2-§. Hissiy rivojlanish
53. Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda hissiy rivojlanish talablari hisoblanadi:
bola o‘zining “men” konsepsiyasini rivojlantirishi;
bola boshqalarning ruhiy kechinmalariga munosabat bildirish va o‘z hissiyotlarini ifodalash
qobiliyatiga ega bo‘lishi.
54. Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda hissiy rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:
u bilan o‘ynaganda baland ovozda kulish;
o‘z ehtiyojlarini yig‘lash orqali ifodalash;
o‘zini ko‘zguda ko‘rib jilmayish, ko‘zguni qo‘li bilan silash.
55. Bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:
bola bilan birgalikda ko‘zguga qarash va tabassum qilishni rag‘batlantirish;
bola bilan so‘zlashish va turli o‘yinlar o‘ynash;
bola o‘z ehtiyojini ifodalab yig‘layotganda buni payqashga urinish va uning ehtiyojlarini qondirish.
56. Bola bilan munosabatda unga kulib qarash va do‘stona ohangda gapirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |