Darsga qo’ng’iroq chalinadi .
Boshlovchi: Navbatdagi darsimiz matematika. Misollarni eshiting!
1 Misol: Qorga yiqildi Vali, uning ketidan Ali ,
Keyin yiqildi Jabbor, qorda qancha bola bor.(3ta).
2 Misol: Tushlikka quyonchaga tashrif buyurdi do’sti.
To’nkaga o’tirvolib, sabzini mazza qilib,
Har biriga beshtadan, yedilar qarsillatib
Kim bilar sanog’ini, nechta yeyilgan sabzi.(10ta).
3 Misol: Menda bordir besh pufak, birin berdim Nodirga.
Menda hammasi bo’lib, nechta qoladi pufak? (4ta).
Boshlovchi: Bolajonlar endi matematik musiqiy o’yin o’ynaymiz . O’yinimiz qoidasi shunday : Xozir sho’x musiqa chalinadi. Men xoxlagan 1dan 20 gacha bo’lgan sonni aytaman sizlar esa songa qarab sherik topib turib olasizlar. Masalan: 3 sonini aytsam 3 tadan, 6 sonini aytsam 6 tadan va xokazo musiqa ostida turib olasizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |