O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“MAKTABGACHA TA’LIM” KAFEDRASI
NUTQ O’STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN
BOLTAYEVA NILUFAR AZAMATOVNANING
“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ONA TILINING GRAMMATIK QURILISHINI O’ZLASHTIRISHNING LINGVISTIK VA PSIXO-FIZIOLOGIK ASOSLARI”
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: M.B.Sharipova
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda ona tilining grammatik qurilishini o’zlashtirishning lingvistik va psixo¬fiziologik asoslari.
MUNDARIJA:
Reja:
Birinchi bob. Go`daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari .
Ilk bolalik yoshi tavsifi
Bolalar va kattalar. Bola shaxsi shakllanishining dastlabki bosqichi
Ikkinchi bob. Kichik yoshdagi o’quvchilar nutqini o’stirish yo’llari va vazifalari.
Nutq va uni o’stirish tushunchasi
Nutq turlari
Bog’cha yoshidagi bola nutqining rivojlanishi.
Uchinchi bob. Muomala rivojlanishi gо‘daklik, ilk bolalik, maktabgacha yoshdagi, о‘smirlik va о‘spirinlik, yetuklik va keksalik davrida muomala.
1.Gо‘daklarning kattalar bilan bо‘ladigan muomala.
2. Ilk bolalik davrida muomalaning о‘ziga xosligi
3. Kichik maktab yoshidagi bolalar muomalasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan borar ekan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlab, jamiyatni ma’naviy jihatdan boyitib borishni, dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvni amalga oshirmoqda. Shu o‘rinda alohida qayd etish zarurki, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilyapti.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlaganlaridek: « zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga dahldor qonun loyihalari ishlab chiqish, kelaj avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab voyaga yetkazishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir»1Mamlakatimizda jismoniy sog’lom, ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg’un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko’lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo’lda safarbar etish maqsadida hamda 2014 yil «Sog’lom bola yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan«Sog’lom bola yili» Davlat dasturi tayyorlandi2:«Sog’lom bola yili» Davlat dasturi «Sog’lom bola yili» Davlat dasturida quyidagilar ko‘zda tutildi: «Sog’lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari vyo’nalishlari etib belgilansin: sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish;sog’lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog’lom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab, oilada o’zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish, onalik va bolalik muhofazasini ta’minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi, ularning ro’zg’or tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;sog’lom bolani voyaga yetkazishda, patologiyalarsiz bolalar tug’ilishida sog’liqni saqlash tizimiva tibbiyot xodimlarining roli va mas’uliyatini oshirish, sog’liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo’yicha keng ko’lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish;sog’lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash, boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish, bolalar, ayniqsa qiz bolalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg’otish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko’rsatiladigan yordam va madadni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas’ul bo’lgan sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, ularni rivojlantirishga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish, sog’lom bolani tarbiyalash bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani keng ko’lamda o’rganish va amalda joriy etish;sog’lom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga ko’mak berish, bolalarni turli to’garaklarga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar va jamiyatda o’zaro hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordamni o’z vaqtida va manzilli ko’rsatish borasida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining mas’uliyatini kuchaytirish;«Sog’lom bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilishi to’g’risida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va Internet tarmog’ining imkoniyatlarini faol ishga tushirish.
. Har qanday millatning ravnaqi bevosita o‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liqdir. Bola shaxsining har tomonlama rivojida nutq katta ahamitga ega. Chunki nutq kishilar aro aloqa quroli, barcha sohalarda qudratli muomala vositasidir. Nutq – insonning muloqot fikrlash va faoliyat jarayonida muhim psixik vazifani bajaradi.
Nutqni rivojlantirish til va nutqning ayrim hodisalarini eng sodda shaklda bo‘lsa-da, anglab yetishni o‘z ichiga oladi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy ta’lim-tarbiyasiga nisbatan bir paytning o‘zida ham nutqni rivojlantirish, ham ona tilini o‘qitish haqida so‘z yuritish lozim.
Inson omilining jamiyatdagi salmog‘i ko‘p jixatdan intelektual resurslarga bog‘liq. Shu bois bu borada malakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’limning uzluksiz tizimi yaratildiki, u o‘z samarasini mutassil namoyon etmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu tizim, yurtimiz kelajagini ta’minlab beruvchi bunyodkor yoshlarni tarbiyalashga, jamiyat uchun turli sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonning mustaqilligi natijasida yuz bergan ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida ham tub islohatlar o‘tkazishni, ta’lim-tarbiyaviy ishlarni davr talablari darajasiga olib chiqishni taqazo etmoqda. Shu boisdan ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning “Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari” qismida ta’limning ijtimoiylashuvi-ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish alohida qayd qilinadi3. Ushbu xuquqiy asos va uning amalga joriy etilishi ta’lim jarayonlarini sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tardi, sohada jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” da o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishlari muhim vazifa sifatida belgilanadi. Xususan, mazkur hujjatning 11-moddasida ushbu masalaga quyidagicha yondashiladi: “Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi”, bu esa maktabgacha ta’lim muassasasiga murakkab va ayni damda muhim vazifani yuklaydi.4Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich turi xisoblanadi, xamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun»i va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga quyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari» orqali nazorat kilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmunining asosiy yunalishlari xamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi.Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi. Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, mas’ul shaxslar tomonidan uni nazorat qilinishining afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida "Ilk qadam" tayanch dasturi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqildi.
"Ilk qadam" tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi:
- davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bo‘lgan munosabatning kuchayganligi;
- erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;
- milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o‘zlikni anglash tuyg‘usi rivojlanayotganligi;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllanayotganligi.
Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini taminlaydi.Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o‘tkazish asosan-ta’lim tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bola yoshligidan atrofdagi kishilar bilan muloqatda bo‘lib, bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallaydi. U dastalb oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida, keyinchalik maktabda ta’lim tarbiya oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |