Maktabgacha ta`lim


 YOsh mutaxassislar bilan yakkama-yakka ishlarni tashkil etish usul va



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

2.4 YOsh mutaxassislar bilan yakkama-yakka ishlarni tashkil etish usul va 
uslublari 
Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg’otishi 
ham  katta  ahamiyatga  egadir.  Agarda  u  ikkilansa,  qat`iyatsizlik  ko’rsatsa, 
kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishidan cho’chisa, bolalar 
buni  tezda  anglab  oladilar  va  ularni  boshqarish  oson  bo’lmaydi.  «Guruxni 
eplolmaydi»  deyishadi,  bunday  tarbiyachi  haqida.  Yosh  mutaxassis  o’z 
muvaffaqiyatsizliklaridan  chuqur  tashvishga  tushadi,  hatto  o’zining  kasbga 
yaroqliligiga gumonsiraydi. 
Yosh  tarbiyachilarga  yordamni  qanday  uyushtirish  kerak?  Eng  avvalo 
uni  tajribali,  bilimdon,  bolalarni  va  o’z  ishini  sevadigan  pedagog 
ishlaydigan  guruxga  yo’llash  kerak.  Eng  yaxshi  yordam  pedagogga  bolalar 
bilan  qanday  ishlash  kerakligini  ko’rsatishdir.  Hech  qanday  maslahat, 
gapirib berish, tushuntirishlar ko’rsatishdek yordam berolmaydi. 


 
28 
 
Mana  yosh  tarbiyachi  bolalarning  mustaqil  faoliyatlarini  uyushtira 
bilmayapti.  Bolalar  nima  bilan  shug’ullanishini  bilmaydilar,  pedagog  esa 
guruxda  intizomni,  tartibni  o’rnatolmaydi.  Uslubchi  yoki  maktabgacha 
ta`lim muassasasisining mudiri bolalarning bunday xatti-harakatlari sababini 
aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to’polon qilayotgan bo’lsalar, unda 
darhol  ularga  ma`qul  keladigan  mashg’ulotlarni  topish  kerak  bo’ladi. 
Bunday  vaziyatlarda  uslubchi  tarbiyachiga  bolalarning  xilma  -  xil 
faoliyatlariga  mos  keluvchi  sharoitlarni  qanday  tashkil  qilishni,  ularni 
o’yinlar,  mashg’ulotlarga  jalb  qilishni  ko’rsatadi.  Ustalik  bilan,  ularning 
fikrlarini  buzmay,  bolalarga  individual  yondoshuvni  amalga  oshirishga 
yordam  beradi,  qiynalayotgan  va  ishni  yarim  yo’lda  tashlab  ketmoqchi 
bo’lganlarga  maslahatlar  beradi,  tushuntiradi,  ko’maklashadi,  bolalarga  o’z 
faoliyatlarini  hamma  narsani  oldindan  tayyorlab  qo’yib  uyushtirishni 
o’rgatadi; o’yin uchun sherik topishda yorhamdashadi... Bunday ko’rtazmali 
misol  tarbiyachiga  bolalarning  faoliyatlaripi  to’g’ri  uyushtirishda  yordam 
beradi. 
Har  bir  yosh  mutaxassis  -  ishni  endi  boshlayotgan  yosh  tarbiyachi 
maslahatlar  olib  turishi  uchun  unga  murabbiy  -  tajribaliroq  va  obro’liroq 
tarbiyachini biriktirish lozim. 
Yosh  mutaxassisning  kasb  mahoratini  egallab  olishi  osonlik  bilan 
bo’lmaydi.  Mana  shuning  uchun  ham  yosh  pedagogni  ishning  ilg’or 
metodlari  va  usullarini  egallashga,  o’z  bilimlarini  doimo  to’ldirib  borishga, 
erishilganlar  bilan  cheklanmay,  tarbiya  sirlarini  egallash  ishtiyoqini 
singdirishga yo’llash uslubchining iazifasi hisoblanadi. 
Dastlabki  kundan  boshlab  uslubchi  yosh  pedagogga  bolalarni  diqqat 
bilai  kuzatishni,  ularning  fikrlariga  quloq  solishni,  xatti-harakatlarini 
o’rganishni o’rgatadi. Har bir bolaning kimligini (qandayligini), uni nimalar 
qpziqtirishini,  nimalar  bilan  yashashi,  nimalar  quvontirishi,  tengqurlarining 
unga  qanday  munosabatda  bo’lishini  bilgan  taqdirdagina  har  bir  bolaning 
qalbiga  yo’l  topish  mumkinligi  hammaga  ma`lum.  Pedagogning,  unda  kasb 
mahoratining  shakllanishi  tarbiyachi  bolani,  uning  xususiyatlarini,  xatti-
harakatlarning  sabablarini  tushuna  bilganda,  har  bir  bolaga  e`tiborli  va 
sezgir  bo’lganda,  xayrixohlik  bildirib,  ko’nglini  ko’tarib,  erkalata  olganda, 
guruxda  bolalar  o’zlarini  uylaridagidek  his  qiladigan  vaziyatni  yarata 
olishidan boshlanadi. 
Yosh  mutaxassisni  iliqlik  bilan  kutib  olish  va  o’z  jamoasiga  qabul 
qilish,  unga  kasbga  «kirishishida»  va  unga  mehr  qo’yishida  yorhamdashish 
muhimdir.  Ayrim  yosh  tarbiyachilarning  ishdan  hafsalasi  pir  bo’lishi  va 
qoniqmasliklari  haqidagi  mavjud  faktlarga  ba`zan  to’liq  darajada 
ma`muriyat va birinchi navbatda uslubchi sababchi bo’ladi. 
Tarbiyachi,  ayniqsa  yosh  tarbiyachi  mehnatining  o’z  vaqtida,  adolatli 
baholanishiga  ehtiyoj  sezadi.  Biz  ko’pincha  tarbiyachining  ishini  faqat 
tashqi  belgilariga  ko’ra  baholaymiz.  Guruxda  osoyishtalikmi  -  demak 
hammasi  joyida.  Buning  ortida  nima  bor?  Asosiy  maqsad  tashvi  intizom 
emas,  balki  pedagog  bolalarni  xushmuomala  qilib  tarbiyalay  olgan-


 
29 
olmaganligi,  atrofdagilarga  hurmat  bilan  munosabatda  bo’lishni  o’rgatgan-
o’rgatmaganligi,  bolalarning  yordamga  muhtoj  o’rtoqlariga  o’z  vaqtida 
yordam ko’rsatishni bilish - bilmasliklarida emasmi? 
Maqtov  kayfiyatni  ko’taradi,  faoliyatni  rag’batlantiradi,  ishonch 
tug’diradi, ishga qiziqishni oshiradi. 
Tarbiyachi  shaxsidagi  ijobiylikka  tayanish  unga  qo’yiladigan  yuksak 
talabchanlik  bilan  birgalikda  amalga  oshiriladigan  jamoalarda  yaxshi 
an`analar,  yuksak  mas`uliyat  ruhi,  do’stona  o’zaro  yordam,  ijodiy 
tashabbuskorlik  yashaydi.  Bunday  sharoitlarda  ishni  endi  boshlayotgan 
tarbiyachi pedagoglar jamoasiga tez va osonlik bilan singib ketadi. 
Kasbga  oid  sifatlar  ko’p  jihatdan  tarbiyachining  o’ziga  xosligi, 
xarakteri  va  temperamentining  xususiyatlariga  bog’liq  bo’ladi.  Pedagoglik 
faoliyatiga  ma`lum  irsiy  moyilliklari  bo’lgan  mohoratli  kishigina  chinakam 
va  omilkor  tarbiyachi  bo’lishi  mumkin  degan  fikrlar  mavjud.  Bu      fikrga 
asoslangan  ayrim  olimlar  pedagogika  oliy  o’quv  yurtlariga  abiturientlarni 
teatr-san`at  o’quv  yurtlariga  tanlagandek  tanlab  olish  kerak,  deb 
hisoblaydilar.  Boshqalari  bunday    ommaviy  tarqalgan  kasb  alohida 
iste`dodlilar  imtiyozi  bo’lolmaydi,  deyishadi.  Barcha  odamlar    (ayrim 
istisnolardan  tashqari)  tabiatan  tarbiyachilik  sifatlariga  egadirlar.  Masalan 
pedagoglik mahoratini  o’rgatishdadir.  
 
Nazorat savollari: 
 
1.  Uslubchining g’oyaviy-ma`naviy etuklik va umummadaniyati darajasini 
yoritib bering. 
2.  Uslubchi qanday tamoyillar asosida jamoani boshqaradi va ularning 
mohiyatini tushuntiring. 
3. Uslubchining pedagogik nazorati deganda nimani tushunasiz va uni izohlab 
bering. 
4.  YOsh mutaxassislar bilan ishlashda uslubchining ish usul va uslublari 
qanday? 
 
Adabiyotlar: 
 
1.  I.A.Karimov. ―Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch‖ T. ―Ma`naviyat‖ 
2008 y. 
2.  A.I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina. ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
3.  Sh.K.Tashpulatova Maktabgacha ta`lim muassasalarini tashkil etish va uni 
boshqarish usullari T.: Ma`ruza matni 2001 y. 
4.  O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K. Tashpulatova ―Maktabgacha 
ta`lim pedagogika‖ T.: Ilm Ziyo 2006 y. 
5.  Maktabgacha ta`lim tizimiga doir xuquqiy me`yoriy xujjatlar to’plami. 
―Lider Press‖ nashriyoti.T.: 2009 y. 


 
30 
6.  Spravochnik ―Rukovoditelya doshkolnogo orazovatelnogo uchrejdeniya‖ 
―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y. 
 
Testlar  
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish