Bolalar: B A H O R !
Boshlovchi: Qizdirar quyosh , cho’g’dek yonar tosh.
Dalada hosil bu qaysi fasl ?
Bolalar: Yo Z !
Boshlovchi: Bo’m-bo’sh dala, qir, yog’adi yomg’ir.
Tinmay muttasil, bu qanday fasl ?
Bolalar: K U Z !
Boshlovchi: Yerni qor qoplar, soyni muz yopar.
Ayoz behazil, bu qaysi fasl ?
Bolalar: Q I Sh !
Boshlovchi: Rahmat bolajonlar, judayam bilimli, zukko, dono bolalar ekansizlar.
-- 3 --
O’g’il bolalar ijrosida “Qari navo” raqsi.
Sho’x musiqa ostida davraga Bilmasvoy kirib keladi .
Bilmasvoy: Iye, bu yerda nima bo’lyapti. Bunchayam odamlar ko’p .
Boshlovchi: Ha , Bilmasvoy! Salom yo’q , odob yo’q , alik yo’q 2ta sumkani ko’tarvolib
qayerga ketyapsan ?
Bilmasvoy: Ey! Shuniyam bilmaysizmi , maktabga ketyapman maktabga !
Boshlovchi: Xo’b yaxshi , maktabga ketayotgan ekansan, sanashni , yozishni, o’qishni
bilasanmi?
Bilmasvoy: Ey! Mani nima deyapsiz! Qoyillataman !
Boshlovchi: Bo’lmasa seni bir sinaylikchi. 2+2 nechchi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |