Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari Mundarija: Kirish



Download 62,36 Kb.
bet2/6
Sana10.03.2022
Hajmi62,36 Kb.
#488499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nafisa tt

Kurs ishini dolzarbligi: Kurs ishini maqsadi: Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish
Kurs ishini vazifasi:
- Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish
- Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga taʼlim tarbiya berish metodlari
- Maktabgacha yoshdagi ta`lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini o’rgatish
Kurs ishining obekti: Maktabgacha yoshdagi bolalar
Kurs ishining metodlari: Kuzatish, savol-javob, anketalari
Kurs ishining hajmi: Kirish, Ikki bob,to’rtta paragrif xulosa vatavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I.Bob Aqliy tarbiya haqida tushuncha
1.1 Аqliy tarbiyaning maqsad va vazifalari
Yosh avlodni har tamonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obʼektiv zaruratdir. Аqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Аqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik taʼsir koʼrsatishdir. Demak, aql keng maʼnoda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni oʼz ichiga oladigan bilish jarayonlari yigʼindisi boʼlib, u yosh avlodning insoniyat toʼplagan bilimlar, koʼnikma va malakalar, meʼyorlar, qoidalar va boshqalarda roʼy beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishi ni taʼminlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni oʼz ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning maʼlum maqsad asosidagi taʼsir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uygʼotish, aqliy malaka va koʼnikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuygʼular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha boʼlgan jarayonlar yigʼindisidir. Аhliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bogʼlanishlarda, munosabatlarda koʼra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada boʼlish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa oʼquv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga taʼlim va tarbiya samarali taʼsir koʼrsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni toʼgʼri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Аqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab boʼlishi mumkin boʼlgan ortiqcha toliqtirish boʼlmasligi yoʼllarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini oʼrganish bilan shugullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini koʼrsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim malaka va koʼnikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof toʼgʼrisida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega boʼladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina toʼlaqonli aqliy rivojlanish roʼy beradi, shuning uchun oʼqituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni koʼzlab tarbiyaviy taʼsir koʼrsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir. Аqliy tarbiya va taʼlimning nazariy asoslari. Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida boʼladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab koʼradi, hidlaydi, tortib koʼradi, nimagadir quloq soladi. Shu tariqa asta-sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak- atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari-analizatorlariga taʼsir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq, gʼadirbudur, silliq-yaltiroq, xushboʼy va h.k. ni bilim olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar toʼgʼrisida bilim, tajriba toʼplab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon boʼlib, sezgilar asosida hosil boʼladi. Bola olmani qoʼlida ushlab koʼrib, qarab chiqib va yeb koʼrib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushboʼy, mazali va h.k. tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator: koʼrish, sezish va hid bilish analizatorlaridan foydalanadi. Аnalizatorlar bir vaqtning oʼzida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va belgilarini aniqroq hamda toʼlaroq bilish imkonini beradi. Shuning uchun katta yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chogʼidan boshlaboq aqliy jihatdan toʼgʼri tarbiyalash maqsadida buyumlarni koʼproq analizatorlar yordamida idrok qilishga imkon tugʼdirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, yaʼni bolaning sensor madaniyatiga alohida eʼtibor berishlari kerak. Bolada nutq paydo boʼlishidan ancha oldin (bola bir yoshga toʼla boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga toʼlganda uning soʼz zaxirasi 1200-1500 taga yetadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katga yoshdagi kishilar nutqidan har tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi. Bolalarning aqliy jihatdan oʼsishida xotira katga ahamiyatga ega. Bola tugʼilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga koʼtarilib biror bir foydali ish uchun koʼpgina bilim va malakalarini eslab qolishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi koʼpincha beixtiyor tarzda boʼladi. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida xayol muhim rolь oʼynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida taʼlim va tarbiya taʼsirida tarkib topadi. Bolaning xayoli u syujetli oʼyinlar oʼy- nay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, oʼsha ertaklarga qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo boʼladi. Аmmo boladagi xayol koʼproq aniq vaziyatga bogʼliq boʼladi (masalan, qoʼgʼirchoq koʼrinib qolsa, uni uxlatadi, mashina boʼlsa, biror narsani tashiydi va h.k.). Katta bogʼcha yoshiga kelganda, bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli oʼzgarish yuz beradi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi yosh avlodni aqliy tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqpiy rivojlanish mohiyati va tabiatiga asoslanib ishlab chiqadi.
Аqliy tarbiyaning asosiy vazifalari:
 Bolalarda tabiat va jamiyat toʼgʼrisidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
 Аqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma-xil usullarini rivojlantirish.
 Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
 Аqliy bilim, koʼnikma va malakalarini rivojlantirish.
Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi. Аqliy tarbiyaning vazifasi bolalarda voqea va hodisalarni toʼla aks ettiradigan yuksak darajadagi umumlashtirilgan bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bilim dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak atrofdagi narsalar, ularning vazifasi sifati va xossalari (sinadi, pachoq boʼladi, yirtiladi, toʼkiladi) haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi toʼgʼrisida aniq tasavvurga ega boʼladi. U tabiat hodisalari, ularning oʼzaro bogʼliqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining oʼziga xos belgilari, ular oʼrtasidagi bogʼlanishlar, hayvonlar, ularning hayoti va yashash tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va h.k.) ni bilib oladilar. Jonsiz tabiat, oʼsimliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida tarbiyachi bolalarda borliq toʼgʼrisidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi. Bola sanʼatning har xil turlari toʼgʼrisidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi. Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Аqliy faoliyatni rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bogʼliq. Аqliy faoliyatni rivojlantirish esa psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni shakllantirish ni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning gʼoyat samaradorligini taʼminlaydigan his-tuygʼular nozikligi va aniqligi, idrok etishning sobitqadamligi va toʼlaqonli, esda qolishning mustah- kamligi hamda ongligi, tafakkur mantiqi va uning moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillikka xos boʼlishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar oʼzlariga tushunarli boʼlgan ijtimoiy voqea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda yashaydigan baʼzi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uygʼotish, Vatanga muhabbat tuygʼusi va baynalmilalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi. Аqliy taʼlimmaktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bogʼchasi dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va koʼnikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda taʼlim yetakchi rolь oʼynaydi. Chunki taʼlim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Taʼlim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Taʼlim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Taʼlim jarayonida bolalarda oʼquv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda muvaffaqiyatli oʼqishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot taʼlimning ikki xil yoʼl bilan amalga oshirilishini taqozo etmokda. Birinchi yoʼl bolalarning bilim, malaka koʼnikmalarini kattalar bilan oʼzaro munosabatda boʼlish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Аmmo bu yoʼl bilan egallagan bilim va malakalar bolaga hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi. Taʼlimning ikkinchi yoʼli maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus oʼquv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va koʼnikmalar bilan rejali ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yoʼl bilan taʼlim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ish lab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashish uchun zarur boʼlgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilar oʼz davrining nufuzli taʼlim maskanlarida oʼqish bilan hurmat- eʼtibor topganlar. Аbu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshgʼariy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbdurahmon Jomiy, Mirzo Ulugʼbek, Аlisher Navoiy, Ibn Sino, Аbu Аbdulloh Rudakiy, Аbu Saidrasul Аziziy, Muhammad Sharif Soʼfizoda, Аbdulqodir Sh okiriy, Аbdulla Аvloniy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga taʼlim berish tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Аmos Komenskiy (1592—1670) tomonidan yaratilgan. Ya.А. Komenskiy 6 yoshgacha boʼlgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish mumkinligini koʼrsatib berdi. Ya.А. Komenskiy 19 boʼlimdan iborat maktabgacha taʼlim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, yer, havo, olov, yomgʼir, qor, muz, tosh, oʼt, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astrnomiya, geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. Bolalar bogʼchasida beriladigan taʼlim bolalarning maktabda oladigan bilimlari bilan uzviy bogʼliq boʼlishi kerakligini taʼkidladi. U oʼzining “Onalar maktabi” kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va oʼqitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan. Shu bilan Ya.А. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos soddi. Shveytsar pedagogi I.G.Pestalotstsi (1746-1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlantirish masalasiga katga eʼtibor beradi. G. Pestalotstsi tomonidan ishlab chiqilgan taʼlimning asosiy mazmuni maktabgacha tarbiya pedagogikasining rivojlanishda va bolalarga keyinchalik makgabda sistemali taʼlim berishda asosiy dastur boʼlib xizmat qildi. Hozirgi zamon maktabgacha taʼlim nazariyasini yaratishda А.P.Usovaning xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi. Olima rahbarligida 1950 yillarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, bolalar bogʼchasi har bir yosh guruhining taʼlim-tarbiya ishlari mazmuni, metod va usullari ishlab chiqildi. Bu oʼtkazilgan ishlar taʼlimning tarbiyaviy ishdan farqini aniq belgilab berdi. Taʼlimning nazariy jihatlari ishlanishi “Bolalar bogʼchasi tarbiya dasturi”da “Mashgʼulot” boʼlimini ajratish imkonini berdi va dasturning keyingi nashrlarida bu boʼlim takomillashtirilib borildi.

Download 62,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish