RAHMAT AYTISH HAQIDA
Ibn Sino dala-dashtda dorivor giyohlarni terib yurib, shu oraga qoʻnib yotgan bir podsho qoʻshini ustidan chiqib qolibdi. Podshoning oʻzi ogʻir kasal boʻlib, hech qaysi tabib tuzata olmagan ekan. Ibn Sinoni koʻrgan podsho kishilari:
– Nega bu yerlarda sanqib yuribsan, yo josusmisan? – deb soʻroqqa tutishibdi.
– Yoʻq, tabibman, dorivor giyohlar terib yuribman, – javob beribdi Ibn Sino.
– Tabib boʻlsang podshohimizni tuzatasan. U mana bir necha yildirki betob, hakimlarning davolay olmay boshlari qotgan. Sen tuzatsang-tuzatganing, yoʻqsa u dunyoga joʻnaysan, deyishib uni podshohga roʻbaroʻ qilishibdi. Podshohni obdon koʻrgan Ibn Sino uning kasalini aniqlay olmapti. “Nima boʻlsa boʻlar, qirq kun muhlat soʻrayman. Rozi boʻlsa shu vaqt ichida kasalini aniqlab davolarman. Bu orada barcha giyohlarni yigʻib, ular ustidagi kuzatuvlarimni yakunlab olishga oʻlgurarman. Keyin nima qilsa, qilar”, deb oʻylabdi-da, podshohga qarab:
– Olampanoh, shu yerda qirq kun turishingizga toʻgʻri keladi. Men har kuni sizdan xabardor boʻlib turaman, zora Xudo shifo bersa, – debdi. Podshoh rozi boʻlibdi. Ibn Sino giyohlar toʻplashda davom etibdi. Har kuni, podshohni togʻning hu anavu joyiga olib boringlar, hu manavu qoyasiga olib oʻtinglar, deb koʻrsatma berib, oʻzi giyohlar ustidagi kuzatuvlarini kanda qilmabdi. Nima boʻlibdi-yu, havo yoqibmi, suv yoqibmi – podshoh kundan-kunga oʻzini yaxshi seza boshlabdi, bir kam qirq kun boʻlganda soppa-sogʻayib ketibdi. Ibn Sinoni yoʻqlatib:
– Sen moʻjizakor tabib ekansan, tuzalib qoldim, rahmat, – debdi podshoh. Ibn Sino:
– Sultonim, rahmatni menga emas, yon-atrofingizdagi manavu joyga, togʻu toshlarga ayting. Shu joy, havo va dorivor giyohlar hidi boʻlmaganda, ikkovimizning ham holimiz voy edi, – deb javob beribdi.
– Nechun unday, fikringni ochiqroq anglat, – debdi podshoh.
– Bu yerning havosi ham, suvi ham, giyohi ham dorivor. Yoʻqsa, siz tuzalmas edingiz, oqibati yomon boʻlishi aniq edi. Podshohimizni tuzata olmading, deb terimni shilib olishar edi. Ha, asalsimon suviyu dorivor havosi, qolaversa umidingiz sizni saqlab qoldi. Shunda mening hech qanday yordamim boʻlmadi. Rostini aytganim uchun buyuring, nima qilishsa-qilishaversin.
Sogʻayib qolganidan xursand boʻlgan podshoh Ibn Sinoning toʻgʻrisoʻzligi uchun unga bir ot bilan boshdan-oyoq sarpo hadya qilibdi.
SO’Z HAQIDA
“Jonli so’z mo’jizalar yaratadi”
(I.Burdenko).
“So’z shamolga qarab uchadigan o’yinchoq pufak emas. U ish quroli: u
ma’lum darajadagi og’irlikni ko’tarib turmog’i lozim. O’zgalar kayfiyatini qanchalik rom etishi va o’zgartirishiga qarabgina biz so’zning ahamiyati va kuchini baholamog’ imiz mumkin”
(V.G. Korolenko). (10 bet)
“Ardam bashi- til”
(Qoshg’ariy)
“Kishi so’zlashu, yilqi yizlashu”
(Qoshg’ariy) (8 bet)
Allomalarimiz so’z va tilga alohida e’tibor berishgan.
“Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir”
(Kaykovus)
“Ko’ngul durji ichra guhar so’z durur,
Bashar gulshanida samar so’z durur” -
“So’zni ko’ngulda pishqormaguncha tilga kelturma,
Har nekim ko’ngulda bor- tilga so’rma”
(Navoiy)
“So’z- gul, ish- meva”
(Xorazmiy)
“O’z birodaringni yanchilgan mushkdan ko’ra ham xushbo’y so’zlar bilan maqtab yod et, garchand u sendan uzoq shaharda bo’lsa ham”
“Nodon kishi so’z, hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmagani kabi”
“Tilingdan chiqqan sadaqa(ya’ni pandu nasihating) ba’zan qo’lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko’ra xayrliroqdir”
“Ko’p so’zlar borki, ular seni jangu jadalga solib, halokatga giroftor qiladi yoki ulardan qaytarsa ham yelka chuquringni gul kabi qizargan holga keltirgandan keyin qaytaradi”
(Mahmud Zamahshariy)
Do'stlaringiz bilan baham: |