Mavzuga doir asosiy tayanch so’zlar, termin va iboralar:
Haq so’z,ma’naviy-ma’rifiy qarashlar, Dod Sipohsolar, adib, Qashqar, turk, Yugnak, imom A’zam, adab, ilm-ma’rifat, Qoraxoniylar, tug’a ko’r, adib, qoshqarcha til, odob-axloq, johil, biliksiz.
Yusuf Xos Hojib kabi Ahmad Yuknakiy ham yoshlarni ilm – fanni egallashga, ma’rifatli, odob – axloqli, tarbiyali, bo’lishga undovchi, chorlovchi pand – nasihatlarni o’zining “Hibbat –ul haqoyiq” (“Haqiqatlar sovg’asi”) asarida tarannum etgan. Ushbu asarda insonga xos bo’lgan saxiylik, ezgulik, rostgo’ylik kabi fazilatli masalalar ulug’lanadi. Aksincha, johillik, baxillik, laqmalik, manmanlik, xushomadgo’ylik kabi salbiy xislatlar esa qoralanadi. Bu haqda adibning o’zi shunday yozadi: “Otim adibAhmad, so’zim pand–nasihat. So’zim budun yoda qolib,o’zim u dunyoga ketaman… Tansiq ajoyib so’zlarni qoldirdim. …keraksiz yuzaki so’zlarni tashladim. Qimmatli so’z ozdir, hazil so’z ko’p bo’ladi, yoki bir parcha atlas qimmat, bir juft bo’z arzon bo’lgani kabidir. Ey do’stistasang ushbu kitobni qadrla… Eymendan keyin keluvchi avlod bukitobni o’qisang, haqimga duo qilishni unutma… deb kitobni turkey tilde ijod qildim”. Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy hayotda bir qadar barqarorlik va iqtisodiy-madaniy hayotda rivojlanish ko’zga tashlanadi. Shuning oqibatida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (1069—1070), Mahmud Koshg’ariyning “Devon-u lug’otit-turk” (1072- yil) asarlari yuzaga kelgan edi. Ahmad Yugnakiyning XII asrda yozilgan “Hibat ul-haqoyiq” asari ham qoraxoniylar davridagi madaniy yuksalish mevalaridan biridir.
Ahmad Yugnakiy va uning asari haqida ham mukammal ma’lumotlar yetib kelgan emas. Ayrim ma’lumotlar kitobning o’zida mavjud:
Adib Ahmad otim, adab, pand so’zim,
So’zum munda qolur, borur bu o’zum.
Demak, muallif o’z nomini Ahmad deb tanishtirmoqda. Adib — uning ijodkorligiga ishora. Ehtimol, bu xalq orasidagi mashhurlik belgisidir.
Atasi oti Mahmudi Yugnakiy,
Adib Ahmad o’g’li, yo’q ul hech shaki, —misralari uning otasi haqida xabar bermoqda. Demak, adib Ahmadning otasi Mahmud bo’lib, u Yugnakda istiqomat qilgan. Adib Ahmad haqida Alisher Navoiy o’zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida juda muhim ma’lumotlarni beradi:
“Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g’arib (ajoyib, qiziqarli) nimalar manquldur (naql qilingan). Derlarki, ko’zlari butov (bitgan, yopiq) ermishki, aslo zohir ermas ermish. Basir (ko’rmaydigan) bo’lub, o’zga basirlardek andoq emas ermishki, ko’z bo’lg’ay. Ammo bag’oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy (taqvodor, parhezkor) kishi ermish. ...Haq subhonahu va taolo agarchi zohir ko’zin yopuq yaratqondur, ammo ko’ngil ko’zin bag’oyat yoruq qilg’ondur”. Bu fikrlarni “Hibat ul-haqoyiq” misralari ham tasdiqlaydi: “Tug’a ko’rmas erdi adibning ko’zi”.
Shuningdek, Alisher Navoiy Ahmad Yugnakiyning Bag’dod atrofidagi qishloqlardan birini maskan tutgani va mashhur Imom A’zam saboqlariga piyoda kelib ketishi haqida ham xabar beradi. Ammo bu Imom A’zamning shaxsiyati aniq emas. Tarixda mashhur bo’lgan Imomi A’zam VIII asrda Bag’dodda yashagan. Ammo Ahmad Yugnakiy XII asrda yashaganligi uchun gap bu yerda boshqa shaxs ustida borayotganligini tasavvur etish mumkin. Alisher Navoiy aytgan fikrlar, shuningdek, asarning uyg’ur va arab harflari bilan ko’chirilgan nusxalarining ko’plab tarqalishi asarning Navoiy yashagan davrida ham ancha mashhur bo’lganini ko’rsatadi. Asar qayerda yozilgan? Muallif Yugnak shahrini eslatadi. Bunday shahar Farg’ona, Samarqand va Turkistonda mavjud. Ayrim manbalarda bu shaharning qadimgi nomi Sig’noq bo’lib, Samarqand yaqinida deb ko’rsatiladi. Kitob Dod Sipohsolarbekka bag’ishlangan. Adib uning «qoshqarcha til» bilan yozilganini ta’kidlaydi:
Tamomi erur qashg’ariy til bila,
Ayitmish adib riqqati dil bila.
Agar bilsa qashqar tilin ar kishi,
Bilur ul adibning nekim aymishi.
(To’laligicha qashqariy til bilan yozildi,
Adib (asarni) tushunarli til bilan yozgan.
Kimki qashqar tilini biladigan bo’lsa,
Adibning nima demoqchi bo’lganini bilib oladi.)
“Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqat sovg’alari”) o’zidan oldingi didaktik adabiyot an’analarini izchil va ijodiy davom ettiradi. Asarda ma’rifat g’oyalari tashviqi yetakchi o’rin tutadi.
Asar 14 bobdan iborat. U 254 baytni tashkil qiladi. Asar an’anaviy hamd, na’t va bag’ishlovlarga ega. So’ng bilim maqtovi va johillikning zarari, til odobi va uni tiyish, saxiylik va baxillik haqida bahs yuritiladi.
Adib ilm-ma’rifatga alohida e’tibor qaratadi. Bilimdonlik va bilimli kishilar ulug’lanadi, nodonlik, jaholat inson ma’naviyatini yerga uruvchi hodisalar qatorida sanaladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |