Bolalar “ Xayr bog’cha” ko’shiqni aytishadi.
So’ng” Xorazmcha“ raqsiga tushib beradilar .
Boshlovchi : Ustoz kuch berdi , ruhga iymonga,
Ustoz odobi oroyish jonga.
Ustoz bor ekan, avlod suyukdir,
Ilm – fan insonga mangu sherikdir .
Bog’cha so’qmog’idan xijjalab o’tib
Yo’lingiz katta yo’lga tutashdi borib .
Endi-chi siz , bugun o’quvchi .
Katta-katta ishlar qiluvchi .
1 Bola:Mehr nuri yog’ar doim, yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman bu tabbaruk, izingizdan ustozlar.
2 Bola: Biri gul, biri bulbul, o’g’il qizlar shod bugun.
Qalbidan gul tutadi, mehribon ustoz uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |