalar nima qayerda
joylashganligini aytib beradilar. Shundan so‘ng topshiriqlarning
murakkab variantlaridan (buyumlaming miqdorini orttirish, ular o‘mini
almashtirish va h.k.) foydalaniladi.
Boshqa buyum yoki odamlar o'ziga nisbatan joylanishini aniqlashga
o‘igatish: tagida, ustida, oldida, oiqasida, yuqorida, pastda, yuqoriroqda,
pastroqda, yonida, qarama-qarshisida, chapki, o‘ng yuqorigi, pastki va h.k.
Bolalarga faqat o‘zidan emas, balki boshqa odamlarga, boshqa
buyumlaiga nisbatan mo‘ljal olishda o‘igatib boriladi. Buning uchun
aqli zaifbolalaiga quyidagi topshiriqlar beriladi: o‘rtog‘ining o‘ng tomoni
yoki chap tomoniga turish, undan oldinda yoki orqada turish,
ko‘rsatilgan buyumga nisbatan o‘zining fazodagi o‘mini tavsiflab berish,
ko‘rsatilgan oriyentirga nisbatan bir yoki bir necha buyumni joylashtirish
va h.k.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar asosiy fazoviy yo‘nalishlami
(oldin, orqa, chap, o‘ng) yaxshi mo‘ljal ololmasalar ularning bilimini
asta-sekin toidirib borish zarur.
Fazoviy yo‘nalishlami aniqlash va ko‘rsatishga bolalami jismoniy
tarbiya va musiqa mashg‘ulotlarida muntazam ravishda o‘rgatib boriladi.
Ular u yoki bu narsani o‘ng yoki chap qo‘lga olish, oldinga, orqaga
egilish, o ‘ngga chapga aylanish, yurish, yugurish vaqtida harakat
yo‘nalishini o‘zgartirish topshirig‘ini oladilar. Ulaming diqqati aytilgan
yo‘nalishda harakat bajarishga bir daqiqa qaratiladi.
Bolalar aytilgan yo‘nalishda harakatlar bajariladigan mashqlami yaxshi
ko‘radilar. Masalan: « 0 ‘ngga buril», «Olng qo‘lingni chap qulog‘ingga
tekkaz» va h.k.
Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalar bilan olib boriladigan
ishda, aytilgan yo‘nalishda siljish, yurish va yugurish vaqtida harakat
yo‘nalishini o‘zgartira olish ko‘nikmasini rivojlantirishga katta e’tibor
berib boriladi. Shu maqsadda didaktik va harakatli o‘yinlar sistemasidan
foydalaniladi.
Muayyan mashq turi quyidagi tartibda murakkablashtirilib boriladi:
bolalar siljish vaqtida yo‘nalishlar soni oshiriladi, mo‘ljal oladigan, mo‘ljal
olish maydoni kattalashtiriladi; topshiriqlarni bajarish shartlari
murakkablashtiriladi, bolalar ko‘zlarini yumib siljiydilar; tez sur’atda
(yugurishda) harakatni mo‘ljal qiladilar. Masalan: «Quyonlar va bo‘ri»,
«Qushlar va mushuk» harakatli o‘yinlarda bolalar signaliga binoan
bo‘ridan yoki mushukdan qochib uyga yashirinadilar. Defektolog
topshirig‘iga mos boladan oldinda yoki orqada, chap yoki o‘ng tomonda
uyi (stul, quticha, kub) bo‘lib, unga yashiringan quyon yoki qushlar
g‘olib chiqadi.
Tevarak-atrofda yaqin joylashgan binolarni mo‘ljal olish ko‘nikmasini
o‘stirish uchun maxsus mashqlar o‘tkaziladi. «Do‘konga (non do‘koniga)
qanday borish kerak?», «Dorixona yo‘li», «Maktab yo‘li». Bu mashqlar
bolalarning fazoviy xayolini yo‘lni tasavvur etish ko‘nikmasini
rivojlantirishga yordam beradi. Bola, masalan, dorixona qaysi ko‘chada
joylashgan, unga qaysi yo‘nalishda borish, qayerda burilish kerakligini
va hokazolami yoritib beradi. Defektolog bolalar bilan biigalikda aytilgan
javoblami baholaydi. Bolalar kimnidir yoki butun guruhni aytilgan joyga
olib borib qo‘yish topshirig‘ini berish mumkin.
Bolalami buyumlami ajratish, ular o‘rtasidagi fazoviy munosabatlami
bir buyumdan boshqa buyum tomon siljish yo‘nalishini aniqlashga
o‘rgatish davom ettiriladi.
Maktabgacha tayyorlov guruhida aqli zaif bolalar bir predmetning
boshqa predmetga nisbatan holatini («Matryoshkaning o‘ng tomonida
piramida, chap tomonida ayiqcha, orqasida quyoncha o‘yinchog‘i
turibdi»), shuningdek, o‘zining tevarak-atrofdagi predmetlarga nisbatan
holatini («Men stul orqasida, ikki deraza oralig‘ida, Nargizaning orqasida
turibman») aniqlashga o‘igatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |