O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish vazifalarini aytib bering.
2. Qaysi bolalar yozuvchisi va shoirlarini bilasiz?
3. Bolalar uchun mo ‘Ijallangan kitoblarda illustratsiyalaming ahamiyati
nimalardan iborat?
4. Notanish so ‘zlar ustida qanday ishlar olib boriladi?
Tayanch so‘z
Illustratsiya m atnning m a’lum qismiga taalluqli, qandaydir paytni
tushuntiruvchi rasmdir.
II ВОВ. MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF
BOLALARNI TEYARAK-ATROF BILAN
TANISH TIRISH
2.1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tevarak-atrof bilan
tanishtirish kursining mazmuni va vazifalari
Dastuming tevarak-atrof bilan tanishtirish bo‘limida bolalam ing
atrof-muhit haqidagi tasawurlarini hosil qilishga ahamiyat berilgan.
Bolalarni atro f-m u h it bilan tanishishida olgan taassurotlari bola
faoliyatiga, nutqiga katta ta ’sir etadi.
Bog‘chaga kelgan bolalarni atrof-m uhitdan olgan tasaw urlari juda
tor bo‘ladi. Bu bilimlaming torligi, bir xilligi va ba’zida noto‘g‘ri tasaw ur
qilishlari bolaning rivojlanish faoliyatiga va nutqining o ‘sishiga salbiy
ta ’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun dasturga «Atrof-muhit bilan tanishtirish»
bo‘limi kiritilgan.
Bu b o ‘lim nin g asosiy vazifalari: b o lalarn i a tro f-m u h it b ilan
tanishtirish, tevarak-atrof haqidagi birinchi tasawurlarini rivojlantirib
borish, ulami o ‘rab turgan narsalar bilan tanishtirish, jonli va jonsiz
tabiatda bo‘ladigan hodisalar bilan tanishtirish, hodisa va narsalar
o ‘rtasidagi o ‘zaro bog‘lanishni ko‘ra bilishga o ‘rgatish, oddiy elem entar
tushunchalar hosil qilishga o‘rgatish, bolada kuzatuvchanlikni o ‘stirish,
nutqini rivojlantirishlar kiradi.
A trof-m uhit bilan tanishtirishga: bizni o ‘rab olgan predm etlar
dunyosi, tabiiy boyliklar, ijtimoiy hayot hodisalari haqida elem entar
tushunchalar berish kiradi.
N u tq o ‘stirish m ashg‘u lotlari a tro f-m u h it bilan ta n is h tirish
mashg‘ulotlari bir-birini to ‘ldirib turadi. Shuning uchun mavzular bir-
biriga o ‘xshab ketadi. Lekin har bir bo‘lim o ‘zining asosiy vazifalarini
bajaradi va hal etadi.
Kichik guruhdagi bolalarni atrof-m uhit haqidagi tasaw urlarin i
kengaytirib, tabiatdagi jonli va jonsiz tabiat hodisalari bilan tanishtirish,
narsa va predmetlardan to ‘g‘ri foydalanishga o ‘rgatish, ulam i nima
deb atashni bilish, boshqa har xil guruhdagi predmetlar orasida bir
predm etni nom i byicha ajrata bilish, har bir narsani nim a uchun
kerakligini bilish, tabiatdagi narsalami kuzatish, diqqat bilan kattalaming
nutqini eshitish va tushunish, kitoblardagi rasmlami ko‘rish va ifodalab
berish, pedagoglami ismini bilish, bog‘cha va turar joyini bilish, odam
yuz qismlarini va ulam i nima vazifani bajarishni bilish, hayotdagi
54
bo‘layotgan hodisalami kuzatish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Mavzular o ‘rta guruhda murakkablashib boradi. Bolalarni atrof-
muhitdagi tasaw urini kengaytirish, jonli va jonsiz tabiat, narsa va
hodisalar kuzatish va ko‘rganlarini gapirib berish, ota-onalarini va
boshqalarining kasbini bilish, tabiatdagi hodisalaming o ‘zaro bog‘liqligini
ko‘rishga o ‘rgatish, turar joyini, bog‘chadagi joylashgan joyini m o‘ljal
qila olish, fasllami belgilari bo‘yicha bilish, predmetlarni nim a uchun
kerakligini bilish, kiyimlaming qismlarini ajrata bilishga o ‘igatiladi.
Bolalami tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy
o ‘y in la rd a n fo y d a la n ila d i. D id a k tik o ‘y in la r x o tir a , d iq q a t,
kuzatuvchanliklarini o ‘sishiga yordam beradi, turli aqliy jarayonlam i
faollashtiradi.
Tabiatdagi m ehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta ’limiy
vazifalar ham hal etiladi. Bolalar o ‘simliklaming xususiyatlari va sifatlari,
ularning tuzilishi va ehtiyojlari, rivojlanishning asosiy bosqichlari,
o ‘stirish usullari, o ‘simlik hayotidagi mavsumiy o ‘zgarishlar haqida,
hayvonlar, ulaming tashqi ko‘rinishi, harakat qilish usullari, hayot tarzlari
haqida tasawurga ega b o ‘ladilar.
Bolalar o ‘simlik va hayvonlami parvarish qilar ekanlar, shu orqali
m ehnat malakalarini egallaydilar.
Bolalaming tarbiatdagi m ehnati yakka topshiriq shaklida va jam oa
m ehnat tarzida tashkil etiladi.
Bolalarni tab iat bilan tanishtirish m ashg‘ulotlari b o lalarn in g
imkoniyatlari ham da o ‘rab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda
tutgan holda izchil shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida
guruhning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq elem en tar
bilimlar shakllanadi va bolalam ing qobiliyatlari m a’lum sistema ham da
izchillikda o ‘stiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o ‘yin, m ehnat vaqtida
bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mashg‘ulotlar ulam ing
bilimlarini aniqlash va bir tizimga solish imkonini beradi.
Bolalami mashg‘ulotlarda o ‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi.
M etodlar mashg‘ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.
Mashg‘ulotlaming bir xillarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi.
Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni
o ‘qish, hikoya, diafilm va kinofilm lam i ko‘rsatishdan foydalanadi.
Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilim lar aniqlanadi, kengaytiriladi va
c h u q u r la s h tir ila d i. A y tib o ‘tilg a n m e to d la r d a n ta s h q a r i b u
mashg‘ulotlarda bolalam ing tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi.
U chinchi turdagi m ashg‘ulotlarning asosiy vazifasi — b ilim larni
umumlashtirish hamda sistemaga solishdir. Shuning uchun suhbatlar,
didaktik o ‘yinlar, um um lashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi.
Mehnat va o‘yinlarda bolalar egallagan bilimlarini amalda qo‘llaydilar.
Barcha guruhlarda mashg‘ulotlarga qshimcha sifatida maqsadli sayrlar
o‘tkaziladi.
Ekskursiya bolalami tabiat bilan tanishtiruvchi mashg‘ulotlar turidan
biridir. Ekskursiyalar vaqtida bola tabiat hodisalarini, m avsum iy
o ‘zgarishlami tabiiy sharoitda kuzatishi, insonning hayot talablariga
muvofiq tabiatni qanday o‘zgartirayotganini va tabiat kishilarga qanday
xizmat qilayotganini ko‘rish mumkin.
Ekskursiya mashg‘ulotlaming afzalligi yana shundaki, unda bolalar
o ‘simlik va hayvonlami ular yashaydigan muhitda ko‘rish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Ekskursiya bolalarga tabiatda mavjud bo‘lgan o ‘zaro
aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash tasaw urlarini shakllantirish
imkoniyatini yaratadi.
Tabiatning go‘zalligi bolalarda chuqur hissiyotlar uyg‘otadi, o ‘chmas
taassurot qoldiradi, estetik hissiyotlaming o ‘sishiga yordam beradi. Shu
asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish,
Vatanga muhabbat shakllantiriladi.
M azmunga ко‘га ekskursiyalami shartli tarzda ikki tuiga b o ‘linadi:
tabiatshunoslik bog‘, o ‘rmon, daryo, o ‘tloq va shu kabilaiga, shuningdek,
hayvonot bog‘i, botanika bog‘iga (bular turli mavsumda o ‘tkaziladi)
ekskursiyalar; qishloq xo‘jalik obyektlari — dala, parrandachilik fabrikasi,
bog‘, ekinzor va shu kabilarga kattalaming mehnati bilan tanishish
maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalar.
Bolalami tabiat bilan tanishtirish uchun sayrlardan keng foydalaniladi.
S ay rlar v a q tid a tarb iy ach i b o la lar tasavvurining ta jrib a la rid a n
foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o‘tkaziladigan
kuzatishdir. U predmet yoki hodisaga faol ta’sir etishni, ulami qo‘yilgan
vazifaga muvofiq o ‘zgartirishni nazarda tutadi. Bu o ‘zgartirishda bolalar
faol ishtirok etadilar.
Og‘zaki usullardan foydalanish bir qator vazifalami hal etadi. So‘z
yordamida kuzatishlar va tabiatdagi m ehnat jarayonida egallangan,
bolalarga m a ’lum b lgan tabiat hodisalari va hayvonlar ham da
o ‘simliklar hayotiga tegishli faktlar haqidagi bilimlar konkretlashadi,
to ‘ldiriladi, aniqlanadi.
Og‘zaki usullar yo‘li bilan bolalar yangi hodisalar va tabiat predmetlari
haqidagi bilim larni egallaydilar. Bunday hollarda o g ‘zaki usulni
ko‘igazmali metod bilan qo‘shish, rasmlardan, diafllm va kinofilmlardan
foydalanish zarur.
Og‘zaki usul tabiatda mavjud b o ‘lgan aloqa va bog‘liqliklarni
chuqurroq tushunishga, anglashga yordam beradi.
K o‘rsatm ali usullar. 0 ‘qitishning ko‘rsatm ali usullari bolalarga
kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Atrof-muhitdagi narsa
va hodisalar ham da ularning tu rli-tu m an m odellari (turli xildagi
ko‘rsatm a-q o ‘llanm alar) kuzatish obyektlari hisoblanadi. Bundan
o ‘qitishda keng foydalaniladi.
0 ‘qitishning ko‘rsatmali usullarini o ‘qitishning og‘zaki usullaridan
ajratib qo‘yib bo‘lmaydi. K o‘rsatmali qo‘llanm alam i namoyish qilishni
har doim pedagog va bolalarning tushunishlari bilan biigalikda olib
boriladi.
Amaliy ishlarda miqdorlar va ulaming o ‘lchanishi bilan tanishtirishda,
geom etrik materialni o ‘rganishda keng foydalaniladi. Amaliy ishlarini
o ‘tkazish bolalaming bilim, malaka va ko‘nikmalarini faol egallashlariga
im kon beradi va bilim doiralarini kengaytiradi. Amaliy ish usuli
k o ‘nikm alarni m ustahkam lashda va tu rli asboblar bilan o ‘lchash
m alakalarini vujudga keltirishda, uzunlik uchun o ‘lchov asboblari
tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |