T.R.
|
TADBIRLARNING NOMI
|
MUDDAT
|
|
Ertalabki doira
|
1
|
Bolalarning salomatligini tekshirib qabul qilish, o‘yinlar, bolalar bilan suxbat, ertalabki badan tarbiya
|
|
2
|
Nonushtaga tayyorgarlik, nonushta
|
|
3
|
Mustaqil faoliyat, o‘yinlar
|
|
4
|
Ta’limiy o‘yin faoliyati
|
|
|
Katta doira
|
5
|
Guruhdagi bolalar bilan ta’limiy faoliyat
|
|
6
|
Sayrga tayyorgarlik va sayr
|
|
7
|
Sayrdan qaytish, o‘yinlar
|
|
8
|
Tushlikka tayyorgarlik, tushlik
|
|
9
|
Kunduzgi uyquga tayyorgarlik, uyqu
|
|
10
|
Tetiklashtiruvchi mashqlar, suv va havo muolajalari
|
|
11
|
Uyqusiz vaqt (mustaqil faoliyat)
|
|
12
|
Kechki choyga tayyorgarlik, kechki choy
|
|
Kunning ikkinchi yarmi
|
13
|
Qo‘shimcha ta’lim, yakka ishlash, badiiy adabiyotlarni o‘qish, ixtiyoriy o‘yinlar
|
|
Kechki sayr
|
14
|
Kuzatish, harakatli o‘yinlar, ixtiyoriy o‘yinlar
|
|
15
|
Ota-onalar bilan suhbat va bolalarni uyga kuzatish.
|
|
ERTALABKI GIMNASTIKA KOMPLEKSI
OY
|
HAFTA
|
ERTALABKI GIMNASTIKA KOMPLEKSI
|
Sentyabr
|
1-2
|
|
3-4
|
|
Oktyabr
|
1-2
|
|
3-4
|
|
Noyabr
|
1-2
|
|
3-4
|
|
Dekabr
|
1-2
|
|
3-4
|
|
Yanvar
|
1-2
|
|
3-4
|
|
Fevral
|
1-2
|
|
3-4
|
|
Mart
|
1-2
|
|
3-4
|
|
Aprel
|
1-2
|
|
3-4
|
|
May
|
1-2
|
|
3-4
|
|
Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali) jurnalning titul varag‘idan keyingi betga tavsiyalar joylashtirilgan bo‘lib, tarbiyachi bu tavsiyalardan faoliyati davomida foydalanishi mumkin. Keyingi sahifada tarbiyachining joriy o‘quv yilida o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalari yoritiladi. Asosiy vazifalar tashkilotning dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan xolda olinadi. Unda tarbiyachi o‘zining pedagogik salohiyatini oshirish uchun amalga oshirmoqchi bo‘lgan, markazlar faoliyatini boyitishga qaratilgan, zamonaviy jihozlash, rejalashtirilgan tadbirlar, ota-onalar, pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlari yoritiladi.
Guruh yoshiga va MTTning ish vaqtiga qarab kun tartibi belgilanadi. Bir oy uchun 2ta ertalabki badan tarbiya komplekslari rejalashtiriladi. 1-15 sanagacha predmetsiz mashqlar, 16-31 sanalarda predmetlar bilan ertalabki badan tarbiya mashqlari bajarilishiga e’tibor qaratilishi lozim. Ertalabki badan tarbiya mashqlarini alohida daftarga yozib borish yoki oldindan kartotekalar tayyorlab olish maqsadga muvofiq.
Keyingi varaqlarda tarbiyachining ta’limiy-tarbiyaviy faoliyati aks etadi. Unda hafta mavzusi, davr ko‘rsatiladi. Ertalabki doirada bolalar bilan olib boriladigan qabul, suhbat, o‘yinlar, ertalabki badan tarbiya kompleksining tartib raqami kiritiladi.
Markazlardagi faoliyatlarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, o‘sha markaz nomi va mavzu, unga kerakli jihozlar yoziladi. Markazlardagi faoliyatlar o‘zgarmagan holatlarda bu joy bo‘sh qoladi.
Umumiy guruh bo‘lib ishlash – bu frontal faoliyat bo‘lib, unga nutq o‘stirish, matematika, savodga o‘rgatish, rus va o‘zbek tillari, ingliz tili, jismoniy tarbiya hamda musiqa faoliyatlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda ushbu frontal faoliyatlarni o‘tish vaqti belgilanadi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.
Endi ish faoliyatini boshlagan tarbiyachilarga frontal faoliyatlarni to‘liq ochib yozish, tajribaga ega bo‘lgan tarbiyachilarga esa frontal faoliyatlarni tezis sifatida yoritib berish mumkin. Frontal faoliyatni yozish daftari rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi va nazoratga olinadi.
Ish jurnalining sayr bo‘limi 5 qismdan iborat. Bu qismlarda tarbiyachi eng avvalo kuzatilayotgan obektni yoritishi, obektga mos bo‘lgan mehnat turini, harakatli o‘yin, ixtiyoriy o‘yinlarni rejalashtiradi. Tarbiyachi bolalarni ihtiyoriy o‘yinga jalb qilgan vaqtda, asosiy harakat turlarini mustahkamlashga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan ishlaydi va ularda sakrash, yugurish, tirmashib chiqish, uloqtirish, irg‘itish, turli usullarda yurish va boshqa harakatlar bo‘yicha olgan malakalarini mustahkamlaydi.
Ish jurnalidagi kunning ikkinchi bo‘limi bolalar bilan yakka ishlash, badiiy adabiyotlar, o‘yin va faoliyatlar qismlariga bo‘lingan bo‘lib, unda tarbiyachi bola bilan qaysi mavzuda yakka ishlashini, o‘qib beriladigan, sahnalashtiriladigan, hikoya qilib beriladigan, yod olinadigan asarlar nomini, syujetli-qoidali, ta’limiy, stol ustida o‘ynaladigan, rivojlantiruvchi o‘yinlar, tug‘ilgan kunlar, uchrashuvlar, qo‘g‘irchoq teatrlari, to‘garaklar va boshqa ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlar rejalashtiriladi.
Kechki sayrda esa tarbiyachi kuzatish, ihtiyoriy o‘yinlar, ota-onalar bilan suhbat qismlarini rejalashtiradi. Jurnalning davomida bolalar faoliyatini tashkil etishdagi o‘zgarishlar bo‘limi kiritilgan bo‘lib, unda tarbiyachi kun davomidagi faoliyatlarda o‘zgartishlar kiritgan bo‘lsa, bu haqda albatta ma’lumot yozib qo‘yadi. Masalan: Kun sovuq bo‘lganligi uchun rejalashtirilgan ekskursiyaning o‘tkazilmaganligi. Ish jurnalida “Hafta yakuni” bo‘limi bo‘lib, u 4 qismdan iborat:
“Bolalar ilgari nimani bilishar edi?” - Bu savolga tarbiyachi hafta davomida berilayotgan mavzular haqida bolalarning qanchalik tushunchalari borligini yozadi;
“Bolalar nimani bilishdi?” - Savoliga tarbiyachi hafta davomida bolalar tomonidan markazlar va umumiy guruhlarda ishlash jarayonlarida olgan yangiliklarini yozadi;
“Bolalar nimani bilishni hohlaydilar?” - Bu savolga tarbiyachi bolalarda hosil bo‘lgan savollar, qiziqishlardan kelib chiqqan xoldagi mavzularni kiritadi;
“Kelgusi haftaga g‘oyalar”- da esa tarbiyachi bolalar qiziqishlari va hoxishlari asosida tashkil etiladigan faoliyatlarni yozadi.
Ish jurnalidagi haftalik ish rejasining so‘nggida rejaning qay holatda yozilganligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati (rahbar, metodist)ning tavsiya va ko‘rsatmalari beriladi. Bu tarbiyachiga kelgusi hafta ish rejasini tuzishda metodik yordam bo‘lib hisoblanadi.
Ish jurnali maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan, imzolangan, tikilgan, muhrlangan bo‘lishi shart.
TA’LIM – TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH
Do'stlaringiz bilan baham: |