Endi bayramimizni ochib berish uchun so’zni bog’chamiz mudirasiga beramiz.
1 Bola: Hurmatli ota - onalar va mehmonlar, bog’cha xodimlariyu, jajji ukajonlar, qalbi qaynoq murabbiyalar! Mana, bugun biz, maktabga ketish oldidan xayrlashish kechasiga yigilganmiz. Bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi.
2 Bola: To’g’ri_______________________, bugungi kun hyech kimning yodidan chiqmayd chunki go’daklik chog’imizdan tarbiyalab, ta’lim olishga o’rgatgan
Hamma: mo’tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz!
Ikkala Bola: Nima uchun bugun biz, quvnoq bayram qilamiz.
Chunki tez kun ichida , biz maktabga boramiz.
Bola: Bultur edim oltida , yoshim yetmay qoldi-da,
O’qishga olishmadi, maktabga yozishmadi.
Yillar yurmas ketiga , bu yil to’ldim yettiga.
Endi katta bolaman, men maktabga boraman.
Men o’qishga tappa-taxt, besh olishga qildim axd.
Har kun sanayman bir-bir, qachon kelar sentyabr
Do'stlaringiz bilan baham: |