19.4.Ota – onalar savodxonligini oshirishda oilaning vazifalari.
XXI asr o’zbek oilasida dunyoga kelib, shakllanadigan shaxslarning erkin
fikrlaydigan, oilada, atrof-muxitda bo’layotgan vokea-xodisalarni xaqqoniy
baxolaydigan va ularga erkin munosabatlarini bildira oladigan, o’zining ilg’or
fikrlari, namunasi bilan oila a`zolari, safdoshlari, jamoasiga ta`sir qila oladigan,
ularni ezgu maqsadlar yo’lida birlashtirish kuchiga ega, jamiyat, davlat, xalk
manfaatlarini o’z manfaatlaridan ustun qo’yadigan, fidokor, tashabbuskor,
209
tadbirkor, ijodkor bo’lmog’i nazarda tutiladi. Bunga esa ota-ona ibrati, momolar va
bobolar o’gitlari, ma`nan sog’lom oila muxitidagina erishish mumkin.
Oilada farzandlar dunyoga kelishi bilan ularning taqdiriga jonsaraklik bilan
karash orkali ota-onalar zurriyodlarining qobil va aqlli, imon e`tiqodli, sog’-
salomat voyaga etishi ustida jon koyitadilar. O’zbek oilasida avlodlardan meros
shunday tarbiya mezonlari va an`analari mavjudki, ularning xayotiyligi va
bardavomligi bois millatimiz ma`naviyati yuksak pog’onalarga kutarildi. Lekin
shuni e`tirof etmoq lozimki, bugungi kunda fuqarolarning xuquqiy, tibbiy,
iqtisodiy, ma`naviy madaniyati darajasini davr talabiga to’la javob beradi, deb
bo’lmaydi. Ba`zi yoshlarning nikoxdan o’tmasdan oila qurishlari, meros
taqsimotida aka-uka, opa-singillar o’rtasida paydo bo’ladigan noxushliklar, er-
xotin nikoxini bekor qilish jarayonidagi noroziliklar, ovsinlar, kaynona - kelin
o’rtasidagi uy-joy taqsimotidagi janjallar xuquqiy savodxonlik va ma`naviy
madaniyat darajasining pastligi tufayli sodir bo’ladi. Oilada bo’ladigan bunday
noxush xolatlarning oldini olishning asosiy yo’li, avvalo, ota-onalarning xukukiy,
ma`naviy-axlokiy bilim va madaniyatini shakllantirishdir. Buning uchun korxona
va tashkilotlarda, maxalla va turar joylarda muntazam faoliyat ko’rsatadigan o’quv
kurslari,
jamoatchi
xukukshunoslar
maslaxatxonalari,
«Ota-onalar
universitetlari»ni tashkil etish maksadga muvofikdir. CHunki xukukiy madaniyatli,
yuksak ma`rifatli ota-onalargina farzandlarini xar tomonlama etuk kishilar kilib
tarbiyalashi mumkin.
Maktabgacha ta`lim muassasalari, umumiy o’rta ta`lim maktablari, o’rta
maxsus va oliy ta`lim mazmuniga yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlovchi maxsus
ukuv kurslari va o’quvchi-yoshlar uchun mo’ljallangan nazariy xamda amaliy
xukukiy bilim beruvchi kizikarli metodik qo’llanmalar yaratish bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biri bo’lib kolmokda. Shuningdek, barcha bosqichlardagi
FXDYO lar koshida nikoxga kirayotgan yoshlar uchun «Oila dorilfununi» maxsus
kursini joriy etish o’z echimini kutayotgan muammolardandir.
Oilada xukm suradigan sog’lom turmush tarzi yoshlar o’rtasida paydo
bo’ladigan ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik, jinoyatchilikning oldini olish
xamda ularni diniy ekstremistlarning ta`siriga tushib qolishdan saklaydi. SHuning
uchun oiladagi sog’lom muxitni mo’`tadil saqlash, avvalo, ota-onadan so’ng
oilaning xar bir a`zosidan o’ta sergaklik va ogox bo’lishni talab etadi.
Oilada amalga oshiriladigan tarbiya farzandlarda o’z ota-onasi, oilasi, avlod-
ajdodlari tarixidan, o’zi tug’ilib o’sgan o’lkasi, Vatani, millati, tili, dini va
an`analaridan gururlanish xissini shakllantirmogi kerak.
Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, moddiy etishmov-chilikni mexnat, sabr-
tokat, bardosh bilan engsa bo’ladi, lekin ma`naviy inkirozni, ma`naviy
kashshokdikni fakat ma`rifat bilan, akdiy kamolot, soglom fikr bilan engish
mumkin. Bu o’rinda oilada amalga oshiriladigan barcha ta`lim - tarbiyaviy
ishlarning maksadli, rejali bo’lishiga aloxida axamiyat bermok kuzlangan
maksadga erishish garovidir.
Oiladagi va atrof-muxitdagi sanitariya-epidemiologiya xolatlarini talab
darajasida tashkil etish, shaxsiy gigiena va ovkatlanish koidalariga rioya etish
ko’nikma va malakalariii shakllantirish, salomatlikni saklashda xalk tabobatidan
210
keng foydalanish, oilada jismoniy tarbiyani keng yo’lga kuyish-turli
kasalliklarning oldini oluvchi muxim muolaja xisoblanadi.
Ba`zan oilada er-xotin, qaynona-kelin va boshqalar o’rtasida uchraydigan bir-
biriga nisbatan xurmatsizlik, o’zaro nizo, urish-janjallar, xomilador ayolni avaylab-
asrash o’rniga ogir mexnat kilishga majburlash, xurlash, bolaning nogiron, jizzaki
bo’lib tugilishiga sabab bo’ladi. Ota-onadagi jamiki xislatlar irsiy yo’l bilan xam
bolaga utishi tabiiydir. Xatto tugilmagan bolada ona kornidayok ota-onaga
nisbatan mexr xissi shakllanishi meditsinada o’z isbotini topgan.
Shaxsning kelajagi tarbiya maskani bo’lgan oilada tarbiyaning kanday amalga
oshirilishi xamda ota-onaning o’z burch va vazifalariga kanday munosabatda
bo’lishiga boglikdir. Umuman olganda, oiladagi xar bir kishining o’z burch va
vazifasiga mas`uliyat bilan yondashishi oila mustaxkamligi va jamiyat
farovonligiga erishishning muxim omilidir.
Oila tarbiyasida oila, maktab, maxalla va jamoatchilik xamkor-ligini
ta`minlash, oila an`analari, kadriyatlari, ota-ona va keksa avlodning shaxsiy
namunasidan samarali foydalanish komil insonni shakllantirishda muxim axdmiyat
kasb etadi.
Buning uchun, avvalo, ota-onalarning o’zlari xayotni yaxshi bilishlari,
O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila Kodeksi va boshqa me`yoriy
xujjatlarda ko’rsatilgan fukarolar xukuki, erkinliklari va burchlari, oila va nikox
munosabat-larining tartibga solinishini o’rganib, ularni xayotga to’g’ri tatbik eta
olishlari, konunlarda ko’rsatilgan, xamma uchun majburiy bo’lgan xukukiy
kridalarni o’z farzandlariga asta-sekin tushuntirib borishlari lozim. SHuningdek,
milliy urf-odatlar, an`ana va kadriyatlarni tulakonli anglay olishlari, ularni bugungi
davr talabi bilan uygun tarzda oila tarbiyasida farzandlarga asl moxiyati va
ma`nosini etkaza bilishlari zarur. Bo’larni amalga oshirish uchun ota-onalarga,
ayniksa, yosh ota-onalarga tegishli tarzda pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya
bo’yicha tajriba almashish (integratsiya), ularning pedagogik, ma`naviy-ma`rifiy,
xukukiy bilim va madaniyatlarini oshirish, «Oila-maktab-maxalla xamkorligi»ni
muvofikdashtirish zamon talabi bo’lib kelmokda. Respublika «Oila» ilmiy-amaliy
markazi xodimlari bilan xamkorlikda maxallalardagi oilalarda ota-onalarning
ma`naviy-axlokiy, tibbiy-demografik, ijtimoiy-xukukiy savodxonligi darajasini
tadkik etish maksadida uch yil mobaynida aniq sotsiologik izlanish olib borildi.
Tadkikot o’tkazilgan xududlarda tajriba-sinov tarikasida bir nechta «Ota-onalar
universitet» tashkil etildi.
«Ota-onalar universiteta» - ota-onalarni bola tarbiyasi ilmidan vokif kiluvchi,
soglom turmush tarzi madaniyatini shakllantiruvchi, axolining ma`naviy-axlokiy,
tibbiy-demografik, ijtimoiy-xukukiy savodxonligi va malakasini oshiruvchi
jamoatchilik maktabi xisoblanadi.
Mazkur universitetlar mashg’ulotlari uchun ishlab chikilgan dastur 36 soatga
muljallandi. Mashg’ulotlar maxallada istikomat kilayotgan ota-onalar, yosh kelin-
kuyovlar, oila kurish busagasida to’rgan usmirlardan iborat tinglovchilarning
yoshi, jinsi, ma`lumoti xisobga olinib tashkil kilingan xar biri 20-30 kishilik
guruxlarda olib borildi.
211
Maxallalarda tashkil etilgan «Ota-onalar universiteti» maktablar koshida
tashkil
etilgan
«Ota-onalar universiteti»dan o’zining mazmun-moxiyati,
tinglovchilar tarkibi va belgilangan vazifalari bilan keskin fark kiladigan targibot
mexanizmi bo’lishi bilan fark kiladi. Uning voizlari maxallada istikomat kiladigan
xukukshunos, tibbiyot xodimi, psixolog, pedagog va iktisodchilar yoki tashkaridan
taklif etilgan mutaxassislar bo’lishi mumkin. Universitetga raxbarlik maxalla
oksokoli va diniy-ma`rifiy va ma`naviy-axlokiy tarbiya masalalari bo’yicha
maxalla maslaxatchisi, tashkiliy ishlar xotin-kizlar ishlari bo’yicha komissiya raisi,
profilaktika noziri zimmasida bo’ladi.
Universitet mashg’ulotlari kuyidagi yo’nalishlarda olib borildi:
• oila xukuki;
• oila demografiyasi;
• oilaning tibbiy-biologik asoslari;
• oila ma`naviyati;
• oila psixologiyasi.
Universitet tinglovchilari yukorida keltirilgan mavzular yo’nalishi bo’yicha
mutaxassislarning suxbatlaridan baxramand bo’lishdan tashkari, psixologik testlar,
treninglar vositasida interfaol usullarda o’z fikr-muloxazalarini bemalol bayon
etish imkoniyatiga ega buldilar. Mashg’ulotlarning mavzulariga karab Respublika
«Oila» markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan bukletlar, risolalar, tavsiyalar
tarkatma materiallar sifatida takdim etildi.
Chunki ularning mashg’ulotlardan zerikmasligi, xar bir mashg’ulotning
kizikarli utishini ta`minlash kup jixatdan universitet raxbarining tashkilotchilik
kobiliyatiga boglik. Universitetning jamoatchilik makrmidagi raxbari maxalla
faollaridan biri bo’lib, uni erkin, demokratak asosda tinglovchilarning o’zlari
birinchi uchrashuvdayok saylab oladilar.
Universitetdagi mashg’ulotlarning izchilligi tinglovchilarning kizikishini
anik maksad sari yunaltiradi, kuzda tutilgan tajribaviy ishlar samaradorligini
ta`minlaydi.
Ma`ruzachilarning o’z suxbatida olib borilgan tadkikot materiallaridan,
statistik ma`lumotlardan, gazeta-jurnal materiallaridan, xayotiy misollardan
foydalanishi tinglovchilarning kizikishini oshirishi kuzatildi.
Mashg’ulotlarni dolzarb xayotiy masalalar yuzasidan nazariy bilim berish
bilan birgalikda baxs-munozara, erkin fikrlash, savol-javob, situativ xolatlarni
baxolash kabi amaliyot bilan uygunlashgan xolda o’tkazish maksadlidir. Kurs
yakunida ota-onalar bilimi test mezonlari asosida baxolanadi. Universitetni
muvaffakiyatli tamomlagan tinglovchilarga «Oila» markazining sertifikata
tantanali
tarzda
takdim
etildi.
Sertifikat,
o’z navbatida, universitet
bitkazuvchisining nafakat o’z oilasi mustaxkamligi, balki kuni-kushni, maxalla
yoshlari uchun mas`ul ekanligining belgisi sifatida oilalarda saklanadigan buldi.
Maxallada tashkil etilgan «Ota-onalar universiteti»ning ijobiy sifatlaridan biri
tinglovchilarning ma`naviy-axlokiy masalalarga doir bilimi, dunyokarashi va
mafko’rasini shakllan-tirish orkali komil insonni tarbiyalashda foydali bo’libgina
kolmay, oila mustaxkamligining tayanchi sifatida xizmat kilishidir.
212
Do'stlaringiz bilan baham: |