Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan tashqari bolani faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolalar psixologiyasi bolaga tarbiyaning pasiv “ob’ekti” deb qaramaydi, balki bola psixikasining taraqqiyotida bolaning aktiv faoliyatini to’g’ri tashkil qilib, yo’lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida namoyon bo’lib o’sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvoffaqiyatli bo’ladi.
Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan tashqari bolani faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolalar psixologiyasi bolaga tarbiyaning pasiv “ob’ekti” deb qaramaydi, balki bola psixikasining taraqqiyotida bolaning aktiv faoliyatini to’g’ri tashkil qilib, yo’lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida namoyon bo’lib o’sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvoffaqiyatli bo’ladi.
Bola psixikasi o’yin, o’qish, o’rganish, mehnat va ijtimoiy faoliyat jarayonida tarqqiy etadi. Har bir faoliyat bolaning hayotini o’zgarishi bilan turli yoshda turlicha xarakter kasb etadi. Agar bog’chagacha va bog’cha yoshi davridagi bolalarning yetakchi faoliyati o’yin bo’lsa, maktab yoshidagi bolalar faoliyati o’qish, o’rganishdan iboratdir. O’yin yoki o’qish, o’rganish, mehnat yoki ijtimoiy faoliyat turlari orasida keskin chegara bo’lishi mumkin emas
Ijtimoiy faollik qayd etilgan darajalar bolani ijtimoiy haqiqat bilan o’zaro munosabat xarakterini va turli shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-shaxsiy rivojlanish yo’llarini aniqlaydi.
Ijtimoiy faollik qayd etilgan darajalar bolani ijtimoiy haqiqat bilan o’zaro munosabat xarakterini va turli shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-shaxsiy rivojlanish yo’llarini aniqlaydi.
Yuqorida ta’kidlanganlar bola ijtimoiy rivojlanish jarayonining qanchalik murakkabligini ko’rsatib turibdi. Maktabgacha yosh davri shaxs shakllanishi va ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega bo’lgan davr hisoblanadi. SHaxs rivojlanishi uning ehtiyoji oxir oqibat albatta iste’molchilik emas, balki yaratuvchilik sohasida ro’y berishini taxmin qiladi.
Ta’lim islohoti
Maktabgacha ta’lim muammosi empirik bilimlardan (tajribaga asoslangan “hayotiy bilimlar”) nazariy ilmiy bilimlarga o’tish mexanizmini aniqlashdan iborat. Bunday mexanizm sifatida ta’lim islohoti (N.A.Gorlova) bo’lib, bolaning tabiiy qobiliyatlarini tashqi olam bilan munosabati va mazmunini aniqlovchi madaniy salohiyatni o’zgartirishga qaratilgan. O’zaro ta’sir tizimini shakllanishiga yordam beruvchi “Men-Sen-Biz-Ular” obrazini yaratish; pedagog va bola ongida “olam obrazi” va olamni bolalarcha ko’rishni yaratish va takrorlanmas olamda o’ziga xoslikka ega va unda o’z o’rnini aniqlovchi refleksiya – o’zini aks ettirishga qaratilgan.
Ta’lim islohoti – bu pedagog va bolaning hamkorlikdagi islohot faoliyat jarayoni bo’lib, pedagogni o’z-o’zini va bola shaxsini tarbiyalashga, hayotiy qadriyatlar yo’nalganlik tizimi sifatida shaxsiy mazmunni shakllanishiga, pedagog va bolani universallashtirishga yo’naltirilgan.
Ijtimoiy-pedagogik yondashuv
Uning mohiyati bola rivojlanishini boshqara olinadigan jarayon qilib, insoniyat tajribasini o’zlashtirishni ta’minlashdan iborat. Mazkur yondashuv o’qitish jarayonining pirovard natijasiga – bola shaxsi ijtimoiylashuviga qaratilgan. Uning mazmuni – bola jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini egallashi, ularni qayta tuzish va o’zgartirishdan iborat. Bunday yondashuvda o’qitish tarbiyaviy vazifani bajaradi.
Gnoseologik (bilishga qaratilgan) yondashuv o’qitish jarayoni mohiyatini bilish jarayonidan olib chiqishga yordam berib, tabiiy vujudga kelgan bilish faoliyatining o’zgargan ko’rinishi – modifikatsiyasidir. O’qitish ijtimoiy qonuniyatlarga bo’ysunib, inson individual rivojlanishining tezlashuviga yordam beradi. SHunday qilib, u inson individual rivojlanish qonuniyatlari bilan bir qatorda inson ongining ijtimoiy tarixiy rivojlanishiga bog’liq. Ta’lim bilishning ijtimoiy va individual shakllarini, individual faoliyatni ijtimoiy bilish tuzilishiga yaqinlashtirib, bolani o’qitishgacha bo’lgan shaxsiy tajribasi bilan ta’lim jarayonida paydo bo’lgan anglash o’rtasida qarama-qarshilikni tug’diradi.
Psixologik yondashuv
Unga o’qitish jarayoni mohiyatini bilimlarni egallash va inson rivojlanishining psixologiya nazariyalaridan ajratib olish xarakterlidir.
Aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasiga (P.YA.Galperin, N.F.Talizina) asosan ta’lim birinchi moddiylashgan bosqichdan tashqi nutqiy harakatga tayangan holda ikkinchisiga o’tish asosida ro’y beradi. Bundan so’ng, uchinchi bosqichda xatti-harakatlar to’laligicha ichki rejada bajariladigan oliy darajaga o’tadi. Bunday yondashuvda ta’lim mazmuni bilimlarni egallash bosqichlariga bog’liq holda aqliy xatti-harakatlar shakllanish bosqichlariga muvofiqlikdan iborat. Mazkur yondashuvda ta’lim o’quvchining shaxsiga yo’naltirilib, rivojlanuvchi funksiyani amalga oishradi.