- Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash metodikasi
- O’tilgan dars mavzusi: Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi.Mustaqil ta’lim mavzularini tanlashning o’ziga xosligi
- 1.Ta’lim jarayonida mustaqil ta’limni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad nima?
- 2.Mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari qanday?
- 3.Mustaqil ta’limning turlari qaysilar?
- 4.Mustaqil ta’lim talabalarda qanday qobiliyat va ko’nikmalarni rivojlantiradi?
- 5.Mustaqil ta’lim mavzularini tanlashning o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
- Kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash metodikasi
- 2. Kurs ishini tashkillashtirish
- 3.Adabiyotlarni о‘rganish va asosiy ma’lumotlarni yig‘ish
- Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash metodikasi
- DARSNING SHIORI:
- Dars muqaddasdir!
- Darsning maqsadi: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash metodikasi ,kurs ishini tashkillashtirish,himoya qilish haqidagi bilim ko’nikmalarni rivojlantirish.
GURUHDA ISHLASH QOIDALARI - Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
- -Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting,berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing.
- -Agar sizdan yordam so’rashsa ,albatta yordam bering.
- -Guruh faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi lozim .
- - Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz ham o’rganamiz.
- Kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash metodikasi
- Mustaqil izlanishning o`quv shakllaridan biri kurs ishidir.
- Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayonida talabalar metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanini yanada chuqurroq o`rganishadi. Pedagogik kategoriyalar va qonunlar mohiyatini tushunish murakkab nazariy muammolarni tahlil etish, uni amaliyotda tatbiq qilish haqida o`ylashga, fikr yuritishga undaydi.
- Kurs ishining fanni mustaqil o`rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar adabiyotlar bilan ishlashni, ma`lumotlar to`plash, ularni jadval, diagrammalarda tasvirlash, xulosa chiqarish hamda o`tilgan masala yuzasidan o`z fikrlarini bayon qilishga o`rganishadi. Ana shu jarayonda o`quvchi-talabalar o`zlari induktiv va deduktiv uslublarni qo`llab, alohida hodisa va voqealar asosida umumiy xulosa chiqarishni o`rganadilar.
- Kurs ishining xomaki nusxasini yozayotganda o`quvchi-talaba tushunmagan savol yoki maslahat uchun rahbarga murojat qiladi. Mavzu bo`yicha ayrim adabiyotlarni to`liq o`qib chiqishi zarur bo`lsa, ayrimlarini mavzu bo`yicha u yoki bu bobi yoki sahfalarini o`qishga, o`rganishga to`g`ri keladi.
- Kurs ishida o`quvchi-talabalarda mavzuni o`rganishga ijodiy yondashish, dastlabki ilmiy izlanish kurtaklarini hosil bo`lishida kurs ishi rahbari muhim rol o`ynaydi. Kurs ishi rahbari asosiy va qo`shimcha adabiyotlarni tanlash, ular ichidan eng muhimlarini ajratish, reja tuzish va tanlangan mavzuni to`la ochib berish uchun nimalarga diqqat qaratish kerakligi haqida maslahat beradi
- Kurs ishiga qo`yilgan bosh talab fanni chuqur o`rganishga erishish, ilmiy izlanishga havas uyg`otish
- Tanlangan mavzuni har tomonlama chuqur o`rganib, o`z qobiliyatini, fanni o`zlashtirishdagi harakatini, intilishini ifodalash ,adabiyotlarni tahlil qilish zarur.
- Fan o’quv rejasidagi mavzular ichidan talaba tomonidan mustaqil bitta mavzu tanlanadi
- Kurs ishiga kafedradan ilmiiy rahbar tayinlanadi. U o`quvchi-talabalarga kurs ishini tayyorlashda zarur maslahatlarni beradi:
- kurs ishi mavzusi faqat darslik doirasida emas, balki qo`shimcha adabiyotlar, shu mavzu bo`yicha jurnal, gazetalardagi maqolalardan foydalanib yoziladi
- kurs ishida ilmiy izlanish elementlari, nazariy qoidalar, tajribalar bilan yoritiladi;
- ish bo`yicha reja tuziladi, reja tarkibi: kirish, asosiy qism (yoritish kerak bo`lgan masalalar), xulosadan iborat bo`ladi
- Kurs ishi mavzulari о‘quv rejaga asoslangan holda fan mazmuniga muvofiq ravishda ishlab chiqiladi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi. Mavzular ilmiy, dolzarb va talabaning mustaqil bilim egallashiga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim.
- Kurs ishining sifati mavzuning tо‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Ya’ni talaba u yoki bu ilmiy masalaga shaxsiy qiziqishi, uni chuqurroq anglashga bо‘lgan xoxishi bilan mavzu tanlashi hamda ushbu muammoni tadqiq etish jarayonida ilmiy rahbariga shaxsiy fikrini bildirishi mumkin
- kurs ishi rasmiy qabul qilingan shaklda bo`lishi kerak, ya`ni biron bir muallifning fikri keltirilsa, jumlalar o`zgartirilmay, qanday bo`lsa shunday ko`chiriladi va qo`shtirnoq ichiga olinadi, izoh beriladi. U sahifaning eng tagiga nomerlangan holda berilib, manba ko`rsatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |