4-§. Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish
45. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni o‘zlashtirib borishlari lozim.
46. Cho‘milish vaqtida o‘ynash va cho‘milishdan zavqlanishning paydo bo‘lishi 6 oylikkacha bo‘lgan
bolalarda madaniy-gigiyenik ko‘nikmalar rivojlanishining indikatori hisoblanadi.
47. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar bilan quyidagi mashqlarni o‘tkazish lozim:
suv bilan o‘ynashni rag‘batlantirish;
buyumlarni suvga itarish va suv ichida yurgizishni rag‘batlantirish;
quvnoq bolalar she’rlari, sanamachoqlardan foydalanib, qo‘lni qanday yuvish va tish tozalash
kerakligini ko‘rsatish.
48. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |