Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash 

69. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning atrofni kuzatishi, jonli va jonsiz tabiatga munosabat bildirishi, 

inson  tana  a’zolarini  o‘rganishi  (bosh,  qo‘l,  oyoq)  ularda  atrof  muhitni  o‘rganish  va  anglash  talablari 

hisoblanadi. 

70.  Quyidagilar  6  oylikkacha  bo‘lgan  bolalarda  atrof  muhitni  o‘rganish  va  anglash  indikatorlari 

hisoblanadi: 

o‘z atrofida mavjud bo‘lgan yoki rasmlarda chizilgan yorqin o‘simliklar, gullar va hayvonlarni kuzatish 

hamda ularga nisbatan qiziqish bildirish; 

o‘z qo‘llarini o‘rganish, ularga qarash va og‘ziga tortish, bir qo‘li bilan ikkinchi qo‘lini ushlab, silab 

ko‘rish. 

71. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar bilan quyidagi mashqlarni bajarib turish lozim: 

turli o‘simliklar va hayvonlarni ko‘proq ko‘rsatish; 

bolaning  e’tiborini  jalb  qilish,  turli  o‘simlik,  hayvonlarga  qo‘lini  tekkizish,  ularga  xos  ovozlarni 

chiqarish yo‘li bilan ularni tanishtirish; 

barmoqlar, kaftlar bilan o‘ynaydigan o‘yinlardan ko‘proq foydalanish. 

72. Bola o‘yinchoqlarni yutib yubormasligi, burni yoki qulog‘iga kirgizib yubormasligi uchun ularning 

diametri 4,5-5 sm dan kichik bo‘lmasligi, shuningdek ularga gigiyenik ishlov berilishi kerak. 

3-§. Ijod 

73. Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda ijod talablari hisoblanadi: 

turli tovush va ovozlarni ajratish qobiliyatiga ega bo‘lish; 

musiqaga qiziqish bildirish, musiqiy faollik ko‘rsatish; 

ko‘rgazmali faoliyatda ishtirok etishga qiziqishni namoyish etish. 

74. Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda ijod indikatorlari hisoblanadi: 

boshini tovush yoki ovoz kelayotgan tomonga burish; 

musiqiy tovushlarga qiziqish bildirish; 

musiqa ta’sirida gavdasi yoki tana a’zolarini harakatlantirish; 



fotosurat yoki turli rasmlarga diqqatini qaratish. 

75. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar bilan quyidagi shakllarda mashqlar olib borish lozim: 

bola  bilan  o‘ynaganda  ovoz  chiqaradigan  o‘yinchoqlardan  foydalanish  yoki  biror-bir  hayvonga 

o‘xshash tovush chiqarish; 

bolani o‘z e’tiborini ovoz (tovush) manbasiga jamlashga jalb qilish; 

o‘yin vaqtida musiqiy o‘yinchoqlardan foydalanish; 

bolaning e’tiborini yorqin rasmlar, plakatlarga qaratish; 

bolaning turli-tumanlikni yoqtirishini hisobga olib, rasmlarni tez-tez almashtirib turish. 

76.  Bolalarga  ko‘p  narsaning  taqiqlanishi  asab  tizimining  izdan  chiqishiga  olib  kelishi  mumkin 

bo‘lganligi sababli, hayot uchun xavfli bo‘lgan narsalarnigina taqiqlash lozim. 




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish