Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Olimpiya an'analarini qayta tiklash harakati



Download 0,71 Mb.
bet14/132
Sana29.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#417216
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va olimpia harakati tarixi

2.4. Olimpiya an'analarini qayta tiklash harakati
Insoniyatning iroda, aql va jismoniy harakatini tarbiya-lashga xizmat etuvchi qadimgi Olimpiya bayramlarini qayta tiklash g'oyalari uyg'onish davriga kelib paydo bo'la boshladi. Uning ilk tashabbuskorlaridan bin italiyalik davlat atbobi Matteo Polmiyeri (1406-1476) hisoblanadi. U o'zining «Fuqarolik hayoti haqida» nomli kitobida antik Olimpiya o'yinlatining yoshlarni jismoniy tarbiyalashdagi mohiyatini ochib beradi. Shuningdek, «Hayot shahri» (Gorod jizni) ki­tobida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatga xizmat qilish ehtiyojini singdirish inson hayotining ma'naviy me'yorlarini tarkib toptirishning asosi ekanligini e'tirof etgan.
Qadimgi Olimpiya o'yinlaridan ibrat olishni Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, Fridrix Shiller, Mixail Lo-monosov, Iyeronim Merkurialis va boshqa donishmandlar ham tavsiya etishgan.
Ba'zi bir davlatlarda qadimgi Olimpiya o'yinlari o'tkazish amaliy jihatdan kuchga kirgan. Bunday o'yinlar faqat bir davlat miqyosidagina o'tkazilganligi ko'zga tashlanadi. 1604-yilda Robert Dover (Angliya) yoshlar orasida Olimpiya o'yinlariga o'xshash musobaqa o'tkazishga muvaffaq bo'ladi. Bu voqea «Gotevold o'yinlari* (joyning nomi asosida) nomi bilan tarixda qoldi. Gotevold tepaliklarida o'tkazilgan muso-baqalar dasturida rapira, sablya, shpagada qilichbozlik, ku-rash, futbol (sul) o'yini, bosqon uloqtirish, otda poyga, shaxmat va boshqa o'yinlar bo'lgan. Uilyam Shekspir «Vindgorlik oyimchalar» (Vindgorskiye devushki) asarida «Gotevold tepaliklaridagi Olimpiya o'yinlari» deb uni tilga oladi.
Kapitan Robert Doverning o'yinlari o'ttiz yildan ortiq davr ichida o'tkazib borildi. Uning 1641-yilda vafot etishi bi-lan-uning o'yinlari ham to'xtab qoldi.
Antik Olimpiya o'yinlari timsolidagi musobaqa keyin-chalik Germaniya, Shvetsiya, AQSH, Kanada, Gretsiya kabi davlatlarda ham o'tkazilgan. Har bir mamlakatning imkoni-yat doirasi va o'zlariga xos xususiyatlari asosida o'yinlar ham
turlicha tus olgan. Masalan, 1845-yilda Kanadada bu «Mon-real Olimpiya o'yinlari* nomi bilan o'tkazilgan.
Shu tariqa jahonda Olimpiya o'yinlari xalqaro miqyosida o'tkazishiga asta-sekin zamin tayyorlangan. XIX asraing oxirida bu ish to'la amalga oshirildi.
Xulosa qihb aytganda, o'rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi shakllar va mazmunlarga ega bo'lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi. Ularni takomillashtirishda harbiy jismoniy tayyorgarlik tadbirlari, yoshlarni har to-monlama tarbyailash maqsadida tashkil etilgan ritsarlik mak-tablari va boshqa shu turdagi o'quv muassasalarining o'rni g'oyat katta bo'ldi.
Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar va qishloqlar ahohsi o'rtasida o'tkazilgan turli an'analarda, marosimlar o'tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik, kamondan o'q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o'yinlardan keng foy-dalanganlar.
Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining shakllana borishi natijasida kelishmovchilik va urushlar ko'payib, o'q otar qurollardan keng foydalanila boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi bilan bog'langan holda davom etdi.
XV—XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar tomonidan yoshlarni jismoniy va ma'naviy ji­hatdan tarbiyalashga doir yangi g'oyalar ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi.
Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyot-lar davlatlarning iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sa-bab bo'ldi.
Fan, madaniyat va ta'lim-tarbiyaning yangi yo'nalishlari negizida antik Olimpiya o'yinlari qayta tiklashga urinishlar bo'ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya, Kanada va boshqa bir qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o'yinlariga qiyoslab, yangi ko'rinishdagi o'yinlar o'tkazildi va umuman, jamiyat-ning o'sha davrdagi tuzilishi, diniy hukmronlik sharoitida bunday tadbirlarni muntazam o'tkazib borish, ularni xalqaro miqyosda tashkil qilishga hech bir davlat qodir emas edi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish