Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


-Maruza OLIMPIYA O`YINLARI



Download 0,71 Mb.
bet84/132
Sana29.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#417216
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va olimpia harakati tarixi

14-Maruza
OLIMPIYA O`YINLARI
Reja
1. Mustaqil O'zbekiston olimpiadachilari.
2. Yozgi olimpiya o’yinlari Afinadan Stokgolmgacha.
2. Qishki Olimpiya o’yinlari.
3. XX asrning birinchi yarmidagi Olimpiya o’yinlari haqida asosiy ma’lumotlar.
Mustaqil O'zbekiston olimpiadachilari O'zbekiston hali XOQ tarkibiga rasmiy ravishda a'zo bo'lmaganligi va sobiq Ittifoq o'rniga mustaqil davlatlar hamdo'stligining (MDH-SNG) tashkil etilishi tufayli 1992-yilgi Olimpiya o'yinlarida Barselonada Ittifoq MOQ (SNG) terma jamoalari tarkibida ishtirok etgan edi.
Olimpiya o'yinlarida yurtimizning 17 nafar sportchisi muvaffaqiyatli qatnashdi. O.Chusovitina va Rozaliya Gali-yevalar jamoa tarkibida chempion unvomga erishdi. Yengil atletikaning estafeta (4x100) turida qatnashgan M.Shmonina oltin medalga sazovor bo'ldi. S.Sirsov og'ir atletika bo'yicha ikkkinchi o'ringa erishdi. O'q otish sport turida ham AAsroboyev kumush medalni egalladi. Qilichbozlikda V.Zaxaryevich bronza medalini olishga muvaffaq bo'ldi.
Medal nasib etmagan bo'lsa-da, D.Polyunin, V.Zaysev, R.Ganiyev, S.Usov, (yengil atletika); A.Tyurin va I.Kirsov (grebli), chim xokkey bo'yicha: A. Krasnoyarsyev, I.Mullajonov, A.Domashov kabilar yaxshi natijalar ko'rsatdi. olimpiada qatnashchilarini respublika sport jamoatchiligi qizg'in kutib oldi va ular taqdirlandilar.
I Olimpiya o’yinlari faqat ishtirok etgan davlatlarninggina emas, balki jahondagi juda ko’p mamlakatlarning sportchilari, yoshlari va mutaxassislarini dadil qadamlar bilan Olimpiya harakatini rivojlantirishga rag’batlantirdi. Yozgi olimpiya o’yinlari Afinadan Stokgolmgacha. P.Kubertenning g’oyasi bo’yicha olimpiya o’yinlari turli shaharlarda o’tkazila boshladi, olimpiya harakati xalqaro tus oldi.
XX asr o’yini sifatida II Olimpiya o’yinlari 1900 yil Parijda tashkil etildi. O’yinlar 3 oy davom etdi. (Afinadagi I Olimpiya o’yinlari 10 kunda tugagan edi). O’yin dasturiga akademik eshkak eshish, 200 m.ga yugurish, bosqon uloqtirish, yelkan sporti, suv polosi, regbi, futbol, otda yurish, kamondan o’q otish, golf o’yini kabilar yangidan kiritildi. Ochkolar to’plash bo’yicha Fransiya sportchilari ustun kelib, birinchi bo’lishdi.
III Olimpiya o’yini Sent-Luisda (AQSh) 1904 yilda o’tkazildi. Unda 13 mamlakatdan 687 sportchi ishtirok etdi. Tashkilotchilar qizil tanlilar uchun o’yinlarga alohida kun ajratishdi va ularni “antropologik” deb atashdi. Bunga P.Kuberten qarshi chiqdi, ya’ni irqiy kamsitishlarga sportda yo’l qo’yilmasligini ta’kidladi.
Bu o’yinda yangidan boks, minoradan suvga sakrash, erkin kurash bo’yicha ham musobaqalar tashkil etildi.
1906 yil Yunonistonda I Olimpiadaning 10 yilligini nishonlash uchun “Olimpiada oralig’i” musobaqalari o’tkazildi. U milliy doiradagina tashkil etildi va 20 davlatdan 2 ming kishi qatnashdi.
IV Olimpiada 1908 yilda Londonda tashkil etildi. Unda 22 davlatdan 2035 sportchi ishtirok etdi. Angliya sportdagi eski an’analar va ilg’or tajribalarga ega bo’lgan barcha tadbirlarni o’yinlarda namoyish etdi.
Rus sportchilari birinchi marotaba (8 kishi) Olimpiya o’yinlarida ishtirok etdilar.
V Olimpiada 1912 yil Stokgolmda tashkil etildi va unda 28 mamlakatdan 2437 sportchi qatnashdi. Masobaqalar dasturiga yangidan hozirgi zamon beshkurashi, 5-10 km.ga yugurish, yengil atletika estafetasi (4x100 va 4x400 m.) kiritildi. Xotin-qizlar suzish bo’yicha birinchi marotaba ishtirok etishdi.
VI Olimpiya o’yinlari 1916 yil Berlinda o’tishi lozim edi lekin birinchi jahon urushining davom etishi, uning sababchisi Germaniya ekanligi tufayli bu o’yinlar o’tkazilmadi. Lekin XOQning qarori bilan o’yinlarning tartib soni (VI-o’yin) hisobda saqlanishi ko’zda tutildi.
VII Olimpiada Antverpen (Belgiya) shahrida 1920 yilda o’tkazildi. O’yinlarga Germaniya sportchilari qo’yilmadi, shuningdek yosh sovetlar mamlakati ham o’yinlarga taklif etilmadi. Chunki avvalgi Rossiya xalqaro miqyosda o’z mavqyeini yo’qotgan edi.
O’yinlarda 23 mamlakatdan 2607 nafar sportchi ishtirok etdi. Yengil atletika turlarida AQSh sportchilari ancha ustun keldi, Finlandiya sportchilari ham muvaffaqiyatli qatnashdi. Norasmiy hisoblarga ko’ra, ko’p ochko to’plagan AQSh jamoasi birinchi, Shvesiya – ikkinchi, Angliya – uchinchi va Finlandiya – to’rtinchi o’rinlarni egalladi.
VIII Olimpiada Parijda 1924 yilda o’tkazildi. O’yinlarda 44 mamlakatdan 3072 sportchi qatnashdi. Ko’pgina sport turlari bo’yicha AQSh sportchilari yaxshi natijalarga erishib, ustunlikka ega bo’lishdi.
IX Olimpiada Amsterdamda 1928 yilda tashkil etildi, unda 46 mamlakatdan 2884 sportchi ishtirok etdi.
X Olimpiada Los-Anjelesda (AQSh) 1932 yilda o’tkazildi. Bunda 38 mamlakatdan 1873 sportchi qatnashdi. Yengil atletika va boshqa sport turlarida juda ko’p rekordlar o’rnatildi. E.Tollan (AQSh) 100 m. masofaga yugurishda 10,3 soniya bilan rekord o’rnatdi. Bu natija XVII Olimpiada o’yinlarigacha (1960) o’zgarmadi. Suvda suzish bo’yicha yaponlar 5 ta oltin medalga sazovvor bo’lib, AQSh sportchilaridan ustun keldi.
XI Olimpiada Berlinda 1936 yilda o’tkazildi. Lekin bunda XOQ va Xalqaro sport federasiyalari qatnashmadi, chunki Germaniyada fashizm rivojlanib borayotgan edi. Bu millatchilik va bosqinchilikka qaratilgan edi. Shunday bo’lsa-da 43 mamlakatdan 3936 sportchi o’yinlarda ishtirok etishdi. Amerikalik yengil atletikachi Jessi Ouens 4 ta oltin medal olishga erishdi, ya’ni u 100, 200 m.ga yugurish, uzunlikka sakrash va 4x100 m. estafetada g’olib chiqdi.
XII va XIII Olimpiya o’yinlari (1940, 1944 yillar) Ikkinchi jahon urushi tufayli o’tkazilmadi.
XIV Olimpiada Londonda 1948 yil tashkil etildi. Unda 53 mamlakatdan 4092 sportchi ishtirok etdi. Bu o’yinga XOQ Germaniya va Yaponiyani qo’ymadi, chunki ular Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamda rivojlanishining bosh sababkorlarigina emas, balki jangovor rahbarlari edi. Bu o’yin urush yillarida kam talafot ko’rgan mamlakatlarga katta g’alabalar keltirdi. Medallar soni va ochkolar hisobi bo’yicha AQSh birinchi, Shvesiya – ikkinchi, Fransiya – uchinchi va Vengriya – to’rtinchi o’rinni egalladi.
Xullas, XX asrning birinchi yarmida o’tkazilgan II-XIV Olimpiya o’yinlari (1916, 1940, 1944 yillar mustasno) jahon sporti taraqqiyotining eng muhim bosqichlari bo’lib hisoblandi. Bu o’yinlar haqida qisqa ma’lumotlar berildi. Shu sababdan Xalqaro Olimpiya harakati bilan qiziquvchi yoshlar va havaskorlar rus tilidagi o’quv-uslubiy qo’llanmalardan foydalanishlari mumkin (adabiyotlar ro’yxatiga qarang).

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish