Jismoniy daqiqa-“Bahor keldi”.
(Tekstga qarab harakatlanish)
Agar ko‘m-ko‘k daryolar
Uyg‘onsalar uyqudan.
Dala tomon chopsalar
Biling bahor kelibdi.
Agar qorlar erisa
Maysalar bo‘yin cho‘zsa
Qushlar aytsalar qo‘shiq
Biling bahor kelibdi.
Agar Quyosh qizarsa
YOnoqlar qizil bo‘lsa
Bu biz uchun yoqimli
Biling bahor kelibdi.
Endi yana tomchilarni olishda davom etamiz.(№3-Tomchi)
(Tarbiyachi oldindan tayyorlab qo‘yilgan bulutli yomg‘ir tomchilarining birini oladi va orqasida yozilgan savolni o‘qiydi.)
“Men haqimda qanday mavsumiy o‘zgarishlarni bilasizlar, har bir jumla Bahor so‘zi bilan boshlanishi kerak. Masalan: Bahorda quyosh porlaydi. Bahorda birinchi gullar paydo bo‘ladi. Bahorda janubdan qushlar uchib keladi. Bahorda odamlar engil kiyimlar kiyadilar. Bahorda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bahorda birinchi bo‘lib bodom daraxti gullaydi va h.k)” Bahor.
(Bolalar doskadagi rasmlarga qarab bahor to‘g‘risida hikoya tuzib beradilar)
Barakalla bolajonlar,sizlar buni to‘g‘ri bajardilaring. Bahor sizlardan juda ham hursand bo‘lmoqda. Siz berilgan vazifalarni uddalamoqdasizlar. Qiziq mana bu tomchi bizga nima der ekan a bolajonlar. “Endi o‘ynaymiz quvnab”.
(Tarbiyachi oldindan tayyorlab qo‘yilgan bulutli yomg‘ir tomchilarining birini oladi va orqasida yozilgan savolni o‘qiydi.)
Bolalar endi biz sizlar bilan “Bitta va ko‘p” o‘yinini o‘ynaymiz.(№4-tomchi).
O‘yinning borishi: O‘yin doira bo‘ylab to‘p bilan o‘ynaladi. Tarbiyachi to‘p bilan markaz o‘rtasida turadi. U bolalarga “Bitta va Ko‘p” o‘yinini o‘ynashni taklif qiladi. Tarbiyachi misol uchun yomg‘ir desa bolalar yomg‘irlar deydi va h.k.
Ariqcha-ariqchalar
Jilg‘a-jilg‘alar
Quyosh-quyosh
Kush-qushlar
In-inlar
Tomchi-tomchilar
Hashorat-hashoratlar
Daraxt-daraxtlar
Daryo-daryolar.
Rahmat, meni judayam hursand qildilaring barakalla! Qani yana navbatdagi tomchini olamiz.(№5-tomchi). Bolalar bahor bizga Quyosh g‘amgin bo‘lib qolganini uning nurlari yaxshi nur socha olmayotganini va unga qanday qilib yordam berish kerak ekanligini yozib yuboribdi. (Tarbiyachi doskaga nurlari yo‘q Quyoshni ilib qo‘yadi). Bizning rasmimizdagi Quyosh nurlarini zaminga sochishi va kulib boqishi uchun kelinglar biz hozir sizlar bilan “Qanaqa quyosh” nomli o‘yin o‘ynaymiz. Bittadan har-bir birimiz doskaga chiqib Quyoshimizni chiroyli so‘zlar bilan unga har-birimiz bittadan nur yopishtirib qo‘yamiz.(Misol: porlovchi, quvnoq, saxiy, dumaloq, shodon, nozik, sariq, charaqlovchi, zamin yog‘dusi va h.k)
Barakalla. Bu vazifani ham to‘g‘ri bajardilaring. Bahor sizlardan judayam hursand.Endi esa sizlar o‘zlaringizni o‘rmonga tushib qolgandek his etinglar.(Tabiat va qushlarning ovozi eshitiladi)
-Nimalarning ovozini eshityapsizlar?(Qushlarning)
-Qushlarning bunaqa tovushlari qaysi faslda eshitiladi?(Bahorda)
-Qaysi qushlarning ovozini eshityapsizlar?(To‘rg‘ay, Qizilishton, Bulbul va h.k)
-Qanaqa issiq o‘lkalardan uchib keluvchi qushlarni bilasizlar?(qaldirg‘och, Turna, Kakku, Bulbul, Oqqush va h.k)
-Birinchi qaysi qush uchib keladi?(Go‘ng Qarg‘a)
-Bahorning oxiridachi(Qaldirg‘och, jar qaldirg‘och)
-Hozir qushlar nima bilan shug‘ullanmoqdalar?(in qurmoqdalar, bola ochish uchun tuxum qo‘yishadi)
Barakalla bolajonlar, judayam savollarga to‘g‘ri javob berdilaring. Qushlar odamlarga va tabiatga katta yordam beradilar. Ular hashoratlar bilan ozuqlanadilar va o‘rmon, daraxtzor, dalalar, bog‘lar va parkdagi zararli qurt-qumusqalarni eb ularni himoyalaydilar. Ular bizni o‘zlarining chaqqonliklari, chapdastliklari tez uchushlari bilan quvontiradilar. Hozir bo‘lmasam biz sizlar bilan “Tanlab ol” o‘yinini o‘ynaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |