Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


-MA’RUZA. O`ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (1991-HOZIRGI KUNGACHA)



Download 0,71 Mb.
bet56/132
Sana29.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#417216
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va olimpia harakati tarixi

8-MA’RUZA.
O`ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (1991-HOZIRGI KUNGACHA)
Rеja:

    1. Jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining asosiy manbaalari.

    2. Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha kadrlar tayyorlash.

    3. Jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari tarixi.

    4. Sport inshootlari.

5.O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi va uning tuzilishi.
6.O’zbekiston sportchilarining xalqaro sport musoboqalaridagi ishtiroki



    1. Jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining asosiy manbaalari.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti sifatida I.Karimov barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor berdi. Jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o’yinlarini aholining sixat salomatligini saqlash, o’quvchi yoshlarning jismoniy va ma’naviy barkamolligini tarbiyalashda muhim vosita hamda bosqich, deb baholadi.
1992 yil 14 yanvarda bo’lib o’tgan Oliy majlisning sessiyasida ilk bor, ya’ni mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH- SNG) respublikalari ichida birinchilardan bo’lib «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» qonun qabul qildi. Bu qonun qayta ishlab chiqilib, yangi tahrirda esa 2000 yilda tasdiqlandi.
Mazkur qonun 28 bobdan iborat bo’lib, jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarishning davlat va jamoat organlari, ularning vazifa va huquqlari aniq belgilab qo’yildi. Qonun aholi o’rtasida, shuningdek barcha davlat va nodavlat idoralar, jamoatchi tashkilotlarning quyi tarmoqlarida ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlari hamda xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik, ularga ishtirok etish bilan bog’liq bo’lgan barcha amaliy faoliyatlarining huquqiy, manaviy va moddiy ta’minlash yo’llarini ifora etdi.
Mamlakatda futbol (1993, 1996), kurash (1998), tennis, boks va boshqa sport turlarini keng rivojlantirish, xalq milliy o’yinlari bo’yicha musobaqalar tashkil qilish (1998, 1999) va boshqa sohalar bo’yicha qator qarorlar qabul qilindi.
«O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida» (1999 yil 27 may), «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining faoliyatini tashkil etish to’g’risida» (2002 yil 30 oktyabr), O’zbekiston sportchilarining olimpiya o’yinlarida (1996, 2000, 2004, 2008) ishtirokini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sportni ommaviy ravishda targ’ibot qilish (2003 yil noyabr) va boshqa faoliyatlar bilan bog’liq bo’lgan tadbirlar haqidagi Prezident farmonlari, Respublika hukumatining maxsus qarorlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Shular qatorida «Turizm to’g’risida»gi qonun va hukumat qarorlari (1999 y.), «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining joriy qilinishi (2000 y. mart) aholining jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishi hamda mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib tarbiyalashda muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun (1997 y.), Davlat ta’lim standartlari, sog’lom avlod Davlat dasturi, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y.) va ular bilan bog’liq bo’lgan bir qator sohalarning uzviyligini ta’minlash bu jarayonlardagi tub islohatlar bo’ldi. Ularning samarali natijalari barcha sohalar kabi jismoniy madaniyat va sport ishlarida ham aynan namoyon bo’ldi.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy tarbiya va hamda tarixiy xususiyatlari, shuningdek ko’p bosqichli ommaviy sport tadbirlari, xalq milliy o’yinlarining ma’naviy-marifiy va tarixiy ahamiyati, Bolalar sportini rivojlantirishning ijtimoiy-tarbiyaviy hamda tarixiy ahamiyati asosiy bosqichlardir.
Mamlakat aholisining sihat-salomatligini doimiy ravishda nazorat qilish, ularni yaxshilash, ayniqsa o’quvchi yoshlar, talabalar, mehnat ommaning jismoniy kamolotlarini tarbiyalash, ularning mehnat (aqliy va jismoniy) qobiliyatlarini oshirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati haqida mahlumotlar berildi. Bu jarayonlarni ifoda etishda ilmiy asoslangan tajribalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalarga tayanildi. Sobiq Ittifoq davrida erishilgan ijobiy natijalarni tahlil qilish yo’li bilan mustaqillik yillaridagi tub islohotlarni samarali natijalari taqqoslab berildi.
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va tarixiy mohiyatlarini asoslab beruvchi eng muhim omillarga sharhlar berib borildi. Ya’ni mustaqillikning ilk davrlaridanoq «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi (1992 y., 14 yanvar), uni yangi tahrirda qayta ishlab chiqilishi (2000 y., may) davlat siyosatiga molik bo’lgan jarayon hisoblanadi.
Mustaqillik yillari davrida (1991-2012 y.y.) jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi haqidagi dalillar tarixiy jihatdan e’tiborga loyiqdir. Respublika sport tashkilotlari, uyushmalari (jamiyatlar), xalq ta’limi, oliy ta’lim vazirliklari hamda statistik davlat qumitasining yillik hisobotlari, rasmiy hujjatlari, arxiv materiallarining statistik (raqamli) mahlumotlari keltirildi. Ular qo’llanmani ilova qismida bayon etildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridagi ba’zi ko’rsatkichlariga quyidagi sharhlar misol bo’la oladi, ya’ni Respublika miqyosidagi 14577ta jismoniy madaniyat jamoalarida (kollektiv fizkultura) 5,5 mln.dan ortiq kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullandi. Shu jumladan 60ga yaqin oliy o’quv yurtlarida 135 ming atrofida, 225ta o’rta maxsus o’quv yurtlarida 147,5 mingdan ortiq, 8300dan ortiqroq umumta’lim maktablarida esa 4,6 mln.ga yaqin o’quvchi yoshlar va talabalar sport turlari bilan shug’ullanadi. 5,5 mingdan ortiq ishlab chiqarish korxonalarida 544 ming atrofida muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganligi aniqlandi. Shu davrlarda sport turlari bo’yicha yuqori darajali (sport ustasi, sport ustaligiga nomzod, I razryad) sportchilarni tayyorlashga e’tibor kuchaydi. Ya’ni kurash – 775, voleybol – 383, boks – 422, futbol – 880, basketbol – 240, qo’l to’pi – 185, shaxmat – 120 kabi sport turlari bunda ustuvor ekanligi ma’lum bo’ldi. Bular mazkur qonun va turli qarorlarning ijobiy samarasidir.
Sportchilarni tayyorlashda murabbiylarning mavjudligi va ularning malakaviy mahoratlari muhim ahamiyatga egadir. Eng ommaviy va sevimli sport turi bo’lgan futbol bo’yicha respublikada 7904ta jamoa (komanda)da 267 mingga yaqin kishi shug’ullangan. Ularning yarmidan ko’prog’i sport maktablariga to’g’ri keladi. Ularga rahnamolik qiluvchi mutaxassis murabbiylar soni 980dan oshadi. Shuningdek 9 mingtadan ortiqroq jamoatchi murabbiylar ham bu faoliyatlarda ishtirok etganligi aniqlandi.1 Voleybol – 343, boks – 313, erkin kurash – 249, sambo kurashi- 229, qo’l to’pi – 229, dzyudo – 193, basketbol – 162, klassik kurash – 172, stol tennisi – 131 va b.q sport turlari bo’yicha ham murabbiylar soni ko’pchilikni tashkil etadi.
Statistik ma’lumotlarni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish natijalari asosida aytish mumkinki, sport bilan shug’ullanuvchilarni belgilashda jiddiy nuqsonlar mavjud. Ya’ni: o’quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalarida, shuningdek aholi istiqomat joylarida o’tkazilgan musobaqalarda yil davomida 2-3 marotaba ishtirok etganlarni (seksiya-to’garaklarda shug’ullanmagan) sportchi, deb hisobga qo’shmoqda. Muammoga shu nuqtai-nazardan yaqinlashilsa har bir murabbiy yoki o’qituvchiga kamida 200-300 kishi to’g’ri keladi. M: Futbol bo’yicha 7900dan ortiq jamoada 26,7 mingdan ortiq kishi qatnashib, ularga 380ga yaqin murabbiy rahbarlik qilgan. Ularga o’rtacha hisobda 390 ortiq futbolchi to’g’ri keladi, bu mantiq va mazmunga to’gri kelmaydi. Shu sababdan sportchilar sonini hisob-kitob (statistik) qilganda ularni tabaqalarga (sport maktabida, sport to’garagida, tashkil etilgan vaqtincha terma jamoa, mustaqil ravishda shug’ullanuvchilar) ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Amaldagi faoliyatlarni kuzatish, bevosita muloqatlar o’tkazish, tekshirish ishlarining xulosasiga qaraganda Bolalar sport maktablaridagi har bir murabbiyga 2-3ta guruh (komanda beriladi) berilib, ularni tarbiyalash yuklatiladi. M: kurashda har bir guruhda 10-15 kishi (shug’ullanuvchilarning yoshi, sport tayyorgarligiga qarab) shug’ullansa, demak bitta murabbiyga 30-45 bola to’g’ri keladi. Yuqori mahoratga ega bo’lgan sportchilar guruhi esa 10-15tadan oshmaydi. Bu jarayonlar deyarlik barcha sport turlarida uchraydi.
Umumta’lim maktablar, o’rta maxsus o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida ham har bir o’qituvchi yoki murabbiyga ko’pi bilan 2-3 jamoa (komanda) tegishli bo’ladi. Demak, bu yo’nalishlarda ham har bir kishiga 40-50 kishi to’g’ri kelishi mumkin.
Turli xil musobaqalarga jamoa (komanda) tayyorlashda sinf, guruh va sexlarda jamoatchi murabbiylar yoki faollar (aktiv) ishtirok etadi. Qatnashchilar sonini sportchi deb hisoblash, qonuniy darajada hisoblansa ularni tayyorlovchi kishilarni (faollar) murabbiy deb emas, balki mas’ul raxbar, xodim deb yuritish maqsadga yaqin bo’lsa ajab emas.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish tarixini mustaqillikning 15 yilligi (1991-2005) bo’yicha taqqoslansa quyidagicha ko’rsatkichlar yuzaga keladi (jadval-1).
Jadval-1.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish