Sho’x musiqa ostida davraga Bilmasvoy kirib keladi .
Bilmasvoy: Iye, bu yerda nima bo’lyapti. Bunchayam odamlar ko’p .
Boshlovchi: Ha , Bilmasvoy! Salom yo’q , odob yo’q , alik yo’q 2ta sumkani ko’tarvolib
qayerga ketyapsan ?
Bilmasvoy: Ey! Shuniyam bilmaysizmi , maktabga ketyapman maktabga !
Boshlovchi: Xo’b yaxshi , maktabga ketayotgan ekansan, sanashni , yozishni, o’qishni
bilasanmi?
Bilmasvoy: Ey! Mani nima deyapsiz! Qoyillataman !
Boshlovchi: Bo’lmasa seni bir sinaylikchi. 2+2 nechchi bo’ladi.
Bilmasvoy: 3 bo’ladi .
Boshlovchi: To’g’rimi bolalar!
Bolalar: Yo’q, noto’g’ri 4 bo’ladi .
Boshlovchi: Ko’rinib turibdi qoyillatishing. Matematikani boplading. Endi
o’qish va yozishga o’tamiz . Mana shu harflardan “ Vatan “ va “ Ona “
so’zlarini tuzib yozib berchi .
Bilmasvoy: Mana , hozirda , zo’r qilib man sizlarga yozib beraman .
Do'stlaringiz bilan baham: |