2-§. Hissiy rivojlanish
276. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda hissiy rivojlanish talablari hisoblanadi:
bola o‘zining “men” tamoyilini rivojlantirishi;
boshqalarning his-tuyg‘ularini sezish va o‘z hissiyotlarini ifodalashga qodirligi.
277. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda hissiy rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:
tashabbuskor, faol bo‘lish, bo‘lajak voqealardan mamnuniyat his qilish;
o‘zining familiyasi, ismi, yoshi, manzili, oila a’zolari, qaysi mamlakat, shahar (qishloq)da
yashayotganligini bilish, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa bolalar bilan almashish;
o‘zining milliy va madaniy qadriyatlarini bilish va ular bilan g‘ururlanish;
topshiriqlarni bajarishda qat’iyat va sabr-toqatni namoyish etish;
tengdoshlariga yoqishni istash;
katta yoshdagilar va bolalarning ruhiy ahvolini seza olish;
o‘ziga yaqin katta yoshdagilar va tengdoshlariga nisbatan hamdardlik bildirish;
atrofdagilarni kiyimlari va tili bo‘yicha ajratish;
o‘yinlar tashkil etishga qodir bo‘lish;
tinglashi mumkin bo‘lgan musiqa asarlarini bajonidil tinglash, ularga nisbatan emotsional munosabat
bildirish;
badiiy asar qahramoniga nisbatan tashvishlanish va hamdardlik bildirish.
278. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bola o‘zini tanishtirishi kerak bo‘lgan vaziyatlar mavjud bo‘lgan rolni ijro etadigan o‘yinlarni tashkil
qilish;
bolaga yashaydigan shahri, uyi, manzili to‘g‘risida so‘zlab berish va so‘rash;
bolaga ma’naviy-moddiy qadriyatlar to‘g‘risida tushuntirish;
o‘z madaniy qadriyatlarini o‘yinlar, ijod, musobaqalar orqali ifodalashga imkon berish;
bolaning tasviriy faoliyat (rasm chizish, shaklchalarni yopishtirib yasash, applikatsiya qilish), rol ijro
etish va rejissorlik qilish o‘yinlarida, oilaviy va umumiy bayramlardagi chiqishlar, bolalar teatri va boshqa
vaziyatlarda o‘z tuyg‘ulari, hissiyotlarini ifodalashini rag‘batlantirish;
quvonchli va qayg‘uli voqealarni yuzaga keltiradigan vaziyatlarni muhokama qilish;
bola bilan qiyin vaziyatga tushib qolgan do‘stlar va katta yoshdagilarni qo‘llab-quvvatlash naqadar
muhimligini muhokama qilish;
bola bilan u amalga oshirayotgan harakatlarni muhokama qilish.
279. Bola tengdoshlari orasida o‘ziga ishonchsizlik, kamsitilganlik, tajovuz qilinishiga olib keladigan
ahvolga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |