5. Tarbiyachi bolalar yana bir marta ekranda ko‘rsatilayotgan ―A harfini ko‘rib, xotiralaringizda saqlanglar deydi.
5. Tarbiyachi bolalar yana bir marta ekranda ko‘rsatilayotgan ―A harfini ko‘rib, xotiralaringizda saqlanglar deydi.
6. Tarbiyachi ekranda ko‘rgan ―A – harfini bolalarning xotiralariga qanchalik darajada qolganini aniqlash maqsadida, ularga stol ustida qog‘ozdan tayyorlab qo‘yilgan A harfini ko‘rsatadi va bu qanday harf? deb so‘raydi. Bolalar A harfi deb javob beradilar.
7. So‘ngra bolalardan biriga klaviaturadagi A harfi tugmachasini bosib, monitor ekranida A-harfi hosil qilishni buyuradi.
8. A harfi shaklini o‘rganilgan darajasi aniqlangach, materialni navbatdagi qismini o‘rganishga o‘tiladi.
Masalan
Kuzatishlar shuni ko’satadiki, 80-90 % bolalar kompyuter o’yinlarini o’ynashga qiziqishar ekan. Bundan dalolat beradiki yosh bolalarni qiziqishlariga qarab turli xildagi o’yinlar, faoliyatlar, rangli tas’virdagi chizmalarni ko’rsatish orqali ularning dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini shakllantirish mumkin ekan.
TAVSIYALAR Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlash; Maktabgacha ta’lim tashkilotida kompyuter bilan jihozlangan xonada mashg’ulotlarni tashkil etishda texnika xavfsizligi qoidalariga alohida e’tibor qaratish: Maktabgacha katta yoshdan boshlab bolalarga haftada ikki marotaba kompyuter mashg’ulotlarini ularni toliqtirmasdan 15-20 daqiqaga tashkil etish; Kompyuterli texnologiya orqali faoliyat davomiyligida bolalarni qiziqarli faoliyatini tashkil etishda hayotiy misollardan foydalanish;
Umumiy xulosa va tavsiyalar
Ushbu kurs ishidan shuni xulosa qilishimiz mumkinki maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb muamo sifatida ko’rilmoqda. Mamalakatimizdagi islohotlar zamonaviy bosqichi demokratik yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasida O’zbekistonning ilg’or ilmiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ta’minlashga qodir va ma’naviy, madaniy va axloqiy sifatlarga ega yuksak malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi.
Fanga pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va ta’lim tarbiya jarayoniga ta’siri uning ta’limni yanada sifatli tashkil etishdagi o’rni hech birimizga sir emas. Kurs ishimizda jahonda va O’zbekistonda pedagogik texnologiyalar paydo bo’lishi tatraqqiyot bosqichlarini yoritdik. Eng muhim jihatni bugungi kunning dolzarb hamda innovatsion texnologiyalaridan bo’lgan multimediya hamda AKT dan foydalanish zaruratini o’rgandik.